Kontent qismiga oʻtish

Oshe reshte

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oshe reshte
Cholus yo‘llarida Oshe reshte
Oshe reshte — tvorog, qovurilgan yalpiz, sarimsoq va piyozdog‘ bilan bezatilgan.

Oshe Reshte (forscha: آش رشته — āsh-e reshte) Eron oshxonasining eng mashhur oshlaridan biri. Bu osh ko‘pincha tvorog, baʼzan esa sirka va hatto tuzlamalar bilan isteʼmol qilinadi. Oilaviy odatlarga qarab, bu taom birinchi yoki asosiy ovqat sifatida isteʼmol qilinishi mumkin. Shuningdek, baʼzan qish mavsumidagi mehmondorchiliklarda yoki Ramazon oyida musulmonlarning iftorlik marosimida birinchi taom sifatida tortiladi. Oshe reshte ramazon oyida Eron oilalari orasida alohida o‘rin tutadi va bu oyga mos ovqatlardan biridir.

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oshe reshte

Kerakli mahsulotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suvni idishda qaynatib olinadi, so‘ngra loviya, yasmiq va no‘xat qo‘shiladi. Bir vaqtning oʻzida, boshqa idishda oldindan to‘g‘ralgan piyoz yog‘, tuz va imbir bilan qovuriladi. Loviya suvda qaynatilgandan so‘ng, unga koʻkatlar qo‘shiladi va u 20 daqiqa qaynatiladi. So‘ng Oshe reshte qo‘shiladi va u bilan birgaqovurilgan piyoz ham qo‘shiladi va taom tayyor bo‘lguncha kutiladi.

Reshte tayyor bo‘lgach. Boshqa idishda qovurilgan piyoz va sarimsoq tayyorlanadi. Shu tarzda mayda tug‘ralgan piyoz biroz yog‘da qovuriladi va oltin rangga kirgunicha unga juda oz miqdorda imbir qo‘shiladi. Xohishga ko‘ra, piyozni qovurayotganda qovurilgan sarimsoqni ham tayyorlab, masalliqlarning qolgan qismi bilan qaynab ketishi uchun reshte bilan birga idish ichiga qo‘shsa ham bo‘ladi. Bundan tashqari, Osh uchun qovurilgan sarimsoqdan tashqari, piyozdog‘ (imbirsiz) ham ishlatiladi.

Idishning sirtini chiroyli qilish uchun ustiga ozgina tvorog quyib, uning ustiga qovurilgan yalpiz, qovurilgan sarimsoq va qovurilgan piyoz qo‘shish mumkin.

  • Baʼzi oshe reshtelarning o‘zi sho‘r boladi. Shuning uchun, idishga tuz qo‘shganda, uni sho‘r bo‘lib ketishidan ehtiyot bo‘lish kerak.
  • Agar maxsus tayyorlangan sabzavotlar bo‘lmasa, bu taomni tayyorlash uchun faqat ismaloq bo‘lishi kifoya va Oshe reshte shu holatda ham mazali bo‘ladi.
  • Oshe reshtega qovurilgan yalpiz qo‘shmaguncha, taʼmi to‘liq bo‘lmaydi.
  1. بایگانی‌شده در ۷ اوت ۲۰۱۳ توسط Wayback Machine، سایت پارسه گرد