Kontent qismiga oʻtish

Panbari masjidi

Koordinatalari: 26°09′18″N 90°03′17″E / 26.15500°N 90.05472°E / 26.15500; 90.05472
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Panbari masjidi/Rangamati masjidi
Masjidning yozgi koʻrinishi
Mamlakat  Hindiston
Koordinatalar 26°09′18″N 90°03′17″E / 26.15500°N 90.05472°E / 26.15500; 90.05472
Masjid turi jome masjidi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Asoschi Alauddin Husaynshoh
Binokorlik 14931519
Hajmi 150 kishi
Gumbazlar soni 3
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Tarixiy Panbari masjidi yoki Rangamati masjidi Hindiston shimoli-sharqidagi mashhur masjid boʻlib, Hindistonning Assam shtatidagi eng qadimiy masjid hisoblanadi[1][2][3]. Masjid 17-sonli milliy avtomagistralda, Panbari va Rangamati yaqinida, Dhubri shahridan taxminan 25 km sharqda joylashgan. XV-XVI asrlarda qurilgan uch gumbazli masjid Bengal sultonligining buyuk meʼmoriy yutuqlarining ajoyib namunasidir.

Panbari masjidi, Assam

Masjid Bengal sultoni Alauddin Husaynshoh tomonidan 1498-yilda Kamataning zabt etilish gʻalabasini nishonlash maqsadida bunyod etilgan deb hisoblaniladi. Biroq, masjid tarixining aniq tafsilotlari noaniq va qurilishning taxminiy sanasi milodiy 1493 va 1519-yillar oraligʻiga toʻgʻri keladi[1][4][5]. Boshqa tomondan, masjid qurilishini 1662-yilda Assamga bostirib kirishi chogʻida Bengaliyaning Boburiylar sulolasi gubernatori Mir Jumla II ga bogʻlovchi kamroq tarqalgan nazariya ham mavjud[1]. Majmua ichidagi hayitgoh va chuqur quduq masjid bilan bir vaqtda qurilgan deb hisoblaniladi. Keyinchalik keng asfaltlangan hovli va minora qurilgan[6].

Aytishlaricha, keyinchalik masjid qalin oʻrmon bilan oʻralgan va foydalanishga topshirilgan. 1928-yilda qishloq aholisidan bir kishi oʻtin terib ketayotganda Rangamati tepaliklarida bir nechta minoralarni koʻrib qoladi. Keyin bu xabar Dakkaning Navabi hududiga qadar yetib boradi, hatto bu masalani tekshirish uchun maxsus guruh yuboriladi va ular binoning mavjudligini tasdiqlashadi[1].

Panbari masjidining ichki koʻrinishi

Koch hukmdorlari davrida Rangamati hududi juda obod joy boʻlgan. Bu Koch hukmdorlarining chegara posti hisoblangan. Bengal sultonlari va Boburiylarning bosqinchi armiyasi Rangamati qal’asidan ham foydalangan. Bu hudud, baʼzilarning fikricha, Alauddin Husaynshohning qarorgohi ham boʻlgan. Masjid esa musulmon askarlari tomonidan namozxona sifatida foydalanilgan[7].

Taxminan 200 yil oldin bu joyning mahalliy aholisi masjid binosini „Panbari Pahar“ da qalin barglar ostidan topib olgani aytiladi. Ular bu yerni tozalab, u yerda namoz oʻqishga kirishadilar. Bugungi kunda „Panbari Pahar“ muqaddas joy sifatida tanilgan va masjid Gʻarbiy Assam xalqi uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi. Togʻlarning goʻzalligi oʻzining boy florasi, noyob joylashuvi va arxeologik ahamiyati bu masjidni Hindistonning muhim sayyohlik joyiga aylanishini taʼminlaydi. Soʻnggi paytlarda masjid yaqinida gʻishtdan yasalgan plintlar, terakotadan tayyorlangan qadimiy buyumlar va xazinasida turfa tangalar bo‘lgan shaharcha topilgan boʻlib, ular taxminan Boburiylar sulolasi davriga tegishli ekanligi aniqlangan. Masjid ichida bir vaqtning oʻzida 150 nafarga yaqin inson namoz oʻqiy oladi.

Panbari masjidi gumbazlari

Masjid imomi va boshqa xodimlarni tayinlaydigan mahalliy organ, Panbari masjidi boshqaruv qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi. Imomlik, imom namozini oʻqish kabi turli diniy xizmatlar ayni tayinlangan shaxs tomonidan bajariladi. Masjidning xarajatlari har xil xayr-ehsonlar hisobidan qoplaniladi. Masjid Gʻarbiy Assam jamiyati orasida alohida oʻrin tutganligi sababli, odamlar dini, tabaqasi va eʼtiqodidan qatʼiy nazar, turli xayriyalarni amalga oshiradilar.

Iyd ul-Fitr va Iyd ul-Adha kabi har yili oʻtkaziladigan islom bayramlari davomida bu masjid oʻzgacha koʻrinishga ega boʻladi. Masjidga mamlakatning turli hududlaridan minglab odamlar tashrif buyurishadi. Bu yerga nafaqat Hindistondan, balki Angliya va Yaponiyadan ham musulmonlar kelishadi. Odatda masjidda boshqa doimiy oʻqiladigan namozlardan tashqari haftalik juma kuning peshin Juma namoziga ham yuzlab odamlar yigʻiladi.

Transport qatnovi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 17-sonli milliy avtomagistralda joylashganligi sababli, Guvahati, Dhubri va Kuch Bexardan muntazam ravishda avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi – Fakiragram (30 kilometr) va eng yaqin aeroport – Rupsi aeroporti (21 kilometr) hisoblanadi. Masjid Brahmaputradan (8 kilometr) ham uncha uzoq boʻlmagan hududda joylashgan.

Hukumat eʼtibori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston Madaniyat vazirligi arxeologik tadqiqoti ushbu hududning yodgorliklarini saqlab qolish uchun bir qator choralar koʻrgan[5]. Biroq mahalliy aholi hukumatning qilayotgan ishlaridan mamnun emas va masjidga koʻproq e’tibor berilishini talab qilmoqda.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Rupkamal. „A forgotten chapter of history – Panbari mosque“. Its my northeast (2011-yil 3-iyun). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-dekabr.
  2. „Panbari Tourism, Assam India, Mosque of Assam, Panbari Mosque, East India Tours, Alamganj in Panbari, Mughal City of Assam, Assam Tours“. Indiainfoweb.com. 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-dekabr.
  3. „Dhubri - District in Assam, Indi“. Gloriousindia.com. Qaraldi: 2012-yil 26-dekabr.
  4. Ashiqure Rahman, A. F.. „Historic Panbari Masjid losing its glory“. The Assam Tribune (2011-yil 10-iyul). 2011-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. 5,0 5,1 Sharma, Bijoy K. R.. „ASI slammed over mosque neglect“. The Telegraph (2012-yil 18-yanvar). 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  6. TwoCircles.net Two Circles+ Add Contact. „Panbari Masjid in Dhubri, the oldest masjid in N-E India Photo by wap.indyarocks.com | Flickr - Photo Sharing!“. Flickr. Qaraldi: 2012-yil 26-dekabr.
  7. Rangamati Mosque, INDIA the pristine beauty