Kontent qismiga oʻtish

Otbosar (tuman)

Koordinatalari: 51°48′39″N 68°21′26″E / 51.81083°N 68.35722°E / 51.81083; 68.35722
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otbosar tumani
Атбасар ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Otbosar
Asos solingan sanasi 1928-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 49,976[1]
Zichligi 6,7 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 38,16%
Qozoqlar - 33,89%
Ukrainlar - 10,53%
Olmonlar - 5,88%
Beloruslar - 2,29%
Tatarlar - 2,22%
boshqalar - 7,05%[2][3]
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Maydoni 7 400 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 020400-020426[4]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Rasmiy sayti http://astrahan.akmol.kz/a/42/open/index.html
Xaritada
Otbosar tumani xaritada
51°48′39″N 68°21′26″E / 51.81083°N 68.35722°E / 51.81083; 68.35722

Otbosar tumani — Akmola viloyatining gaʼrbiy qismida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Maydoni 11,8 ming km². Aholisi 49,9 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 6,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Otbosar shahri. Tuman hududi orqali Qartali — Orqaliq — Astana temir yoʻli va Astana — Almati avtomabil yoʻllari oʻtadi[5].

Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 49,9 ming kishi. Otbosar shahrining oʻzida 28 ming kishi istiqomat qilishadi. Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil):[2][3]

Iqlimi keskin kontinental, qishi uzoq va sovuq boʻladi, yozi sernam issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 18 °C, iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori shimoliy qismida 300 – 400 mm, janubiy qismida 250 – 300 mm.

Katta qishloqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Abay qishlogʻi
  2. Borisov qishlogʻi
  3. Yesengeldi qishlogʻi