Kontent qismiga oʻtish

Oyqor (qissa)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oyqor
Muallif(lar) Nurali Qobul
Janr(lar)i qissa
Nashr etilgan sanasi 1978
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Sahifalar soni 111

Oyqor“, toʻliq nomi „Oyqor (voqeiy qissa)“ – oʻzbek yozuvchisi Nurali Qobul qalamiga mansub qissa. Muallifning ilk yirik asari boʻlib, 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asarda sovet davrida qishloq xoʻjaligining kollektivlashtirilishi haqida hikoya qilinadi. 1982-yil qissaning L. Samoyov oʻgirgan ruscha tarjimasi nashr etilgan[1].

„Oyqor“ qissasi Qobulning 1979-yil chop etilgan „Salom, togʻlar“ qissasi bilan bir qatorda oʻquvchilar va tanqidchilar orasida keng muhokama qilingan[2]. Qissa uchun Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziy „umidli qalam sohibi“ nomi bilan kirish soʻzini yozgan[2]. 1978-yil „Yosh leninchi“ gazetasida „Qorli togʻlar qoʻshigʻi“ nomi bilan qissadan parcha chop etilgan[3].

  1. „Oyqor“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 29-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Toʻychiyev, A. (2020). „Нурали Қобул ижодига умумий назар“. Ilmiy xabarlar. № 4. Fargʻona. 107–109-bet. Qaraldi: 27-sentyabr 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Ўзбек адабиёти“ (PDF). Ўзбекистон ССР солномаси. № 6. 1978. 207-bet. Qaraldi: 27-sentabr 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()