Petr Koukal
Petr Koukal | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumoti | |
Mamlakat | Chexiya |
Tavalludi |
14-dekabr 1985-yil Hořovice, Chexiya Respublikasi |
Boʻyi | 1.92m |
Vazni | 90kg |
Erkaklar yakkaliklari | |
Eng yuqori reyting | 38 (23-sentabr 2010) |
Joriy reyting | 87 (17-noyabr 2016) |
Petr Koukal (chex talaffuzi: [ˈpɛtr̩ ˈkoukal]; 1985-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — chexiyalik professional badmintonchi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koukal badminton bilan 1993-yilda, Hořovicedagi otasiga qarashli klubda shugʻullana boshlagan va 2000-yilda xalqaro turnirda debyut qilgan[1]. 2003-yilda u milliy terma jamoaga qoʻshilish uchun tanlandi va oʻsha yili milliy chempionatda Markéta Kudelkova bilan hamkorlikda aralash juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi. 2016-yilgacha Koukal 9 ta mamlakat chempionligini toʻplagan boʻlib, ulardan 8 tasi erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslaridagi gʻalabalardan iborat edi[2]. Koukal Pekindagi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan[3].
2010-yilda Koukalga moyak saratoni tashxisi qoʻyildi va muvaffaqiyatli terapiya oʻtkazildi[4]. U 2011-yilda Chexiyaning Brno shahrida Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan. 2012-yil iyul oyida Chexiya Olimpia qoʻmitasi Koukalni 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Chexiya terma jamoasi bayroqdori lavozimiga tanlaganini eʼlon qilib, uni ogʻir kasallikdan tuzalib, yuqori darajadagi muvaffaqiyat bilan musobaqalarga qaytishida sportning rolini misol qilib keltirdi[5][6].
2016-yilda Petr Koukal oʻzining jamgʻarmasi orqali moyak saratoni bilan ogʻrigan erkaklarga hamdardligi va yordami uchun Hanno R. Ellenbogen fuqarolik mukofotining ikkinchi darajali qabul qiluvchisi sifatida taqdirlandi. U 2016-yil may oyida chexiyalik biatlonchi Gabriela Soukalova bilan turmush qurdi[7]; ular 2020-yil oxirida ajrashishdi. Koukal yozgi Olimpiada oʻyinlarida uch tomonlama komissiya taklifi bilan uchinchi marta ishtirok etdi[8].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]BWF Grand Prisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]BWF Grand Prisi ikki darajaga ega: Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu 2007-yildan beri Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) tomonidan tasdiqlangan badminton turnirlari seriyasidir.
Erkaklar yakkalik
Yil | Turnir | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
2014 | AQSh Grand Prisi | Hsu Jen–hao | 19–21, 21–19, 8–21 | Ikkinchi oʻrin |
- BWF Grand Pri Oltin turnirlari
- BWF Grand Pri turnirlari
BWF xalqaro musobqalari/seriyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklar yakkalik
Yil | Turnir | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
2011 | Chexiya xalqaro turniri | Pjemyslav Vacha | 19–21, 16–21 | Ikkinchi oʻrin |
2011 | Slovakiya ochiq turniri | Hubert Pachek | 21–11, 21–15 | Gʻolib |
2009 | Chexiya xalqaro turniri | Dmitriy Zavadskiy | 21–17, 21–19 | Gʻolib |
2007 | Islandiya xalqaro turniri | Marko Vaskonselos | 21–17, 21–16 | Gʻolib |
2007 | Turkiya xalqaro turniri | Xans–Kristian Vittingus | 21–23, 15–21 | Ikkinchi oʻrin |
2007 | Le Volant d’Or de Tuluza | Pjemyslav Vacha | 13–21, 17–21 | Ikkinchi oʻrin |
2007 | Hatzor xalqaro turniri | Sho Sasaki | 15–21, 16–21 | Ikkinchi oʻrin |
2006 | Le Volant d’Or de Tuluza | Ville Lang | 18–21, 15–21 | Ikkinchi oʻrin |
2004 | Litva xalqaro turniri | Rafal Xovel | 15–3, 13–15, 4–15 | Ikkinchi oʻrin |
Aralash juftliklar
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2004 | Litva xalqaro turniri | Martina Benesova | Stanislav Kohoutek Akvilė Stapusaitytė |
15–3, 15–13 | Gʻolib |
- BWF xalqaro musobaqasi turnirlari
- BWF xalqaro seriyasi turnirlari
Boshqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2006-yil — Ispaniya xalqaro turniri: erkaklar oʻrtasidagi yakkalik (chorak final)
- 2006-yil — Avstriya xalqaro turniri: erkaklar oʻrtasidagi yakkalik (chorak final)
- 2006-yil — Avstriya xalqaro turniri: Aralash juftliklar (chorak final)
- 2005-yil — Vengriya xalqaro turniri: erkaklar oʻrtasidagi yakkalik (yarim final)
- 2005-yil — Babolat Slovak xalqaro turniri: erkaklar oʻrtasidagi yakkalik (yarim final)
- 2005-yil — Babolat Slovak xalqaro turniri: Aralash juftliklar (yarim final)
- 2003-yil — Sloveniya xalqaro turniri: Aralash juftliklar (chorak final)
- 2003-yil — Slovakiya xalqaro turniri: Aralash juftliklar (chorak final)
- 2003-yil — Chexiya xalqaro turniri: Aralash juftliklar (chorak final)
- 2003-yil — Sofiisk Imoti OAJ Bolgariya xalqaro turniri: Aralash juftlik (yarim final)
- 2002-yil — Slovakiya xalqaro turniri: Aralash juftliklar (chorak final)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Players: Petr Koukal“. Badminton World Federation. Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
- ↑ „Czech Republic: Cesky Badmintonovy Svaz“. Badminton Europe. Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
- ↑ „Petr Koukal: "When I think back to carrying the flag in London, I still get goosebumps."“. International Olympic Committee. Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
- ↑ „Badminton: Petr Koukal overcomes cancer to compete at London 2012“. The Independent. 26-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
- ↑ Michal Osoba. „Odtajněno: českou vlajku v Londýně ponese badmintonista Koukal“ (cs). Právo (3-iyul 2012-yil). Qaraldi: 3-iyul 2012-yil.
- ↑ „Badmintonista Koukal porazil rakovinu a bude vlajkonošem olympijské výpravy“ (cs). Czech Olympic Committee (3-iyul 2012-yil). 11-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2012-yil.
- ↑ „Sportovní svatba roku: Koukal a Soukalová se tajně vzali“ (cs). iDNES.cz. Qaraldi: 22-mart 2018-yil.
- ↑ „Trio Get Rio 2016 Tripartite Places“. Badminton World Federation. Qaraldi: 22-mart 2018-yil.