Kontent qismiga oʻtish

Parlament tadqiqotlari axborotnomasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Parlament tadqiqotlari axborotnomasi
pri_journal.png
Sohasi Yuridik va siyosiy ilmiy-amaliy jurnal
Davriyligi Har chorakda bir
Tili oʻzbek, rus va ingliz
Tahririyat manzili 100066, Toshkent shahri, Furqat koʻchasi, 171-uy.
Bosh muharrir Akrom Toshpulatov
Muassislar 1
Nashriyot (mamlakat) Parlament tadqiqotlari institute nashriyoti (Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston)
Nashr tarixi 4 ta
Qachon asos solingan: 2023-yil 26-iyul
Hajmi 64 bet
Adadi 200
ISSN2181-3361

Veb-sayti: https://pri.oliymajlis.uz


Parlament tadqiqotlari axborotnomasi (inglizcha: Bulletin of Parliamentary Research, ruscha: Бюллетень парламентских исследований) yuridik va siyosiy ilmiy-amaliy jurnali Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2023-yil 26-iyulda №106980-sonli guvohnoma [1] bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2023-yil 31-oktyabrdagi 345-sonli qarori[2] bilan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxati”ga kiritilgan. Mualliflik huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutiga tegishli.

Davriy nashrning asosiy maqsadi – parlament tadqiqotlari, norma ijodkorligi va parlamentarizm sohalaridagi yuridik va siyosiy ilmiy-amaliy tadqiqot materiallari, ilmiy, milliy hamda xorijiy qonunchilikning qiyosiy tahlilini oʻz ichiga olgan maqolalarni keng yoritib borish orqali mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunlarning ilmiy asoslarini mustahkamlash hamda parlament faoliyatining samaradorligini oshirishdan iborat. Jurnal yiliga 4 (har chorakda bir) marta chop etiladi.

“Parlament tadqiqotlari axborotnomasi” jurnalining Tahrir kengashi tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rasm F.I.O. Lavozimi
1. Ismoilov Nuriddin Moʻydinxonovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasinig Spikeri
2. Saidov Akmal Xolmatovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasinig Spikerining birinchi oʻrinbosari
3. Xakimov Raxim Rasuljonovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi o’rinbosari
4. Fayl:- Eshmatova Feruza Farxodovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)
5. Fayl:- Rustambekov Islombek Rustambekovich Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b.

“Parlament tadqiqotlari axborotnomasi” jurnalining Tahrir hay’ati tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rasm F.I.O. Lavozimi
1. Fayl:- Zulfiqorov Sherzod Xurramovich Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti prorektori, yuridik fanlari doktori (DSc), professor
2. Fayl:- Bekov Ixtiyor Rustamovich Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitusiyaviy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori (DSc), professor
3. Fayl:- Narimonov Bekzod Abduvaliyevich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari, yuridik fanlari doktori (DSc)
4. Fayl:- Xayitov Xushvaqt Saparbayevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori (DSc), professor
5. Fayl:- Musayev Bekzod Tursunbayevich Toshkent davlat yuridik universiteti dekani, yuridik fanlari doktori (DSc), professor
6. Fayl:- Ismoilov Shuxratjon Abdusaminovich Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori (DSc), dotsent
7. Fayl:- Akilov Alimjon Raximovich Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, yuridik fanlari doktori
8. Fayl:- Davlyatov Valisher Xakimjanovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktori oʻrinbosari, yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent