Ossip Bernstein
Ossip Samoilovich Bernstein | |
---|---|
Mamlakat | Ukraina, Fransiya |
Tavalludi | 1882-yil 20-sentyabr |
Unvoni | grossmeyster (1950) |
Ossip Samoilovich Bernstein (1882-yil 20-sentyabrda Ukrainada tugʻilgan –1962-yil 30-noyabrda vafot etgan) – ukrainalik fransuz shaxmatchisi. Ossip 1950-yilda FIDE tomonidan taqdim etilgan xalqaro grossmeyster unvonining ilk sovrindorlaridan biri edi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ossip Samoilovich Ukrainaning Zhytomyr shahrida yahudiy oilasda tugʻilgan. Bernsteinning bolalik yillari Ukrainada oʻtgan. 1906-yilda Heidelberg universitetida huquq fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Bernstein muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida koʻplab boylik orttirgan. Ammo, Oktyabr inqilobida boyliklarining katta qismidan ayrilgan. Keyinchalik, Buyuk depressiya davrida ikkinchi, 1940-yilda Fransiya Uchinchi reyx tomonidan bosib olinganida uchinchi bor boyliklarini yoʻqotishga sabab boʻldi. Uning yahudiy oiladan kelib chiqishi fashistlar tomonidan bosib olingan Fransiyada qola olmasligini anglatardi. Shundan soʻng Ossip Ispaniyaga qochishga majbur boʻldi va Barselonada joylashdi.
Jurnalist Edward Laskerning soʻzlariga koʻra, 1918-yilda 36 yoshli Bernstein Odessada bolsheviklar maxfiy politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Ularning maqsadi „aksilinqilobiy“ jinoyatchilarni tergov qilish va jazolash edi. Bernstein bank sohasida yuridik maslahatchi boʻlib ishlagani uchun uni otishga mahkum etishgan edi. Qatl kuni soʻngi daqiqada qoʻmondon mahbuslarning ismlari roʻyxatini koʻrishni soʻradi va Bernsteinning ismini tanidi. Chunki qoʻmondon shaxmat ishqibozi edi. Bernstein bilan qoʻmondon suhbatidan soʻng, qoʻmondon unga rad qila olmaydigan kelishuvni taklif qildi. Ular shaxmat oʻynashni kelishib olishadi. Agar Bernstein oʻyinda gʻalaba qozonsa hayotini va erkinligini qoʻlga kiritadi. Durang yoki magʻlubiyatga uchrasa, qolgan mahbuslar bilan birga unga oʻq uziladi. Bernstein qisqa vaqt ichida gʻalaba qozondi va ozod qilindi. U Britaniya kemasi orqali Parijga qochib ketadi va joylashdi[1].
Bernstein 1962-yilda Fransiyaning Pireney togʻlaridagi sanatoriyda vafot etdi.
Shaxmatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bernstein 1902-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan Berlindagi turnirda gʻalaba qozondi. 1902-yil iyul-avgust oylarida u Hannoverdagi turnirda esa Walter Johndan keyingi 2-oʻrinni egalladi. 1902–1903-yilgi Berlin oʻyinlarida yana bir bor zafar quchadi. 1903-yil sentyabr oyidagi Kiev 1903 shaxmat turnirida Mikhail Chigorindan keyin 2-oʻrinni egalladi.
1911-yil fevral-mart oylarida San Sebastian shaxmat turnirida 9-oʻrinni qayd etadi va kuchli shaxmatchi, Rossiya vakili José Raúl Capablancaga qarshi dona suradi. Ushbu oʻyinda magʻlub boʻlgan boʻlsada Brilliancy Prize sovrinini qoʻlga kiritadi.
Bernstein 1912-yilgi Vilna shahrida boʻlib oʻtgan turnirda Rubinsteindan keyingi 2-oʻrinni egalladi. 1914-yil yanvar oyidagi Moskva shahrida boʻlib oʻtgan kichik bahslarda Capablancaga qarshi bir magʻlubiyat hamda bir durang qayd etib, umumiy hisobda yutqazdi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida (1940-yil bahorida) Parijda Alekhine bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarini olib bordi[2][3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Stidham, Lindsay „Lined Up for the Firing Squad, This Chess Master Was Offered to Play a Game of Chess for His Life“. History Collection (2017-yil 8-aprel). Qaraldi: 2019-yil 10-iyun.
- ↑ Bernstein, Ossip 1945-yil 9-oktyabr „Letter“. Chess (2015-yil 14-aprel). Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
- ↑ Stidham, Lindsay „"Bernstein / Zabludov va Alekhine / Budovsky (1940-yil)“. History Collection (2022-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 10-iyun.