Plakala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Plakala“
KAZKA qoʻshigʻi
„KARMA“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2018-yil 17-may
Janr elektropop
Davomiyligi 3:45
Leybl Mamamusic
Matn muallif(lar)i Sergey Lokshin
Prodyuser(lar) Yuriy Nikitin, Andrey Urenev

Plakala“ – KAZKA guruhining „KARMA“ nomli debyut albomidagi qoʻshiq. Birinchi marta 2018-yil 17-mayda ijro etilgan. Qoʻshiqning soʻzlarini Sergey Lokshin, musiqasini esa Sergey Ermolayev (Ranov) va Andrey Ignatchenko yozgan.

Matni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq matni muallifi Sergey Lokshin „Tantsi“ qoʻshigʻiga koʻproq ishonib, „Plakala“ni muvaffaqiyatli chiqadi deb oʻylamaganligini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqning syujetini real hayotdan olgan. Sergey yigiti bilan janjallashganidan keyin achchiq-achchiq yigʻlayotgan tanishini uchratgan, ammo u 15 daqiqadan soʻng toʻsatdan „Yaxshi, men bu haqida oʻylab koʻraman“ degan soʻz bilan toʻxtagan. U uchrashuvdan soʻng darhol birinchi qator „yigʻlang va toʻxtang“ni yozib qoʻygan[1]:

"Plakala" – bu kuchli qizlar va ayollarning yig'lash va "hayotga qaytish" kabi ajoyib qobiliyati haqidagi hikoya bo'lib, ba'zida kundan-kunga qiyin bo'ladigan vaziyatlar bilan kurashishda davom etish haqida yozilgan. Yolg'iz yosh onada yoki qalbi singan qizda ham bu sehrli jarayon bir xil bo'ladi. Men ushbu holatni matnda tasvirlashga harakat qildim.

— Sergey Lokshin

Rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq musiqa sohasida koʻplab Ukraina rekordlarini yangiladi. Yaʼni, kompozitsiya birinchi marta Ukraina YouTube chartida birinchi oʻrinni egalladi hamda 12 hafta davomida ishonchli tarzda yetakchilikni saqlab qoldi[2]. 2018-yil sentabr holatiga koʻra, „Plakala“ qoʻshigʻi YouTubening ukrain tilidagi segmentida namoyish etilgan videokliplar orasida eng koʻp koʻrilgan boʻlib, 400 milliondan ortiq koʻrishlar soniga ega[3].

2018-yil 26-sentabr holatiga koʻra, qoʻshiq Ukraina va Rossiyada iTunes chartlarida ham birinchi oʻrinni egalladi, shuningdek, Moldovada 2-oʻrin, Qozogʻistonda 3-oʻrin va Bolgariyada 18-oʻrinni oldi[4].

Qoʻshiq Shazam Music Awards mukofotida 12-oʻrinni egalladi va boshqa mamlakatlarda ham koʻplab sovrinlarga sazovor boʻldi[5].

Shuningdek, 2018-yil avgust oyida qoʻshiq Deezer onlayn musiqa xizmatida ukrainalik foydalanuvchilar orasida tez-tez tinglanadigan treklar reytida birinchi oʻrinni egalladi[6]. 2018-yil noyabr oyida „Plakala“ qoʻshigʻi Muz TV rus musiqa telekanalining xit-paradida birinchi oʻrinni egalladi.

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018 Oʻrni
Bolgariya bayrogʻi Bolgariya (PROFON)[7] 1
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi MDH (Tophit)[8] 1
Yunoniston bayrogʻi Gretsiya (IFPI)[9] 48
Rossiya bayrogʻi Rossiya (Russia Airplay)[10] 1
Makedoniya bayrogʻi Shimoliy Makedoniya (Radiomonitor)[11] 7
Ukraina bayrogʻi Ukraina (Ukraine Airplay)[12] 1
Bulgaria Fresh! Top 30[13] 3
TOP-30. Russkiy Krutyak (Муз-ТВ)[14][15][16][17][18] 1

Boshqa sanʼat asarlarida foydalanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil dekab oyida figurali uchish boʻyicha AQSh chempioni Jonni Veyr oʻzining chiqishiga hamrohlik qilish uchun „Plakala“ qoʻshigʻidan foydalangan[19][20].

Plagiat ayblovlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

YOYAning „Reborn“ qoʻshigʻiga oʻxshashligi koʻplab tanqidlarga sabab boʻldi. Musiqa muallifi Sergey Ranov oʻxshashlikni 2014-yilda chop etilgan „The Arabian Trap Man“ toʻplamidan erkin foydalanish mumkin boʻlgan va undan foydalanishni oʻgʻirlik deb hisoblash mumkin boʻlmagan naʼmunadan foydalangan holda tushuntirdi[21].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Syujet pesni ya podsmotrel v realnoy jizni“: intervyu s avtorom megaxita „Plakala“ Sergeem Sedrikom (Wayback Machine saytida 2023-12-25 sanasida arxivlangan), 44.ua 27 sentyabrya 2018 goda.
  2. „Рекорд! Украинский хит впервые набрал более чем 36 млн просмотров на YouTube“ (uk). 2018-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
  3. „KAZKA — ПЛАКАЛА [OFFICIAL VIDEO“] (ru). 2018-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
  4. iTunes Top Songs
  5. „GLOBAL TOP 100 Popular Songs - Shazam Music Charts“ (en). 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.
  6. Пасічник, Яків. „Пісня "ПЛАКАЛА"українського гурту KAZKA вийшла на новий рівень | Golos shoubіzu“ (uk). Golos shoubіzu (2018-yil 18-avgust). 2018-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
  7. „Архив класации | PROFON“. 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  8. KAZKA — Плакала. Tophit. Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.
  9. „Official IFPI Charts – Digital Singles Chart (International) – Week: 18/2019“ (deadlink). IFPI Greece. 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-may.
  10. "Russia Airplay Chart for 2018-12-03." Tophit. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.
  11. „Radiomonitor“. 2018-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  12. "Ukraine Airplay Chart for 2018-09-16." Tophit. Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.
  13. „Fresh! Top 30“. radiofresh.bg (2018-yil 15-oktyabr). 2018-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-oktyabr.
  14. „Русский крутяк недели Выпуск от 10.11.2018 Результаты“ (deadlink). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  15. „Русский крутяк недели Выпуск от 17.11.2018 Результаты“ (deadlink). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  16. „Русский крутяк недели Выпуск от 24.11.2018 Результаты“ (deadlink). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  17. „KAZKA неожиданно стала лидером в российском музыкальном чарте“. 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  18. „#МУЗПремьера Проникновенный клип KAZKA — ПЛАКАЛА♥️ вы уже можете посмотреть в эфире МУЗ-ТВ!♥️ Кто видел — пишите впечатления в комментариях!👇“. 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  19. „•JOHNNY WEIR• on Instagram: “Preparing. | 🎼 @kazka.band | #queenofbryantpark #figureskating #plakala"“ (en). Instagram. 2019-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-yanvar.
  20. „Известный американский фигурист подготовил номер под хит украинской группы KAZKA: видео“. 24 Канал. 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyun.
  21. „У хіті KAZKA – Плакала знайшли плагіат: порівняння пісень“ (uk). maximum.fm. 2019-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.