Kontent qismiga oʻtish

Oynisa Musurmonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oynisa Musurmonova
Tavalludi 1952-yil
Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi filolog
Sohasi pedagogika
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Oynisa Musurmonova (1952-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (1994), professor (1998).

Oynisa Musurmonova 1952-yil Samarqand viloyati, Past Dargʻom tumanida tugʻilgan[1][2]. 1970—1975-yillarda Samarqand davlat universiteti oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetida oʻqigan.

Oynisa Musurmonova „Past Dargʻom haqiqati“ gazetasin tahririyati adabiy xodimi (1975), 1975—1980-yillarda Past Dargʻom tumani pioner oʻquvchilar uyi direktori, 1980—1988-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti kichik, soʻngra katta ilmiy xodimi, Toshkent davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent, doktorant hamda institutga qarashli „Xalq taʼlimini boshqarishning ilmiy asoslari“, „Odobnoma“ kafedralari, ayni bir paytning oʻzida „Oila“ ilmiy laborotoriyasi mudiri (1988—1995)[2], 1995—1998-yillarda Vazirlar Mahkamasi xotin-qizlar ishlari boʻlimi mudiri, keyinchalik oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kotibiyati mudiri, 1998—2000-yillarda „Oila“ ilmiy-amaliy markazi direktori[3], Oliy Majlisning ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi raisi hamda „Sogʻlom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi raisi (2000—2002), Oliy Majlisning fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (2002-2005)[4], Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogika, psixologiya kafedrasi mudiri (2005—2020), Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi „Mahalla va oila“ ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (2020—2022) vazifasida ishlagan. 2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi huzuridagi „Oila va xotin-qizlar“ ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari[1] va respublika „Oqila ayollar“ harakati yetakchisi[5]. Oliy Majlisning 1—2-chaqiriq deputati boʻlgan. „Maʼrifat“ targʻibotchilar jamiyati[6], Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oynisa Musurmonovaning ilmiy ishlari pedagogika sohasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar vositasida yoshlar maʼnaviy madaniyatini shakllantirish muammosiga oid. 1986-yilda nomzodlik ishini, 1994-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1988-yilda dotsent, 1998-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1]. Oynisa Musurmonova 10 dan ortiq monografiyalar, 21 ta darslik, 30 dan ortiq oʻquv-metodik qoʻllanmalar, 10 dan ortiq risolalar, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[2].

  • 1-darajalari „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni (1999)[3];
  • „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni[1];
  • „Maʼnaviyat fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2021)[7].