Pachka sigaret
„Pachka sigaret“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Kino“ qoʻshigʻi | ||||
„Zvezda po imeni Solnse“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1989 | |||
Yozib olingan | 1988 | |||
Janr | yangi toʻlqin | |||
Davomiyligi | 4:29 | |||
Leybl | General Records | |||
Matn muallif(lar)i | Viktor Soy | |||
Bastakor(lar) | Viktor Soy | |||
„Zvezda po imeni Solnse“ xronologiyasi | ||||
|
„Pachka sigaret“ (ruscha: Пачка сигарет, yaʼni „Papiros pachkasi“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1989-yil eʼlon qilingan ayni nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Pachka sigaret“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh xonandasi Viktor Soy yozgan.
Rejissyor Sergeya Lisenkoning soʻzlariga koʻra, Soyga qoʻshiqni yozish fikri 1986-yilda „Kones kanikul“ qisqa filmini suratga olish davomida kelgan[1]. Pirovardida qoʻshiqning toʻliq versiyasi 1988-yil Olmaota shahrida, „Igla“ filmini suratga olish jarayonida yozilgan.
Dastlab „Zvezda po imeni Solnse“ albomini „Pachka sigaret“ deb nomlash rejalashtirilgan boʻlgan, ammo Soy guruhga „Zvezda po imeni Solnse“ qoʻshigʻini taqdim etib, albom nomini oʻzgartirishni taklif qilgan.
„Zvezda po imeni Solnse“ albomi jamoatchilikka eʼlon qilinishidan oldin unga kiritilgan ashulalarni eshitib koʻrgan tanqidchilar turli fikr bildirishgan[2]. Tandiqchi Artemiy Troitskiy albomdagi ayrim kompozitsiyalar aranjirovkasi uncha oʻxshamaganini, ammo „Pachka sigaret“ qoʻshigʻi ajoyib chiqqanini xulosa qilgan.
Bugunga qadar bir necha xonanda va guruh, jumladan, qoʻshiqchi Sergey Shnurov hamda „Vopli Vidoplyasova“, „Dorevolyutsionniy Sovetchik“, „Legalniy Bizne$$“ guruhlari „Pachka sigaret“ qoʻshigʻini kaver qilgan va unga parodiyalarni kuylagan. „Nashe radio“ radiokanali XX asrda yozilgan 100 ta eng yaxshi rus rok qoʻshiqlarini aniqlash uchun oʻtkazgan soʻrov natijasida tuzilgan roʻyxatga „Gruppa krovi“, „V nashix glazax“, „Zvezda po imeni Solnse“ hamda „Vosmiklassnitsa“ qoʻshiqlari bilan bir qatorda „Pachka sigaret“ qoʻshigʻi ham kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ; Марьяна ЦойВиктор Цой. Стихи, документы, воспоминания. Ленинград: Новый Геликон, 1991. ISBN 5-85-395-018-5.
- ↑ Калгин, Виталий. Виктор Цой. Москва: Молодая гвардия, 2015. ISBN 978-5-235-03751-9.