Kontent qismiga oʻtish

P.M.Tretyakov yodgorligi Moskva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pavel Tretyakov haykali — rossiyalik tadbirkor, filantrop, rus tasviriy sanʼati asarlari kolleksioneri Pavel Tretyakovga oʻrnatilgan yodgorlik. Haykalning ochilish marosimi 1980-yil 29-aprelda ozi asos solgan Tretyakov galereyasi yonida boʻlib oʻtdi. Loyiha mualliflari — haykaltarosh Aleksandr Kibalnikov va meʼmor Igor Rojin[1][2][3].

1930-yillarda hozirgi yodgorlik oʻrnida Vladimir Leninning ikkita haykaltarosh tasviri — dohiyning ulkan boshi bor edi. Biri haykaltarosh S.D.Merkurov tomonidan Moskva-Volga kanali uchun yaratilgan tajriba modellaridan birining parchasi edi (1933-yildan oldingi davrlar) va ikkinchisi haykaltarosh N. A. Andreyevning „Lenin — lider“ haykali (1936)[4]. 1939-yilda haykal oʻrniga Sergey Merkurov tomonidan yasalgan Iosif Stalin haykali qoʻyildi, u 1958-yilda sanʼat muzeyi hovlisiga koʻchirildi[5][6].

Ilya Repin tomonidan Pavel Tretyakov portreti, 1883-yil

Toʻrt metrli granit haykali tosh tagkursidan oʻsib chiqqandek taassurot uygʻotadi. Filantrop qoʻllarini koʻkragida bogʻlab turgan holda qatʼiy pozada tasvirlangan. U uzun tugmali palto kiygan. Yodgorlikni yasashga 1961-yilda Kibalnikov tomonidan yaratilgan marmar haykal asos boʻlgan. Haykaltarosh filantropning tasvirini Ilya Repin moʻyqalamiga mansub Pavel Tretyakov portretidan olgan[7][8][9]. Haykaltarosh yodgorlik ustida ishlayotganda P.M.Tretyakovning zamondoshlari I.N.Kramskoy, I.E.Repin, S.M.Volnuxin tomonidan yaratilgan portretlarni oʻrgangan.

  1. Дроздов 2017.
  2. Сингаевский 2018.
  3. Вострышев 2009.
  4. Ирина Красильникова. Гений места. Ленин? Сталин? Третьяков! // Русское искусство : журнал. — 2019. — № 1. — С. 105—106. Архивировано 14 iyul 2019 года.
  5. Невский архив 1999.
  6. Соболевский 1947.
  7. Доронина 2017.
  8. Кожевников 1983.
  9. Памятники монументального искусства Москвы 2016.