Kontent qismiga oʻtish

Ovsar Wilson

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ovsar Wilson

Ilk nashr muqovasi
Asl nomi Puddʼnhead Wilson
Muallif(lar) Mark Twain
Tarjimon(lar) Shoir Usmonhoʻjayev
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1894
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1986
Sahifalar soni 150

„Ovsar Wilson“ (talaffuzi: Ovsar Vilson) (inglizcha: Pudd'nhead Wilson) — amerikalik yozuvchi Mark Twain qalamiga mansub roman. Ilk bor 1893-94-yillada „The Century Magazine“ jurnalida chop etilgan. Kitob oʻlaroq 1894-yil nashr qilingan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Missuri shtatining Dawsonʼs Landing shaharchasining oʻzbilarmon va egoist turgʻuni Tom Driscoll (talaffuzi: Tom Driskoll) boy amakisini oʻldiradi. Hamma qotillikda italiyalik aka-uka Capellolardan (talaffuzi: Kapello) gumonsiraydi.

Shaharga koʻchib kelgan David Wilson (talaffuzi: Devid Vilson) barmoq izlarini oʻrganishga qiziqadi. Oʻsha paytda jinoyatlarni barmoq izlari yordamida yechish keng tarqalmagan boʻladi. Shuning uchun ham shahar aholisi Vilson vaqtini behuda narsaga sarflaydi, deb unga „ovsar“ laqabini berishadi.

Sudda Vilson barmoq izlari yordamida qotillikni Tom amalga oshirganini dalillab beradi. Bundan tashqari, Vilson Tom goʻdakligida almashib qolganini va Driscoll oilasining haqiqiy merosxoʻri emasligini koʻrsatib beradi.

Romanda Missuridagi irqchilik tasvirlangan. Hatto qonida ozgina qora tanlilar qoni boʻlganlar ham tahqirlanadi. Bunga hamma, hatto qaysidir maʼnoda qora tanlilarning oʻzlari ham oddiy qaraydi.

  • Roxy (talaffuzi: Roksi) – qul qiz
  • Thomas „Tom“ Driscoll (talaffuzi: Tomas „Tom“ Driskoll) – Percy Driscollning oʻgʻli; goʻdakligida Roxining bolasi Chambers (talaffuzi: Chambers) bilan almashib qoladi
  • Chambers (talaffuzi: Chambers) – Roxyning bolasi
  • Aka-uka Capellolar (talaffuzi: Kapello) – bir-birga juda oʻxshash italiyalik egizaklar
  • David "Pudd'nhead" Wilson (talaffuzi: Devid „Pudinhed“, yaʼni ovsar Vilson) – huquqshunos

Oʻzbekcha tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni oʻzbek tiliga „Pravda“ nashriyoti 1980-yil chop etgan ruscha nashridan Shoir Usmonhoʻjayev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1986-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.