Kontent qismiga oʻtish

Plakala beryoza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Plakala beryoza“
„Korni“ qoʻshigʻi
„Na veka“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2003
Yozib olingan 2003
Janr pop-rok
Davomiyligi 4:00
Matn muallif(lar)i Mixail Andreyev
Pavel Artemyev
Bastakor(lar) Igor Matviyenko
„Na veka“ xronologiyasi
„5000 tonn sveta“ Plakala beryoza „Tolko ya i ti“
Klipi
„Plakala beryoza“ YouTubeda

Plakala beryoza“ (ruscha: Плакала берёза, yaʼni „Oqqayin yigʻlayotgandi“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2003-yil eʼlon qilingan „Na veka“ nomli ilk studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, alboming ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. „Plakala beryoza“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, uning matnini shoir Mixail Andreyev bilan guruh aʼzosi Pavel Artemyev yozgan, kuyini esa bastakor va produser Igor Matviyenko yozgan. „Na veka“ albomiga „Plakala beryoza“ hamda „S dnyom rojdeniya, Vika“ qoʻshilari remiksi bonus oʻlaroq kiritilgan.

Qoʻshiq keng miqyosda ommalashgani boʻlishiga qaramay, ayrim tanqidchilar unga salbiy baho bergan. Xususan, „Play“ jurnali xodimi Aleksey Majayev albomga kiritilgan deyarli barcha qoʻshiqni salbiy baholagan[1].

„Plakala beryoza“ qoʻshigʻi uchun Dmitriy Zaxarov klip suratga olgan. Unda guruh aʼzolari oʻrmonda qoʻshiqni ijro etayotgani tasvirlangan. Klip 2003-yilning sentyabrida Podmoskovyeda suratga olingan[2].

  1. Мажаев, Алексей (2004). „Франкенштейн против Пигмалиона“. Play (ruscha). № 2 (37). 78-bet.
  2. „'Корни': Съемка клипа 'плакала береза'“ (ruscha). InterMedia (12-sentyabr 2003-yil). Qaraldi: 14-sentyabr 2022-yil.