Ozodlik marshi (1999-yil, 17-oktyabr)
Ozodlik marshi ( belaruscha: Марш свабоды), shuningdek Mustaqillik marshi ( belaruscha: Марш незалежнасьці ) - Belarus muxolif partiyalari tomonidan Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasini yagona davlatga birlashtirish rejalariga javoban tashkil etilgan va 1999-yilning 17-oktyabr kuni Minskda bo'lib o'tgan ommaviy yurish oqibati 20 000 dan 40 000 gacha odam to`plangan marsh namoyishchilari bilan politsiya xodimlari va "OMON"chilarning o`rtasidagi to`qnashuvlar hamda o'nlab qurbonlar bo`ldi [1].
Sababiyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Grigoryevich Lukashenko va muxolifat o'rtasidagi ziddiyat 1995-yilgi Konstitutsiya va Referendumlar to'g'risidagi qonunga xilof ravishda o`tkazilgan birinchi Belarus referendumi paytida boshlangan. O`shanda Lukashenko Oliy Kengashga bosim o'tkaza boshladi, bu esa Kengashning referendum o'tkazishga roziligini olishga yordam berdi. Muxolifat yetakchilari Hukumat uyida ochlik e'lon qilmoqchi bo'lishdi, biroq "OMON" kuchlari ularni kaltaklab haydab chiqarishadi. Referendum natijasida davlat ramzlari ( gerb va bayroq ) o‘zgartirildi, rus tiliga davlat tili maqomi berildi , prezident parlamentni tarqatib yuborish huquqini oldi.
1999-yilda Belarusning yuqori hukumat doiralarida Belarus va Rossiyani yagona davlatga birlashtirish masalasi yana jiddiy muhokama qilina boshlandi, hammaga kunday ravshan ediki, keksa va og`ir hasta Boris Yeltsin uzoq vaqt hokimiyatda qolmaydi. Belarus muxolifatiga ko'ra, Aleksandr Lukashenko Moskvadagi yuqori lavozim evaziga respublika mustaqilligini "qurbonlik qilishni" rejalashtirgan[2].
Bunga javoban muxolifat mustaqil Belarusni qo'llab-quvvatlash uchun marsh tashkil etishga qaror qildi. Tashkiliy qo'mita tarkibiga Valyantsin Vecherka (BNF partiyasi), Yuriy Belenkiy (KHP-BPF partiyasi), Mikalay Statkevich (BSDP (NG)) va Anatoliy Lebedko (kelajakdagi OGP ) kabi muxolifat siyosatchilari, shuningdek, boshqa ko'plab faollari kirdi. Yakub Kolos maydonida qisqa miting tashkil etishga qaror qilindi, shundan so'ng asosiy miting o'tkazilishi rejalashtirilgan Mustaqillik maydoniga tomon marsh boshlanishi kerak edi. Marshni 1999-yil, 17-oktyabr, yakshanba kuni o'tkazishga qaror qilindi.
Ozodlik marshi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yil, 17-oktabr, yakshanba kuni soat 12.00 dan keyin Yoqub Kolas maydoniga muxolifat faollari va Belarus muxolifatining tarafdorlari to‘plana boshladi. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, o'sha kuni 5 mingdan 7 minggacha odam yig'ilgan. Marsh Yakub Kolas maydonidan boshlanib Skaryna prospekti va Surganov ko‘chasi bo‘ylab Bangalor maydoniga yetib bordi. Qisqa mitingdan so‘ng namoyishchilar 30 metrlik oq-qizil-oq bayroqlar va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko`tarishib shahar markaziga ko‘chdilar. Namoyishchilar orasida yoshlar ustunlik qildi. Odamlar: “Siyosiy mahbuslarga ozodlik! ", "Diktatura - yo`q!”, “Belarus Yevropaga!”, “Yashasin Belarus!" deb baqirishardi. Namoyishchilar yo‘lida militsiya xodimlari va fuqaro kiyimidagi odamlar ishtirokchilarni mushtlashuvga undab turishardi. Pulixova ko‘chasi bilan kesishgan joyda esa ularni tuzoq kutib turgan edi. Mojarolar yarim soatcha davom etdi[3].
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Кроў і таямніцы Маршу Свабоды’99
- ↑ „Як мы выратавалі незалежнасць і спынілі палітычныя забойствы - YouTube“. 2020-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyul.
- ↑ „Марш Свободы – 1999“. 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |