Korni
Korni | |
---|---|
2022-yildagi „Korni“ guruhi | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Moskva |
Mamlakat | Rossiya |
Faoliyat yillari | 2002-yildan hozirgacha |
Janr | pop, pop-rok |
Leybl | Meynstrim Prodakshn |
Tarkib |
Aleksandr Berdnikov Aleksey Kabanov Dmitriy Pakulichev |
Sobiq aʼzolar |
Pavel Artemyev (2002 — 2010) Aleksandr Astashyonok (2002 — 2010) |
Vebsayt | mkorni.ru |
„Korni“ (ruscha: Корни) — „Fabrika zvyozd“ isteʼdodlar shousining birinchi mavsumida gʻolib chiqqan rus pop-rok guruhi. Guruh prodyuseri va asosiy qoʻshiqlar muallifi Igor Matviyenko.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Korni“ guruhi „Fabrika zvyozd“ musiqiy loyihasida tuzilgan va 2002-yil oxirida bu loyihaning gʻolibi boʻlgan rus pop-rok guruhi[1].
2003-yilda guruh Kanndagi „Eurobest“ xalqaro musiqa tanlovida Rossiya vakili sifatida ishtirok etib, Queen guruhining „We Will Rock You“ qoʻshigʻini kuylagan holda 6-oʻrinni egallagan. Shu yilning dekabrida „Na veka“ nomli debyut albomini chiqaradi, albomda uchta qoʻshigʻi „Ya teryayu korni“, „Plakala beryoza“, „Ti uznayesh yeyo“ joy olgan. Bu qoʻshiqlarga videokliplar ham olingan boʻlib, musiqiy telekanallarda koʻp namoyish etilgan.
2004-yil 8-iyulda „Korni“ Rossiya shaharlari boʻylab ilk gastrol safariga chiqadi, „S dnyom rojdeniya, Vika!“ qoʻshigʻi Rossiya radiostansiyalarida koʻp marta efirga qoʻyiladi.
2005-yil arafasida guruh „S novim godom, lyudi!“ qoʻshigʻiga videoklip chiqargan. 2005-yilning may oyida guruh „Dnevniki“ nomli ikkinchi albomining taqdimotini Moskvadagi 547-sonli maktabda oʻtkazadi. Shu yili bilan birga, guruh „25 etaj“ qoʻshigʻiga videoklip chiqargan. 2005-yil kuzida „Dnevniki“ albomi qayta chiqarilib, unga „Snova v shkolu“ bonus treki qoʻshiladi.
2006-yil aprel oyida guruh „Xochesh, ya tebe spoyu“ qoʻshigʻining videoklipini chiqaradi, oʻsha yilning may oyida chiqarilgan videoklipni ukrainalik yetakchi rejissyor Viktor Priduvalov Viktoriya Daynekoning „Ya prosto srazu ot tebya uydu“ klipiga syujeti bilan bogʻlagan holda suratga olgan.
2006-yil avgust oyida guruh STS kanalida „Kadetstvo“ teleserialining saundtreki boʻlgan „Naperegonki s vetrom“ qoʻshigʻining videoklipini chiqaradi[2].
2007-yil boshida guruh „V ojidanii chuda“ filmining saundtreki boʻlgan „Zakrit glaza“ („K tebe“) qoʻshigʻini chiqarishdi. Yoz oxirida yana Viktor Priduvalov rejissyorligidagi „Yeye vezyot“ qoʻshigʻiga videoklip suratga olinadi[3].
„Ti uznayesh yeyo“ qoʻshigʻi TNT kanalidagi „Schastlivi vmeste“ serialida ijro etilishi uchun qayta ishlanadi. Qayta ishlangan matn seriya qahramonlariga bagʻishlangan boʻlib, matnda ularning xarakterli xususiyatlari qayd etilgan.
2008-yilda guruh Amerika Qoʻshma Shtatlariga gastrol safari uyushtirgan[4].
2009-yil iyun oyida guruh „Lepestok“ qoʻshigʻiga videoklip suratga oladi va „Nasha Masha i volshebniy orex“ filmi uchun „Nasha Masha“ saundtrekini chiqarishadi.
2010-yil aprel oyida guruh yangi yakkaxoni bilan „Ne mojet bit“ qoʻshigʻini yozishgan. 2010-yil iyun oyida Pavel Artemyev va Aleksandr Astashyonokning oʻz xohishiga koʻra guruhni tarki etishi sababli guruh Aleksandr Berdnikov, Aleksey Kabanov va Dmitriy Pakulichevdan iborat trioga aylandi.
2010-yil oxirida guruh „Eto ne spam“ qoʻshigʻini chiqarib, 2011-yil mart oyida „Fabrika zvyozd. Vozvrashcheniye“ loyihasida ishtirok etishadi. Unda loyihaning turli yillardagi ishtirokchilar oʻzaro bellashishgan. Loyihada „Korni“ guruhi prodyuser Igor Matviyenko jamoasiga qoʻshilgan.
„Korni“ guruhi toʻrtta „Oltin grammofon“ mukofotiga sazovor boʻlgan:
2004-yil — „S dnyom rojdeniya, Vika!“; 2005-yil — „25 etaj“; 2006-yil — „Ob etom ya budu krichat vsyu noch“; 2012-yil — „Prosto lyubov“ (Lyube, In2nation bilan birgalikda).
Guruh tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korni guruhining hozirgi tarkibi quyidagicha:
- Aleksandr Berdnikov
- Aleksey Kabanov
- Dmitriy Pakulichev.
Davr | Tarkib | ||||
---|---|---|---|---|---|
2002—2010 | Aleksandr Berdnikov | Aleksey Kabanov | Aleksandr Astashenok | Pavel Artemyev | |
2010 | Dmitriy Pakulichev | ||||
2010-yildan | Dmitriy Pakulichev |
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2003 — „Na veka“
- 2005 — „Dnevniki“
Qoʻshiqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2002 — „Ya teryayu korni“
- 2003 — „Plakala beryoza“
- 2003 — „Ti uznaesh eyo“
- 2003 — „Dogonyay“
- 2003 — „Tolko ya i ti“
- 2003 — „Izo lda“
- 2003 — „Naveka“
- 2003 — „Devchonki, rokeri i odin DJ“
- 2003 — „Kuda glaza glyadyat“
- 2004 — „Zakrit glaza“ („K tebe“)
- 2004 — „S dnyom rojdeniya, Vika!“
- 2004 — „Eto ti obʼyavila voynu“
- 2004 — „S Novim Godom, lyudi!“
- 2005 — „25 etaj“
- 2005 — „Snova v shkolu“
- 2006 — „Xochesh ya tebe spoyu?“
- 2006 — „Naperegonki s vetrom“ („Kadetstvo“ teleseriali)
- 2007 — „Yey vezyot“
- 2007 — „Stoy“
- 2008 — „Pro tebya“
- 2008 — „Glaza v glaza“ feat. Viktoriya Dayneko
- 2009 — „Lepestok“
- 2009 — „Nasha Masha“
- 2009 — „Snegurochka“
- 2010 — „Ne mojet bit“
- 2010 — „Eto ne spam“
- 2011 — „Mnogotochiye“ feat. Viktoriya Dayneko
- 2012 — „Prosto lyubov“ feat. Lyube & In2nation
- 2013 — „A eto ne dojd“
- 2022 — „Ona ego prosit“
- 2022 — „Sudbi ironiya“
- 2023 — „Seluyu v nosik“
Videografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Klip | Rejissyor | Tarkib | Albom |
---|---|---|---|---|
2003 | „Ya teryayu korni“ | Andrey Boltenko | A. Astashyonok, P. Artemev, A. Kabanov, A. Berdnikov | „Na veka“ |
„Plakala beryoza“ | Dmitriy Zaxarov | |||
„Ti uznaesh eyo“ | Oleg Gusev | |||
2004 | „S dnyom rojdeniya, Vika!“ | Roman Prigunov | ||
„S Novim godom, lyudi!“ | Dmitriy Zaxarov | TVA | ||
2005 | „25-y etaj“ | Gleb Orlov | „Dnevniki“ | |
„Snova v shkolu“ | Dmitriy Zaxarov | |||
„Xochesh, ya tebe spoyu“ | Viktor Priduvalov | TVA | ||
2006 | „Naperegonki s vetrom“ | Pavel Ignatov | OST „Kadetstvo“ | |
2007 | „Yey vezyot“ | Viktor Priduvalov | TVA | |
2008 | „Glaza v glaza“ (feat. Viktoriya Dayneko) | Yevgeniy Bedarev | ||
2009 | „Lepestok“ | Mixail Segal | ||
2010 | „Ne mojet bit“ | Leonid Zalesskiy | A. Astashyonok, P. Artemev, A. Kabanov, A. Berdnikov, D. Pakulichev | |
2012 | „Prosto lyubov“ (feat. Lyube & In2nation) | Dmitriy Kiselyov | A. Kabanov, A. Berdnikov, D. Pakulichev | OST „Avgust. Vosmogo“ |
2018 | "Ti Uznayesh Yeyo (Yego)" (feat. Mishel Petrovich) | Aleksey Ishutin |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Какая из «Фабрик звёзд» была самой успешной? В это воскресенье на Первом канале начинается «Фабрика звёзд-7»“. Комсомольская правда (2007-yil 23-avgust). 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.
- ↑ „«Корни» сняли клип в Суворовском училище“. Концертное агентство «Infinitiv» (2006-yil 8-avgust). 2017-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.
- ↑ „Группа «Корни» закончила съёмки нового клипа на новую песню“. Русское радио. 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.
- ↑ „«Корни» вернулись из США“. Русское радио. 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.