Ozoda Sobirjonova
Ozoda Sobirjonova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
7-dekabr 2002-yil Toshkent, O'zbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Taekvondo |
Ozoda Sobirjonova (2002-yilining 7-dekabrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik taekvondochi, 57 kg va 62 kg gacha vazn toifasida, taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa azosi. 2018-yilgi taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush medali sohibi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozoda Sobirjonova 2002-yil 7-dekabrda Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozoda Sobirjonova 2017-yildan taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi[1]. 2018-yili BAAda oʻtkazilgan xalqaro „Fujairah Open“ musobaqasida −52 kg vazn toifasida ukrainalik raqibi, Viktoriya Sobkoni (10-8) magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda Gollandiyaning Eyndxoven shahrida boʻlib oʻtgan „45th Dutch Open Taekwondo Championships“ taekvondo boʻyicha nufuzli xalqaro turnirda Oʻzbekistonlik taekvondochilar 8ta medalni kiritgan. Ularning safida Ozoda (-52 kg) chempionatda oʻsmirlar oʻrtasida 2-oʻrin bilan cheklangan[2].
Tunisning Hammamet shahri, 2018-yili tashkil etilgan taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Ozoda (-52 kg) finalga chiqdi, ammo magʻlub boʻlib, kumush medaliga sazovor boʻldi[3].
„Fujairah Open-2019“ xalqaro musobaqada Ozoda yoshlar oʻrtasida −55 kg vazn bilan barcha janglarda gʻalaba qozonib, birinchilikni qoʻlga kiritdi. Iordaniya poytaxti, Ammon shahrida oʻtkazilgan taekvondo-2019 oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Ozoda Sobirjonova (-55 kg) bronza medali bilan taqdirlandi va ushbu chempionatda Oʻzbekiston uchinchi oʻrini egallashiga hissa qoʻshdi.
Moskvadagi „Russian Open-2019“ xalqaro turnirda Ozoda (-57 kg) faqatgina finalda rossiyalik raqibi, Elena Evlampyevga imkoniyatni boy berib, 2-oʻrinni egalladi[4].
Keyingi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil Livanda boʻlib otgan taekvondo boʻyicha Osiya chempionati va anʼanaviy „Beirut Open“ xalqaro musobaqada Oʻzbekiston vaʼkillari qitʼa chempionatida oʻzlarining eng yaxshi natijalariga erishishgan boʻlishsa, „Beirut Open“da esa umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalashdi. Unda Ozoda Sobirjonova −57 kg vazn toifasida ochiq turnirda shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilib, jamoa gʻaznasini oltin medal bilan boyitdi[5].
U 2022-yil mart oyida Kish orolida oʻtkazilgan „Fajr Open“ xalqaro musobaqada ishtirok etgan va finalda −62 kg vazn toifasida raqibi, Kosar Asasexga imkoniyatni boy berib, 2-oʻrin sohibasiga aylandi. Shuningdek, Erondagi boʻlgan boshqa musobaqa, Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Ozoda 2022-yil Meksikaning Gvadalaxara shahridagi taekvondo boʻyicha jahon chempionatida ishtrok etib, 1/16 final bosqichida Matea Jelicga 2:0 hisobida yutqazib qoʻygan. Bokudagi 2023-yilgi taekvondo boʻyicha jahon chempionatida esa yarim oʻrta vaznli ayollar oʻrtasida (-67 kg) braziliyalik raqibi bilan kechgan bahsda muvaffaqiyatsizlikga uchragan. Ungacha, BAAda „Fujairah Open-2023“ musobaqada −62 kilogramm vazn toifasida Ozoda Sobirjonova barcha raqiblarini magʻlub etib, finalga chiqdi. Biroq hal qiluvchi jangda u eronlik Kosar Asasexga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
2024-yildagi taekvondo WT boʻyicha „Fujairah Open“ musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi jami 10ta medalni qoʻlga kiritdi va bu, raqib davlatlar orasida eng yaxshi koʻrsatkich boʻlib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Sportchilar orasida Ozoda Sobirjonovaga teng keladigani topilmadi. U Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilib, finalda oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozoda Sobirjonova 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida serbiyalik raqibi Aleksandra Perishichga 1:2 (5:0, 4:8, 0:2) hisobida imkoniyatni boy berdi. Serbiya vakili finalga yoʻl olgach, Sobirjonovada bronza uchun imkon tugʻildi. Bronza uchun oʻtish bahslarda tailandlik raqibi Sasikarn Tongchangni 2:1 (2:7, 8:1, 11:0) hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun bahsda Sobirjonova Belgiya vakili Sarah Chaari bilan bellashadi. Sobirjonova medal uchun kurashda 1:2 (16:2, 2:3, 4:4) hisobida magʻlub boʻldi.
Umumiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzosi – Ozoda Sobirjonova jami qitʼa musobaqalarda 1ta oltin va kumush, xalqaro turnirlarda 5ta oltin, 3ta kumush va 1ta bronza, jahon chempionatlarida esa kumush medali sohibi hisoblanadi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Parij-2024 litsenziatlari: Osiyo oʻyinlari sovrindori Ozoda Sobirjonova“. olympic.uz (2024-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 8-avgust.
- ↑ „sports.uz“ (2018-yil 10-mart). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ „sport.uz“ (2018-yil 13-aprel). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ „kun.uz“ (09.29.2019). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ „olympic.uz“ (2021-yil 21-iyun). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
- ↑ „taekwondodata“ (2024). Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.