Kontent qismiga oʻtish

Petrushka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Petrushka (Petroselinum L.) - soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻt oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta dengiz boʻylari. 4 ta turi mavjud, shundan poliz Petrushka turi (P.sativum) ekiladi. Birinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3-marta patsimon kertikli. Ikkinchi yili oʻsimlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, toʻpguli — soyabonsimon. Urugʻi mayda. Petrushka sovuqqa chidamli, namsevar va yorugʻtalab oʻsimlik; 3—5° da urugʻi unib chiqadi. Bargi va ildizmevasida oqsil, yogʻ, shuningdek, efir moylari, S,A,Vr V2, vita-minlar va boshqa bor. Petrushkaning ildizi, bargi va faqat bargi isteʼmol etiladigan ikki xili bor. Ildizi va poyalaridan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda foydalaniladi. Bargi isteʼmol etiladigan turining ildizi ingichka va sertarmoq. Petrushka urugʻi erta bahorda yoki kech kuzda sabzi kabi sepiladi. Oshkoʻk si-fatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda Petrushkaning Nilufar va ildizmevali Saharnaya navlari ekiladi.

Ad:. Boʻriyev X.Ch., Abdullayev A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1987.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil