Kontent qismiga oʻtish

Paxtaarna kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paxtaarna kanaliQoraqalpogʻiston Respublikasidagi qadimgi tuproq, oʻzanli kanal. Uzunligi 27,6 km, tubining kengligi 20–28 m, chuqurligi 3,3—4,3 m, kanal boʻyi dambasining kengligi 2–10 m. Suv oʻtkazish qobiliyati 80 m³/s Amudaryodan suv oladi. Hozirgi suv olish inshooti 1957-yilda barpo etilgan shandorli toʻsiqlar bilan taʼminlangan 5 koʻzli (har birining eni 3 m) temir-beton toʻrtburchak quvurlardan iborat. Tuyamoʻyin GES darvozasidan 30 km (daryoning chap sohilidagi Toshsoqa kanalining bosh inshootidan 1 km) quyida, qirgʻoqdan 4,5 km uzoqlikda joylashgan. Daryodan suv kanalga uzatish oʻzani orqali yetkazib beriladi. Kanaldan suv 5 ta suv chiqargich (Buzyob, Amirobod, Bogʻyoob va boshqalar) va 30 ga yaqin nasoslar yordamida taqsimlash kanallari va ariqlarga uzatiladi.

Amudaryoning Tuyamoʻyin gidrouzelidan Qoratovgacha boʻlgan oʻng sohili — Toʻrtkoʻl tumanida 37,1 ming ga, Beruniy tumanida 7,01 ming ga ekinzorlar Paxtaarna kanalidan sugʻoriladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil