Kontent qismiga oʻtish

Otabek Hasanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otabek Abdurashidovich Xasanov

Otabek Xasanov (2022-yil)
 Respublika Ma’naviyat va maʼrifat markazi rahbari
 
Mansab davri
2024-yil 2-fevral – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Minhojiddin Hojimatov
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2020-yil – 2024-yil 2-fevral
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-mart 1985-yil (1985-03-09) (39 yosh)
Toshkent viloyati Olmaliq shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Dini islom
Ilmiy unvoni siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Mukofotlari

Otabek Abdurashidovich Hasanov (1985-yil 9-martda tugʻilgan) — oʻzbek siyosatchisi, siyosiy fanlar doktori (DSc). Oʻzbekiston davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari[1]. Ayni vaqtda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi[2]. 2024-yil 2-fevralda „Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi“ rahbari etib tayinlangan[3].

Otabek Xasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tugʻilgan.

Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini magistraturasini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otabek Xasanov mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi bosh eksperti sifatida boshlagan. Mazkur lavozimda 2010-yilga qadar ishlagan. 2009—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor yordamchisi, 2011—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi „Xorijiy davlatlar siyosiy tizimi va xalqaro iqtisodiy aloqalar“ kafedrasi kabinet mudiri va assistent oʻqituvchisi, 2013—2017-yillarda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi boshqaruvi akademiyasi „Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash“ fakulteti dekani, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari[4]

2020-yilda Otabek Xasanov muallifligidagi „Liderlar kitobi“ nashr etilgan.

2021-yilda „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlangan.

Ilmiy ishlari va maqolalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otabek Xasanov quyidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi:

  • Realizatsiya programmi sokrasheniya bednosti v utverjdenii prinsipov sotsialnoy spravedlivosti[5].
  • Sistema raboti „maxallabay“ kak effektivniy mexanizm dialoga s narodom i raboti s naseleniem[6].
  • Davlat xizmatchilarini tayyorlashning yangi maktabi[7].
  1. „ARGOS rasmiy sayti“. www.argos.uz. Qaraldi: 23-mart 2023-yil.
  2. „PF-4472 sonli prezident qarori“. www.lex.uz. Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
  3. „Otabek Abdurashidovich Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari bo‘ldi.“ (kun.uz). 2024-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  4. „Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi“ (2020-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  5. „2020 №1“. 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  6. „Yangi O'zbekiston gazetasi“.
  7. „Yangi O'zbekiston gazetasi“.