Kontent qismiga oʻtish

Pemza

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pemza (lotincha: „pumex“ — gʻovak) — nordon vulkan shishasinnng sergʻovak (gʻovakligi 60-70%dan baland) turi. Tarkibida koʻpincha boshqa turli kristalli donachalar (plagioklaz, kvars, piroksen va boshqalar) qoʻshilgan boʻladi. Strukturasi kichik va katta govaklilarga, teksturasi esa tolali, uyali, koʻpikli, qavariqlilarga ajratiladi. Tarkibida FeO va Fe2O3 miqdoriga qarab rangi oq va zangoridan sariq, toʻq qizil, qoragacha oʻzgaruvchan boʻladi. Qattiqligi 5-6,5, zichligi 2000–2300 kg/m3, hajmiy ogʻirligi 400-900 kg/m3. Kimyoviy jihatdan inert, oʻtga chidamli, 1300-1400° temperaturada yumshaydi. Pemza yogʻoch, tosh va metallarga abraziv ishlov berishda, kimyo sanoatida filtr va katalizatorlar tayyorlashda, neftni qayta ishlash sanoatida, nitroglitserinli portlovchi moddalar sezgirligini oshirish uchun qoʻshimcha sifatida, shisha va yaltiroq boʻyoqlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil