Pavel Ivanov (tarixchi)
Pavel Ivanov | |
---|---|
Tavalludi |
28-fevral 1893-yil Pesyano,Ishim tumani, Tobolsk (hozirgi Tyumen viloyati) |
Vafoti | 3-fevral 1942 va 1942 |
Kasbi | Sharqshunos |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Pavel Petrovich Ivanov (1893-1942) — sharqshunos, tarix fanlari doktori[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1893-yil 28-fevralda Tobolsk viloyati (hozirgi Tyumen viloyati) Ishim tumanidagi Pesyano qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1907-yilda otasi oilasini olib Chimkentga koʻchib oʻtgan. P.P. Ivanov 1910-yilda Chimkentdagi shahar maktabni tugatgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1916-yilda Ivanov harbiy xizmatga chaqirilgan. 1916-1917-yillarda Toshkent harbiy bilim yurtida oʻqigan, shundan soʻng 1917-yilda frontga joʻnatilgan. Fevral inqilobi kunlarida inqilobiy qoʻmita kotibi boʻlgan.
1919-1924-yillarda Turkiston Sharqshunoslik institutining Eron boʻlimida tahsil olgan.
1929-yilda Leningrad Sharqshunoslik institutiga Oʻrta Osiyo tarixi va iqtisodiy geografiyasi kafedrasi dotsenti lavozimiga taklif qilingan. Shu yili Leningrad davlat universitetida dars berishni boshlagan.
P.P.Ivanov ilmiy faoliyatining dastlabki yillarida asosan Oʻrta Osiyo arxeologiyasiga katta qiziqish bildirgan. Keyinchalik esa, Oʻrta Osiyo oʻrta asrlar tarixini oʻrganishni boshlagan[2]. Izlanishlari va tadqiqotlari asosida Buxoro va Xiva tarixiga oid qator ilmiy ishlar, maqolalar nashr ettirgan.
1934-yildan SSSR Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutining katta ilmiy xodimi lavozimida ishlagan, shuningdek Oʻrta Osiyo va qoʻshni mamlakatlar tarixiga oid yozma manbalarning tarjimalarini nashr etishda davom etgan.
1935-yilda Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti Ilmiy kengashining qaroriga asosan „Qoraqalpoqlar tarixi ocherki“ uchun P.P.Ivanovga tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Ilmiy kengashining 1941-yil 24-noyabrdagi qaroriga asosan „XIX asr Xiva xonlari arxivi“ mavzusidagi dissertatsiyasi uchun P.P.Ivanovga tarix fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan.
P. P. Ivanov asarlari Rossiyada XVI—XIX asrlarda Oʻrta Osiyo tarixiga oid yozma yodgorliklarni har tomonlama oʻrganishga asos boʻlib xizmat qilgan.
Pavel Petrovich Ivanov 1942-yil 3-fevralda Leningrad qamalida vafot etgan.
Asosiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qoraqalpoqlar tarixiga oid materiallar. Toʻplam / nashrning muharriri A. N. Samoylovich. M.; L.: SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1935. 299 b. (SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti materiallari. VII.)
- Ivanov P. P. Seyid-Muhammed Xiva xoni (1856-1865)ning „Maʼlum yerlari“ // SSSR Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining eslatmalari. VI. L.: SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1937. S. 27-59.
- Ivanov P.P. 1821-1825-yillar Buxoro xonligidagi xitoy-qipchoqlar qoʻzgʻoloni. Ularning tadqiqot manbalari va tajribasi / Boshqaruvchi muharrir A. N. Samoylovich. M.; L.: SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1937. 131 b. (SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti materiallari. XXVIII.)
- Turkmanlar va Turkmaniston tarixiga oid materiallar. II jild. 16-19-asrlar Eron, Buxoro va Xiva manbalari / V. V. Struve tahriri ostida. A. K. Borovkov, A. A. Romaskevich va P. P. Ivanov. Boshqaruvchi muharrir A. K. Borovkov. M.; L.: SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1938. 700 b. (SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti materiallari. XXIX.)
- Ivanov P. P. Qozoqlar va Qoʻqon xonligi (19-asr boshlarida ularning oʻzaro munosabatlari tarixi haqida.) // SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti eslatmalari. VII. L.: SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1939. S. 92-128.
- Ivanov P. P. Xiva xonlari arxivi. 19-asr Markaziy Osiyo tarixining yangi manbalari. // SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti eslatmalari. VII. L.: SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1939. S. 5-26.
- Ivanov P. P. Qoraqalpoqlar haqida yangi maʼlumotlar. Tarixiy eslatmalar // Sovet Sharqshunosligi. III. M.; L.: SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1945. S. 59-79.
- Ivanov P. P. 18-asrning ikkinchi yarmida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston. / E. I. Serovaning soʻzboshi va nashri // Leningrad qamalidagi sharqshunoslarning materiallari (1941-1944). Moskva: Sharq adabiyoti, 2011, 134-150-betlar.
- B. Lunin, P. P. Ivanov // Oʻzbekistonda ijtimoiy olimlarning bio-bibliografik ocherklari. T., 1976. 278-280-betlar.
- Yakubovskiy A. Yu. Pavel Petrovich Ivanov Oʻrta Osiyo tarixchisi sifatida // Sovet Sharqshunosligi. L, 1948. S. 313-320.