Osiyo oq tojli kalaosi
Osiyo oq tojli kalaosi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | Karkidon qushlar |
Oila: | Karkidon qushlar |
Urugʻ: | Oq tojli kalao (Berenicornis Bonaparte', 1850) |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Berenicornis comatus (Raffles, 1822) |
Osiyo oq tojli kalaosi[1] (lotincha: Berenicornis comatus) — karkidon qushlar oilasiga mansub qushlar turi, ushbu turda oq tojli kalao yagona qush hisoblanadi[1] (Berenicornis)[2]. Bruney, Indoneziya, Malayziya, Myanma va Tailandda yashaydi[3]. Ular yoʻqolib ketish xavfi ostida. Ularning tabiiy yashash joyi subtropik va tropik oʻrmonlardir.
Ularning uzunligi 83—102 santimetrga, og'irligi esa 1,3—1,5 kilogrammga yetadi. Erkaklar urgʻochilarga qaraganda kattaroq boʻladi. Patlari oq-qora rangda boʻladi. Bosh, boʻyin, koʻkrak va dumi oq, qolgan patlari qora rangda. Uning boshida toj shaklidagi oq patlari bor. Koʻz va tumshugʻi oʻrtasida va tomogʻida patlari yoʻq va terisi quyuq koʻk boʻladi. Tumshugʻi asosan qora rangda, tepa qismi sargʻish boʻladi. Aksariyat karkidon qushlar singari tumshugʻi tepasida qora dubulgʻa bor. Urgʻochilarda boʻyin va tanasining pastki qismi qora rangda boʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 183. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ Gill F., Donsker D. & Rasmussen P. (Eds.): Mousebirds, cuckoo roller, trogons, hoopoes, hornbills (англ.). IOC World Bird List (v11.2) (15 июля 2021). doi:10.14344/IOC.ML.11.2. Дата обращения: 16 августа 2021.
- ↑ Berenicornis comatus (англ.). The IUCN Red List of Threatened Species. (Дата обращения: 11 декабря 2020).