Pilla naslchilik xoʻjaligi
Pilla naslchilik xoʻjaligi — naslli va sanoatbop tut ipak qurti tuxumlari olishga moʻljallangan pilla yetishtiradigan xoʻjaliklar. Pilla naslchilik xoʻjaligix.da pilladan tashqari tut urugʻi, tut ni-holi va koʻchatlari ham yetishtiriladi. Pilla naslchilik xoʻjaligix.da yetarli ozuqa bazasiga ega boʻlish uchun tutzorlar, maxsus zarur asbob-uskuna va isitish vositalari bilan jihozlangan inkubatoriy va kurtxonalar tashkil etiladi, ipak kurtining pebrina kasalligidan xoli boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi, taj-ribali mutaxassislar va qurt boquvchilar bilan taʼminlanadi. Pilla naslchilik xoʻjaligix.ga ipak kurti zavodlari (qarang Ipak kurti tuxumi zavodi) va naslchilik styalari agronomlari va mutaxassislari agrozootexnika xizmati koʻrsatadi. Bunday xoʻjaliklarda yetishtiriladigan pilladan pilla naslchilik styalarida (qarang Ipakchilik stansiyasi) superelita va elita tuxumlari, urutchilik zavodlarida esa sanoatbop duragay tuxumlar tayyorlanadi.
Oʻzbekistonda 10 ta Pilla naslchilik xoʻjaligix. (shirkatlar) bor (2003).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |