Kontent qismiga oʻtish

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti binosi
Xalqaro nomi
International Institute of Food Technology and Engineering
Turi Institut
Asos solingan sanasi 2023-yil, may
Rektori Tojiyev Rustam Rasulovich
Talabalari 100+
Bakalavriat 4 bakalavriat yo'nalishlari mavjud
Magistratura 2 ta magistratura yo'nalishlari mavjud
Manzili
O’zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati,Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy ko‘chasi 204-uy.
,
Veb-sayti veb-sahifasi

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti – Fargʻona shahridagi oliy oʻquv yurtlaridan biri. Asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik hamda oʻrta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlashdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvar kundagi PQ-22 sonli qaroriga asosan[1][2][3] Ummon sultonligi ishtirokida Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti davlat oliy taʼlim muassasasi ochildi va mustaqil taʼlim muassasasi sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. Shavkat Miramonivich Mirziyoyev qarori bilan oziq-ovqat sanoati masalalari boʻyicha izlanish olib boradigan 3 ta taʼlim muassasalar tashkil topgan.

  1. Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;
  2. Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi Capacity Building Center;
  3. Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qoʻqon oziq-ovqat sanoati va xizmat koʻrsatish texnikumi.

Bu institut maydoni 5 gektarni tashkil qiladi hamda eng zamonaviy uslubda taʼmirlangan.1 ta oʻquv binosi, 1 ta talabalar turar joyini oʻz ichiga oladi.

Xorijiy universitetlar bilan aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti dunyoning turli universitetlari va taʼlim markazlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Bunday uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar tuzish, bilim almashish va talabalar almashinuvi boʻyicha kelishuvlarga erishishdan iboratdir.

  1. Osh texnologiya universiteti
  2. Qozoq oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash tadqiqot instituti
  3. Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti
  4. Shensi fan va texnologiya universiteti
  5. Pekin texnologiya instituti

Bakalavriat yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Oziq-ovqat texnologiyasi

• Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot menejmenti

• Iqtisodiyot:Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti

• Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi

Magistratura yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi
  2. Biznesni boshqarish (Master of Business Administration, MBA)