Nurali Qobul
Nurali Qobul | |
---|---|
Tavalludi |
2-yanvar 1950-yil Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Usmat qishlogʻi |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Kasbi | Tarixchi, yozuvchi, shoir, tarjimon. |
Sohasi | Dramaturgiya, sheʼriyat |
Ish joylari | „Gʻalaba bayrogʻi“ (1971—1973), „Jizzax haqiqati“ (1973—1976) gazetalari, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali, „Yulduzcha“ nashriyoti |
Taʼlimi | Mirzo Ulugʻbek nomli Fargʻona davlat pedagogika instituti |
Mashhur ishlari | „Sukut Suiqasdi“, „Suiqasddan soʻnggi sukut“ |
Mukofotlari | Maksim Gorkiy mukofoti, Boris Polevoy mukofoti[1] |
Dini | Islom |
Nurali Qobul (Nurali Qobulovich Xolboʻtayev[1]; 1950-yil 2-yanvar, Jizzax, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik tarixchi, yozuvchi, shoir hamda tarjimon.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nurali Qobul 1950-yilning 2-yanvarida Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi Usmat qishlogʻida tugʻilgan. Oliy taʼlimdagi hayoti Mirzo Ulugʻbek nomli Fargʻona davlat pedagogika instituti tarix fakulteti bilan bogʻliqdir. Jizzax shahridagi Bobur nomli 22-oʻrta maktabda tarix fanidan dars beruvchi oʻqituvchi, (1969—1970), „Gʻalaba bayrogʻi“ gazetasida tahririyat boʻlim boshligʻi (1971—1973), „Jizzax haqiqati“ gazetasida muxbir (1973—1976), „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1977—1986), „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, direktor (1987—1996) vazifalarida xizmat qilgan[2].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nurali Qobulning „Oyqor“ nomli birinchi qissasi 1978-yilda nashr etildi. Shundan soʻng, uning „Salom, togʻlar“ (1979), „Tubsiz osmon“ (1981), „Yashash uchun kechikma“, „Kaptarlar qaytmagan kun“ (1983), „Unutilgan sohillar“ (1988), „Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar“ (1992), „Yetti iqlim xoqoni yoxud ahd va taxt“ (2013) kabi roman, qissa va hikoyalar kitoblari, „Odam, Oyqor togʻ va daydi shamol“ (1980) nomli sheʼriy ertagi, „Vatandan yaxshi yor boʻlmas“ nomli publitsistik maqolalar toʻplami dunyoga keldi. Yozuvchi hamda shoirlik istʼedodlaridan foydalangan ijodkor 7 kitobdan iborat tarixiy-siyosiy mavzuga doir roman-pamflyot ham yaratgan. Roman-pamflyot tarkibiga quyidagi kitoblar kiradi:
- „Sukut suiqasdi, yohud Stalindan Saddamgacha“ (?)
- „Sukutdan soʻnggi suiqasd, yohud Chingizxondan Cherchilgacha“ (?)
- "Tavqi laʼnat tamgʻasi (2019)
- „Dordan qochgan daho“ (?)
- „Stalinning super jallodi“ (?)
- „Stalinning super josusi“ (?)
- „Davlat toʻntarishi“ (?)
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oyqor“ (1978)
- „Salom togʻlar“ (1979)[3]
- „Odam, Oyqortogʻ va Daydi shamol haqida ertak“ (1980)
- „Tubsiz osmon“ (1981)[4]
- „Kaptarlar qaytmagan tun“ (1984)[5]
- „Yashash uchun kechikma“ (1985)
- „Unutilgan sohillar“ (1988)
- „Oq kaptarlar“ (1990)
- „Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar“ (1992)
- „Sen vatansan, muhabbat“ (1994)
- „Vatandan yaxshi yor oʻlmas“ (1995)
- „Yangi qor tushgan kun (?)“[6]
- „Sening bolalik osmoning“ (?)[7]
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijodkor tarjimon sifatida Gabriel García Márquezning „Yolgʻizlikning yuz yili“ romanini, Chingiz Aytmatovning „Bolaligim“ asarini oʻzbek tiliga mohirona tarzda oʻgirgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Mirvaliyev, Sobir. O’zbek adiblari (xrestomatiya). Fan nashriyoti, 1993 — 145-bet. ISBN ?.
- ↑ N „Nurali Qobul (1950)“. Saviya.uz. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Nurali Qobul-Salom togʻlar“. Ziyouz.com. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
- ↑ „Nurali Qobul — Tubsiz osmon“. Ziyouz.com. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
- ↑ „Nurali Qobul-Kaptarlar Qaytmagan tun“. Ziyouz.com. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
- ↑ „Nurali Qobul — Yangi qor tushgan kun (qissa)“. Ziyouz.com. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
- ↑ „Nurali Qobul — Sening bolalik osmoning“. Ziyouz.com. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.
- ↑ Nurali Qobul „Nurali Qobul — Temurshunoslikni temirchilikka aylantirib qoʻydik“. Kun.uz. Qaraldi: 13-avgust 2022-yil.