Piyale posho masjidi
Masjid | |
Cornelius Gurlitt tomonidan 1912-yilda nashr etilgan masjidning kesmalari va rejasi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Beyoğlu tumani, Kasımpaşa mahallasi |
Koordinatalar | 41°02′48″N 28°57′58″E / 41.0466°N 28.966°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Usmonli meʼmorchiligi |
Meʼmor | Xoʻja Sinon |
Binokorlik | 1565—1573 |
Oʻlchami | uzunligi: 30.5 m (100 ft) (namozxona) eni:19.5 m (64 ft) |
Gumbazlar soni | 6 |
Gumbazlar soni | 6 |
Gumbaz yoʻgʻonligi | tashqi qismi: 22.2 m (73 ft) ichki qismi: 9.1 m (30 ft) |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Piyale posho masjidi Vikiomborda |
Piyale posho masjidi (usmonli turkcha: پیاله پاشا جامع, turkcha: Piyale Paşa Camii) – Tersane masjidi (soʻzma-soʻz: kemasozlik masjidi) nomi bilan ham tanilgan XVI asrga oid Usmonli masjidi. Bino Turkiyaning Istanbul shahri, Beyoğlu tumani, Kasımpaşa mahallasida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Piyale posho masjidi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan vazir va buyuk admiral Piyale Mehmed poshoga atab bunyod etilgan. Masjid qurilishi 1565–1573-yillarda amalga oshirilgan[1].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan boshqa masjidlardan farqli oʻlaroq, Piyale posho masjidi oltita bir xil gumbazdan iborat boʻlib, har birining diametri taxminan 9 m (30 ft)ga teng. Istanbulda ana shunday bir nechta gumbazga ega boʻlgan ikkinchi masjid Vasat Atik Ali posho masjidi hisoblanadi. Gumbazlar namozxona markazida bir juft nozik granit ustunlar bilan mustahkamlangan[1]. Masjid minorasi qiblaga qaragan devorlar bilan oʻralgan markaziy qismda bunyod etilgan boʻlib, XIX asrning oʻrtalarida qayta qurilgan. Bino ichki makonining uchta devori atrofida och koʻkish fonda sulus yozuvida oq rangda ishlangan Iznik koshinlari mavjud. Masjidning ichki devorlari dastlab turli bezaklar bilan bezatilgan, ammo keyinchalik oq rangga boʻyalgan. Qibla devorining derazalaridagi vitrajlar masjid dastlab qurilgan paytda mavjud boʻlmagan[1].
Masjidning shimoli-gʻarbida joylashgan gumbazli va sakkiz burchakli maqbarada Piyale posho hamda uning oʻgʻil-qizlari qabri joylashgan. Maqbarada hammasi boʻlib oʻn uchta sarkofag bor. Poshoning rafiqasi Gevherxon Sulton (Selim II ning qizi) erining vafotidan keyin yana turmushga chiqqan va Sofiya ibodatxonasi yonidagi Selim II maqbarasiga dafn etilgan[1].
Parijdagi Louvre[2][3], Lissabondagi Kalouste Gulbenkian[4][lower-alpha 1] hamda Londondagi Viktoriya va Albert muzeyida bir qancha yarim oy shaklidagi bezaklar mavjud[6] boʻlib, ular XIX asrda Piyale posho masjididan olib ketilgan deb taxmin qilinadi[7]. Bezaklar derazalarning pastki qatori yuqori qismida joylashgan boʻlgan. Yana bir ehtimolga koʻra, ushbu bezaklar masjid bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik vayron qilingan kioskdan olib kelingan[8]. Yarim oy shaklidagi ikkita bezaklar hamda mehrobdan keltirilgan boʻlishi mumkin boʻlgan bir juft koshinlar 2004-yilda Christie kim oshdi savdosida sotilgan[9][10].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Piyale posho masjidining tashqi ko'rinishi
-
Piyale posho masjidining tashqi ko'rinishi
-
Piyale posho masjidining tashqi ko'rinishi
-
Piyale posho masjidi galereyalari
-
Piyale posho masjidi galereyalari
-
Piyale posho masjidining umumiy ko'rinishi
-
Piyale posho masjidining muazzin minbariga qaragan ko'rinishi
-
Yon tomondan Piyale Posho masjidining ichki ko'rinishi
-
Piyale posho masjidining mehrobga qaragan ko'rinishi
-
Piyale posho masjidining mehrob qismi detallari
-
Piyale posho masjidining mehrob qismi detallari
-
Piyale posho masjidining mehrob qismi detallari
-
Piyale posho masjidining mehrob qismi detallari
-
Piyale posho masjidining mehrob qismi detallari
-
Piyale posho masjidining mehrob qismi detallari
-
Piyale posho masjidi gumbazlarining ichki qismi
-
Piyale posho masjidi bog'iga kirish qismi
-
Piyale posho masjidi asoschisining qabri
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Necipoğlu 2005.
- ↑ Inv. no. OA 7508, Paris: Musée du Louvre, qaraldi: 10 February 2012.
- ↑ Inv. no. OA 7509, Paris: Musée du Louvre, qaraldi: 10 February 2012.
- ↑ Inv. no. 1598B, Lisbon: Museu Calouste Gulbenkian, 2015-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 12 January 2015.
- ↑ Queiroz Ribeiro 2009, s. 108.
- ↑ Inv. no. 1889:1 to 16-1897, London: Victoria and Albert Museum, qaraldi: 10 February 2012.
- ↑ Denny 2004.
- ↑ Denny 2005.
- ↑ Sale 6895 Lot 326: Two Iznik polychrome pottery tiles, London: Christie’s auction house, 27 April 2004, qaraldi: 10 February 2012.
- ↑ Sale 6895 Lot 241: Two Iznik pottery half tiles, London: Christie’s auction house, 27 April 2004, qaraldi: 10 February 2012.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Denny, Walter B.. Iznik: the artistry of Ottoman ceramics. London: Thames & Hudson, 2004. ISBN 978-0-500-51192-3.
- Denny, Walter B. (2005). "Dispersed Ottoman unified-field tile panels". Benaki Museum Journal 4, 2004: 149–157. ISSN 2407-9502. Archived from the original on 2017-01-18. https://web.archive.org/web/20170118184125/https://courses.marlboro.edu/pluginfile.php/48545/mod_page/content/27/Denny%2C%20Dispersed%20Unified%20field.pdf. Qaraldi: 2023-12-13.Piyale posho masjidi]]
- Necipoğlu, Gülru. The Age of Sinan: Architectural Culture in the Ottoman Empire. London: Reaktion Books, 2005. ISBN 978-1-86189-253-9.
- Queiroz Ribeiro, Maria. Iznik pottery and tiles in the Calouste Gulbenkian collection. Lisbon: Calouste Gulbenkian Foundation, 2009. ISBN 978-972-8848-58-3.