Oychechak
Oychechak | |
---|---|
Tavalludi | nomaʼlum |
Vafoti |
1221 Hind daryosi |
Turmush oʻrtogʻi | Muhammad Xorazmshoh |
Bolalari | Jaloliddin Manguberdi |
Oychechak (turkmancha: Aýçiçek; ? — 1221) — Xorazmshoh Muhammadning rafiqlaridan biri, asli kelib chiqishi turkmanlardan boʻlgan malika[1]; Xorazmshoh Jaloliddinning onasi[2]. Oʻz vaqtida kanizak boʻlgan[3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajdodlari va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan bu ayol Xorazmshoh Muhammadning haramida boʻlgan va Sultonning toʻngʻich oʻgʻli Jaloliddinni dunyoga keltirgan.
Qaynonasi Turkon xotun Oychechakni past tabaqadan boʻlganligi sababli yoqtirmagani manbalarda qayd etilgan. Moʻgʻullar bosqini vaqti 1220-yilda unga nabirasining oldiga borish taklif etilgan, biroq Turkon xotun:
Aslo! Qanday qilib men Oychechakni oʻgʻli marhamatiga tobe boʻlib, uning himoyasida boʻlishim mumkin… Hatto Chingizxonga asirlik va hozirgi xorlik hamda sharmandaligim menga bundan ming karra afzalroq!
1221-yilda Jaloliddin Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul jangchilari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. Oʻgʻli yetakchiligidagi qoʻshin jangda magʻlubiyatga uchragani maʼlum boʻlgach, Oychechak haramdagi xotinlari bilan birga ularni asirlikdan qutqarish uchun oʻgliga yordam soʻrab murojaat qiladi:
Olloh nomi bilan senga yolvoramiz, bizni oʻldir va asoratdan qutqar!
O‘g‘lining buyrug‘i bilan daryoga tashlangan ayollar Hind daryosiga tushib halok boʻlgan. Zudlik bilan o‘ldirishi buyurilgan Jaloliddinning yetti yoshli o‘g‘ligina Chingizxon tomonidan asirga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Овез Гундогдыев. „Джелал Ад-дин Менкбурны (Историко-культуное наследие Туркменистана)“. UNDP (2000). — „ДЖЕЛАЛ АД-ДИН, прозв.: М е н к-б у р н ы (с родимым пятном на лице) (г. рожд. неизв. - ум. 1231), хорезмшах (с 1220 г.), старший сын Мухаммеда II и туркменки Айчичек, которая не пользовалась почетом при дворе в Гургандже, где главную роль играла бабушка Джелал ад-дина, кипчакская царевна Туркан-хатын.“. 2013-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ „Jaloliddin Manguberdi va Jaloliddin Rumiy qarindoshligini bilasizmi?“. 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
- ↑ „Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad“. 2021-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.