Kontent qismiga oʻtish

Sandiqtov (tuman)

Koordinatalari: 52°30′0″N 68°45′0″E / 52.50000°N 68.75000°E / 52.50000; 68.75000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sandiqtau (tuman)dan yoʻnaltirildi)
Sandiqtov tumani
Сандықтау ауданы
tuman
Tarkibida Oqmoʻla viloyati
Maʼmuriy markazi Balkashino
Asos solingan sanasi 1936-yil
Akim Suyindikov Qanat Oʻtizbayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 20 165[1]
Zichligi 3,1 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 56,33%
Qozoqlar - 19,58%
Olmonlar - 7,20%
Chechenlar - 6,48%
Ukrainlar - 4,00%
Beloruslar - 1,89%
boshqalar - 4,52%[2][3]
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Maydoni 6 400 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 021400-021428[4]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Sandiqtov tumani xaritada
52°30′0″N 68°45′0″E / 52.50000°N 68.75000°E / 52.50000; 68.75000

Sandiqtov tumani (qoz. Сандықтау ауданы, ساندىقتاۋ اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 6,4 ming km². Aholisi 20,165 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Balkashino qishlogʻi.

Aholisi 20,1 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)[2][3]

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 19 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 350 — 400. mm[5].

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 39 ta maktab, madaniyat uyi, 23 ta klub, tuman kasalxonasi, 9 ta oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 31 ta feldsh.-akusherlik punkt aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Katta qishloqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Balkashino qishlogʻi
  • Kamenka qishlogʻi
  • Sandiqtov qishlogʻi
  • Maksimovka qishlogʻi
  • Veseloe qishlogʻi