Kontent qismiga oʻtish

Paraproktit

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Paraproktit
Anorektal hududning yallig'lanishi

Paraproktit (para… va yun. proktos — orqa chiqaruv teshigi) — to‘g‘ri ichak atrofidagi yog‘ kletchatkasining yiringli yallig‘lanishi. O‘tkir paraproktitning teri osti, shilliq qavat osti, quymichto‘g‘ri ichak, chanoq-to‘g‘ri ichak va to‘g‘ri ichak orqasi paraproktitlari tavofut qilinadi.

Etiologiyasi va patogenezi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paraproktit odatda aralash infeksiya (koʻpincha ichak tayoqchasi, enterokokk yoki anaerob mikroflorasi) tufayli paydo boʻladi. Infeksiya toʻgʻri ichak atrofidagi yogʻ qavatiga chiqaruv kanali shilliq qavati shikasti orqali yalligʻlangan bavosil tugunchalaridan yoki chot terisi shikastlanishi bilan bogʻliq holda oʻtadi; paraproktitning paydo boʻlishida shilliq qavat morgan kriptalarning shikastlanishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Surunkali qabziyat, toʻgʻri ichakning yalligʻlanishi ham kasallikni keltirib chiqaradi. Tasnifi. Teri osti, shilliq qavat osti, quymich-toʻgʻri ichak, chanoqtoʻgʻri ichak va toʻgʻri ichak orqasi paraproktitlari farqlanadi.

Patologik-anatomik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paraproktit yuz berganda toʻqimalar shishining yiringli infiltratsiyasi kuzatiladi. Yiring toʻgʻri ichak va orqa chiqaruv teshigi atrofidagi biriktiruvchi yumshoq toʻqimalarga tezlik bilan

tarqaladi. Nekrozlashgan toʻqimalar odatda yoqimsiz hid chiqaradi. Jarayon chanoq diafragmasi ustida tarqalib, kichik chanoqda toʻgʻri ichak orqasi abssesslari paydo boʻlishi bilan kechadi.

Klinik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir yiringli paraproktit ogʻir klinik manzara bilan kechadi. Bemor qattiq loʻqillab ogʻrishni, defekatsion qiynalishni boshidan kechiradi. Kasallik yuqori harorat (39-40°C) et uvishishi bilan kechadi. Teri osti paroproktiti holatlarida orqa chiqaruv teshigi sohasida qizarish, shish va infiltrat paydo boʻlib, dumba, koʻpincha chot sohasiga tarqaladi. Toʻqimalarning yiringli infiltarsiyasi tezda avj olib, chayqalish paydo boʻladi. Agar jarayon quymich yaqinida kechayotgan boʻlsa, mahalliy simptomlar kamroq ayon boʻladi va kasallikning oʻzi intoksikatsiya bilan kechadi. Agar abssess toʻgʻri ichak devori yaqinida rivojlansa, rektal tekshirib koʻrilganda shilimshiq moddalar shishini, infiltratsiyani, qattiq ogʻriqni aniqlasa boʻladi. Abssesslar oʻz-oʻzidan ichakka yoki sirtga teshib oʻtishi mumkin. Agar bu hoi yuz bersa, operatsiyasiz bitmaydigan toʻgʻri ichak oqmalari paydo boʻladi. Bunday hollarda kasallik surunkali tus oladi. Anaerob paraproktit ogʻir fiegmonoz yalligʻlanish turi boʻyicha oʻtadi.

Differensial diagnozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orqa chiqaruv teshigining yorilishidan, to‘g‘ri ichakning vena tomirlari yallig‘lanishidan, ichak atrofidagi surunkali fistula (oqma yara) dan, ichak o‘smalaridan, o‘tkir kulunjdan farqlash kerak[1].

27 yoshli erkakning perineum qismida (o'ngda) paraproktitni jarrohlik yo'li bilan davolashdan keyin chandiq ko'rinadi.

Toʻgʻri ichak atrofidagi yogʻ qavati flegmonasida yoki abssessida oshigʻich jarrohlik yoii bilan davolash tavsiya etiladi. Odatda, operatsiya koʻktomimi ogʻriqsizlantirish yoki umumiy ogʻriqsizlantirish bilan amalga oshiriladi. Kesmalar toʻgʻri ichakning tashqi sfinkteridan 1,5-2 sm uzoqlikda oʻtkaziladi (bunda oʻta ehtiyotkorlik talab qilinadi). Kesmalar radial, yoysimon yoki burchak shaklida boʻlishi mumkin, ular pararektal boʻshliqni drenaj qilishni taʼminlashi lozim. Yiringli boʻshliq boʻshatilishidan tashqari, paraproktitning ichi (birlamchi), teshigi ham

yoʻq qilinishi kasallikning surunkali dardga aylanishining oldini oladi. Yiringli boʻshliq vodorod peroksidi, 0,02 foizli xlorgeksidin eritmasi bilan yuviladi. Anaerob paraproktitda nekrotik toʻqimalarni kesib tashlash bilan keng yorishlar oʻtkaziladi; giperbarik oksigenatsiya ham tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyingi davrda najasni toʻxtatib turish uchun 3-4 kun

kamtarona parhez belgilanadi. Ogʻriqni qoldiruvchi vositalar, antibiotiklar, introfuran preparatlar, proteolitik fermentlar, kaliy permanganat eritmali vannalarni oʻtirgan holda qabul qilish keng qoʻllanadi[2].

  1. Ergashev U.Y.. Xirurgik kasalliklar 212-bet. ToshTA 2020. 
  2. Oripov O.. Umumiy xirurgiya 381-bet. Yangi asr avlodi 2008.