Kontent qismiga oʻtish

Piskom piyozi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Piskom piyozi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Bor urugʻpallalilar
Turkum: Piyoz
Oila: Piyozdoshlar
Binar nomi
Allium pskemense

Piskom piyozi (lotincha: Allium pskemense)— bir urugʻpallalilar sinfi, piyozdoshlar oilasi, piyoz turkumiga mansub ko‘p yillik, gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol, Ugom, Piskom va Qurama tog‘ tizmlarida uchraydi[1].

Balandligi 60-120 sm gacha yetadigan koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Piyozchasining tuxumsimon, diametri 6-7 sm, usti yupqa qoʻngʻir qobiq bilan oʻralgan. Poyasi 3-7 dona yogʻon, shishgan, uzunligi 40 sm ga yetadi. Barglari silindrsimon, uchi toraygan, qalinligi 2-3 sm poyasidan ikki barobar qisqa. To‘pguli sharsimon shakldagi oddiy soyabon, diametri 7-10 sm. Gullari ikki jinsli. Gultojibarglari olti dona, oq tusda. Gulqoʻrgʻoni yulduzsimon shaklda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyulda gullab, mevasi sentabrda yetiladi. Mevasi uchburchak shakldagi quruq ko‘sak meva. Urug‘i va piyozchasi orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Toshkent viloyati Chotqol, Ugom, Piskom va Qurama tizmalaroda uchraydi. Dengiz sathidan 1200-2000 m balandlikdagi ohaktoshli yerlarda, qoyalar orasida o‘sadi. Mahalliy aholi tomonidan shifobaxshligi sababli yig‘ib olinadi. Urug‘ining hasharotlar tomonidan zaharlanishi, niholining raqobatga bardosh berolmasligi va voyaga yetish vaqtining ko‘pligi sababli soni qisqarib ketgan. Mahalliy aholi o'simlikni tomorqalarida o‘stirishadi bundan tashqari chet el botanika bog‘larida ham uchratish mumkin. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Allium pskemense B. Fedtsch.“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2009.