Kontent qismiga oʻtish

Telman Hacıyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Telman Hacıyev
Tavalludi Telman Muxtar oğlu Hacıyev
31-yanvar 1937
Kasbi Fleytachi, bastakor
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon

Telman Muxtar oğlu Hacıyev (oʻzbekcha: Telman Muxtor oʻgʻli Hojiyev 31-yanvar 1937-yil, Ozarbayjon SSR) — Ozarbayjon SSR xizmat koʻrsatgan sanʼat xodimi, fleytachi, falsafa fanlari doktori, 4 ta milliy ijro mukofoti sovrindori, Boku Musiqa akademiyasi nafis sanʼat nazariyasi va tarixi kafedrasi mudiri, professor.

Telman Hacıyev 1937-yilning 31-yanvarida dunyoga keldi. 1961-yilda Üzeyir Hacıbeyov nomidagi Ozarbayjon davlat konservatoriyasini imtiyozli diplom bilan bitirdi. 1959-yilda Ozarbayjon davlat universiteti (hozirgi Boku davlat universiteti)ning iqtisodiyot fakultetini, 1964-yilda P.I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini fleyta mashshoqligi boʻyicha aspiranturasi bosqichini tamomlagan. Musiqiy estetika fanidagi tadqiqotlar olib borib, falsafa fanlari doktori, professor V. K. Skatershikov ilmiy rahbarligida 1972-yili „Ozarbayjon musiqiy madaniyatida sotsial realizm metodining muammolari“ mavzusida falsafa fanlari nomzodi dissertatsiyasini yoqladi. 1975—1976-yillarda SSSR Madaniyat vazirligi topshirigʻi bilan Misr Arab Respublikasida Qohira konservatoriyasi professori lavozimida ishladi. Qohira, Iskandariya, Xeluan shaharlarida yakkaxon konsertlar berdi. 1984-yilda „Sanʼatning ijtimoiy faolligi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilib, falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. 1991-yilda professor ilmiy unvoni berildi. 1992-yilda „Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat xodimi“ faxriy unvoniga loyiq koʻrildi. Shu yildan Boku Musiqa Akademiyasida ochilgan afis sanʼat nazariyasi va tarixi kafedrasi mudiri. 1965—1973-yillarda Telman Hacıyev Ozarbayjon Davlat kamer-orkestri solisti sifatida faoliyat olib bordi. Faoliyati davomida Kuba Respublikasi, Polsha, Chexoslovakiya, Shvetsiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya, shuningdek, Moskva va Sovet respublikalarida klassik, romantik va zamonaviy musiqalarni ijro etgan. Ayniqsa, ozarbayjon kompozitorlari Qara Qarayev, Fikrət Əmirov, Arif Məlikov kabilarning ijod namunalarini targʻib qilgan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U kamer-ansambl uchun 12 qoʻllanma yaratgan. Telman Hacıyevning kamer-ansambli sinfini 670 nafardan ortiq bitiruvchilar tamomlagan.

  • 1970 — „Fleyta və fortepiano üçün orijinal köçürmə“ (Ozarbayjon bastakorlarining asarlari).
  • 1975 — Ozarbayjon televideniyesida „Klassik dünya musiqisi“ dasturini olib borgan.
  • 1995 — „Dünya mədəniyyətı nəzəriyyəsı və tarixi“ oʻquv dasturini yaratdi.
  • 1997 — „Nəfəsli alətlər tarixi“ oʻquv darsligi chop etildi[1].
Nomi Nashriyot Yili
"İncəsənətin sosial fəallığı" Boku 1980
"Avestadan bu günədək"; Boku 1983
"Mənim müdrik müasirim" (akademik-filosof Fuad Qasımzadə) Boku 1999
  1. „Bakı Musiqi Akademiyası - Telman Hacıyev“. 15-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2013-yil.