Orxideyasimon gulsafsar
Orxideyasimon gulsafsar | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Bir urugʻpallalilar |
Turkum: | Iris |
Oila: | Gulsapsardoshlar |
Binar nomi | |
Iris orchioides |
Orxideyasimon gulsafsar (lotincha: Iris orchioides) – bir urugʻpallalilar sinfi, gulsapsardoshlar oilasi, iris turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati, Ugom, Piskom, Qorjontov, Chatqol, Qurama togʻ tizmlarida va Ohangaron daryosi havzasida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 15-25 sm gacha yetadigan koʻp yillik, piyozchali oʻsimlik. Ildizi urchuqsimon shaklda biroz yogʻonlashgan. Piyozchasining diametri 2,5-3 sm. Poyasining uzunligi 5-20 sm, sirti och yashil, tuksiz, silliq. Barglari yashil, bandsiz ostki qismi bilan poyani oʻrab turadi, shakli oʻroqsimon, cheti oq hoshiyali, biroz dagʻal. Gullari poya uchida yakka yakka joylashgan, 3-5 dona, och sariq tusda, changlanishdan keyin gultojibarglari binafsharang tusga kiradi. Tashqi gulbargchalari 3,5-4,5 sm, och sariq tusda. Ichki gulbarglarining uzunligi 1-1,5 sm, yaproqlari uchli. Aprel oyida gullab mevasi mayda pishib yetiladi. Urugʻi va piyozchalari orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yovvoyi holatda kam uchraydi. Toshkent viloyati, Ugom, Piskom, Qorjontov, Chatqol, Qurama togʻ tizmalarida va Ohangaron, Oygaying, Maydontol daryosi havzasida tarqalgan. Adir va togʻ mintaqalarining toshli shagʻalli tuproqlarida oʻsadi. Maʼlum bir tuproq sharoitiga moslashganligi va raqobatga chidamsizligi sababli yovvoyi holatda kam uchraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida oʻstirilmoqda. Chatqol davlat qoʻriqxonasi va Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Iris orchioides“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.