Kontent qismiga oʻtish

Ohangaron

Koordinatalari: 40°54′22″N 69°38′40″E / 40.90611°N 69.64444°E / 40.90611; 69.64444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ohangaron
shahar
40°54′22″N 69°38′40″E / 40.90611°N 69.64444°E / 40.90611; 69.64444
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
Hukumat
 • Hokim Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich
Asos solingan 1960
Qachondan beri shahar 1966
Maydon 2,447 km2 (945 kv mi)
Iqlim turi mo'tadil
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2024)
50 000 kishi (2 024)[1]
Milliy tarkib oʻzbeklar, tojiklar, quramalar, ruslar, tatarlar
Konfessiyaviy tarkib xristian
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 70
Pochta indeks(lar)i 110300
Avtomobil kodi 10
Ohangaron xaritada
Ohangaron
Ohangaron
Ohangaron xaritada
Ohangaron
Ohangaron

Ohangaron (oʻzbekcha: Ohangaron/Оҳaнгарон, ruscha: Ахангаран, forscha: آهنگران) Oʻzbekiston, Toshkent viloyatidagi shahar. [2].


Ohangaron shahri Ohangaron qishlogʻi oʻrnida paydo boʻlgan, hududda asosan oʻzbeklar va tojiklar yashagan. (tojikcha. „Oxangaron“ — „Temirchilar“ deb tarjima qilingan)[3].

Rasmiy ravishda Ohangaron aholi punkti 1960-yilda sement zavodi qurilishi boshlanishi munosabati bilan aholi punkti maqomini olgan. Shahar maqomini esa 1966-yilda berilgan. Viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomiga ega.

Ohangaron daryosi boʻyida Qurama togʻ tizmasining etaklarida joylashgan (daryoning boshqa nomi Angren). Dengiz sathidan balandligi — 567 metr.

Ohangaron Oʻzbekiston uchun katta sanoat ahamiyatiga ega. Toshkent-Angren temir yoʻl yoʻnalishida joylashgan.

Shaharda yirik korxonalar sement (1966-yil ochilgan), shifer zavodlari, temir-beton buyumlar zavodi, „Santexlit“ zavodi (1996-yilda yopilgan), asbest-sement va issiqlik izolyatsion mahsulotlar, qurilish materiallari va plastmassa buyumlari zavodlari, gʻisht ishlab chiqarish, rezina buyumlar, paxta iplari va kalava, oziq ovqatlar ishlab chiqarish kabi korxona va zavodlar bor

Shuningdek, yashash va obodonlashtirish infratuzilmasi — uylar, bolalar bogʻchalari, maktablar, mehmonxonalar, bank muassasalari va aviakassalar mavjud.