Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon davlat ashula va raqs ansambli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

F. Əmirov nomidagi Ozarbayjon davlat ashula va raqs ansambli — Ozarbayjon musiqiy dastasi. Ozarbayjon musiqiy madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun 1958-yilning 13-iyulida „Xizmat koʻrsatgan jamoa“ faxriy unvoniga loyiq koʻrilgan[1].

1931-yilda Üzeyir Hacıbəyli ilk bora Ozarbayjonda nota bilan chalinuvchi xalq cholgʻu asboblari orkestiriga asos soldi. Ushbu orkestr aʼzolari Səid Rüstəmov, Əlövsət Sadıqov, Bəhram Mansurov, Xosrov Malikov, Qılman Salahov va boshqalardan iborat edi. Orkestr tarkibida 2 nay, 2 tor, 2 gʻijjak, 1 doira va 1 nogʻora boʻlgan[2].

1936-yili Üzeyir Hacıbəylining rahbarligi ostida Ozarbayjon davlat filarmoniyasida „Ashula va raqs ansambli“ tashkil qilindi. Mazkur ansamblga Üzeyir Hacıbəyli oʻzining yordamchisi, dirijyor, xormeyster, gʻijjak ustasi Qılman Salahovni rahbar qilib tayinladi. 1938-yilda Moskvada oʻtkazilgan Ozarbayjon Respublikasining Madaniyat va sanʼat oʻn kunligi (dekadasi)da ansambl Salahov rahbarligida chiqish qiladi. Mazkur chiqish eʼtirofga loyiq topilib, ansamblga „Ozarbayjon davlat ashula va raqs ansambli“ nomi beriladi.

Bir necha yillar davomida jamoaga Üzeyir Hacıbəyovdan keyin ozarbayjonliklarning taniqli bastakorlaridan Səid Rüstəmov, Cahangir Cahangirov, Vasif Adıgözəlov, Hacı Xanməmmədov, Telman Hacıyev va Ramiz Mirişlilar rahbarlik qildi.

Ansamblning raqs guruhidan Əminə Dilbazi, Tutu Həmidova, Böyükağa Məmmədov, Roza Cəlilova, Aliyə Ramazanova, Afaq Məlikova, Kamil Dadaşov, Əlikram Aslanov, Nadir Məmmədov kabi taniqli raqs ustalari yetishib chiqdi.

Ansambl repertuarini Ozarbayjon va dunyo xalqlarining ashula hamda raqslari, xor asarlari tashkil etadi.

2000-yilning yanvaridan ansambl qoshida Ozarbayjon davlat xalq cholgʻu asboblari ansambli ham faoliyat koʻrsatadi[3].

Ozarbayjon musiqa madaniyati rivojidagi xizmatlari uchun ansambl 1958-yil 13-iyulda „Xizmat koʻrsatgan jamoa“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

2019-yilda „Oʻsh — Turk dunyosining madaniyat poytaxti“ loyihasi doirasida TÜRKSOY tomonidan tashkillashtirilgan millatlararo raqs musobaqasida Ozarbayjon davlat ashula va raqs ansambli birinchi oʻringa loyiq koʻrildi[4].

  1. „F.Əmirov adına Azərbaycan Dövlət Mahnı və Rəqs ansamblı“ (az). anl.az. 2018-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  2. Nigar Bayramova. „Dövlət Mahnı və Rəqs ansamblında Qılman Salahovun fəaliyyətinə dair“ (az). konservatoriya.az (2014-yil 5-yanvar). 2020-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  3. „Rəqs ansamblları“ (az). azerbaijans.com. fevruary 5, 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  4. „Azərbaycan Dövlət Mahnı və Rəqs Ansamblı birinci oldu“ (az). modern.az (2019-yil 22-aprel). 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.