Kontent qismiga oʻtish

Paragenezis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Paragenezis (para... va genezis), minerallar paragenezisi — hosil boʻlish sharoiti umumiyligi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan va Yer poʻstida qonuniyatli birga uchraydigan minerallar. "P."terminini 1849-yil I. Breytgaupt taklif qilgan. "P." tushunchasi 1920-yillarda V. I. Vernadskiy asarlarida rivojlantirildi.

Paragenetik assotsiatsiya ni shakllantiruvchi minerallar mineral hosil boʻlishidagi davomiyligi turlicha boʻlgan vaqt ichida va har xil fizik-kimyoviy va termodinamik sharoitlarda kechuvchi birorta tabiiy jara-yonning rivojlanishi natijasida vu-judga keladi. Koʻp hollarda, minerallarning birgina paragenetik assotsiatsiyasining oʻzida birorta mi-neralning turli vaqtda hosil boʻlgan alohida boʻlaklari kuzatiladi. Turli yoshdagi bunday minerallar ularning generatsiyasi deyiladi. Kimyoviy muhit, uning geologik rivojlanishi, termodinamik sharoitlar va boshqa minerallar parageneziyasini belgilovchi muhim omillar hisoblanadi. Oʻxshash sharoitlarda vujudga kelgan minerallar paragenetik qatorlar ni hosil qiladi. Bular turli konlarda krnuniyatli takrorlanadi. Minerallarning shunday katorlariga magmatik togʻ jinslari, pegmatitlar, kimberlitlar, gidrotermal ruda tomirlari, rangli metallar rudasi konlari zona-sidagi minerallar assotsiatsiyasi misol boʻladi.

Minerallar parageneziyasi minerallar hosil boʻlishida ishtirok etuvchi elementlar paragenezisi bilan uzviy bogʻliq. P.ni oʻrganish foydali qazilmalarni izlashda katta amaliy ahamiyati bor, chunki assotsiatsiyada bir mi-neralning uchrashi yoʻldosh mineralning borligidan darak beradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil