Po’lkan shoir haykali
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Po’lkan shoir haykali. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Po’lkan shoir haykali“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • shoir haykali qaydlar • oʻchirish |
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Atoqli xalq baxshisi, oʻzbek dostonchilik maktabi asoschilaridan biri Muhammad Jomurod o’g’li Poʻlkan (1874-1942 yillar) hozirgi Navoiy viloyatining Xatirchi tumaniga qarashli Qatagʻon qishlogʻida Mulla Jomurod xonadonida tavallud topgan. Muhammaddagi dostonchilikka mehr-muhabbat yuksakligini bilgan Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi namoyondalaridan biri, mashhur Jassoq baxshi uni oʻziga shogirdlikka qabul qiladi va 70 dan ortiq dostonlarni oʻrgatadi: „Goʻroʻgʻli“ turkumidagi dostonlar, „Qironxon“, „Orzigul“, „Alpomish“, „Yodgor“, „Rustam“ turkumi va b. U Jassoq baxshini 12-shogirdi hisoblanadi.[1]. Yosh Muhammadqul 25 yoshida xalq dostonchisi sifatida elga taniladi. Oktyabr inqilobidan keyin, Poʻlkan shoir koʻplab hamyurtlari kabi sovuq Sibir oʻrmonlariga mardikorlikka safarbar qilinadi. Maʼlumotlarga qaraganda Muhammadqul „Poʻlkan“ taxallusini mardikorlikda yurgan paytida tanlagan. Bu jumla „polk“ soʻziga „an“ qoʻshimchasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan degan qarashlar bor. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, „Poʻlkan“ qadimgi moʻgʻilchada „ulugʻ“, „katta“ maʼnolarini anglatadi. Baxshi shoir shu sababli bu soʻzni taxallus sifatida qabul qilgan boʻlishi mumkin. Poʻlkan shoirning repertuarlari mavzu va janr jihatidan turli-tuman boʻlib, ularda oʻzbek xalqining oʻtmishidagi hayoti, urf-odatlari, intilishi va orzu-umidlari ifodalangan. „Hasan batrak“ (1927y.) dostonida oʻzbek mehnatkashlarining yer va suv haqidagi orzu-tilaklari, bu yoʻldagi kurashi aks etgan.[2].
Poʻlkan kuylagan anʼanaviy dostonlar ham gʻoyaviy va badiiy yuksakligi bilan ajralib turadi. Poʻlkan ijodi oʻzbek folklori taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi. Sovet Ittifoqi davrida Poʻlkan shoir ogʻzidan oʻttizdan oshiq doston va termalar yozib olingan. Uning oʻzi esa yangi joriy qilingan kirill imlosini yaxshi bilmagani uchun savodsiz deb hisoblangan. Aslida Poʻlkan xatirchilik shayxdanQur’oni Karimni oʻrgangan hamda islom dinini va falsafasini yaxshi bilgan ilmli kishi boʻlgan.
Sobiq shoʻro zamonida Poʻlkan shoirning Sovet tuzumini madh etuvchi asarlari qayta-qayta chop etilgan, uning oʻzi esa 1942 yilda Stalin qatagʻoniga uchrab, Kattaqoʻrgʻon qamoqxonasiga qamalganidan soʻng, oradan koʻp vaqt oʻtmay sil kasalligi tufayli vafot etgan.[3].
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Afzalov M., Poʻlkan shoir, T., 1955;
- Poʻlkan shoir, Maqolalar toʻplami, T., 1976.[4]
- Goʻroʻgʻlining tugʻilishi, T., 1967;
- Gulnor pari, T., 1967;
- Hilomon. Goʻroʻgʻli turkumi dostonlaridan. T., 1970;
- Hasanxon, T., 1976.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rahmon Xolmurodov. Xatirchi tumani tarixidan lavhalar (o'zbekcha). Toshkent, Fan 1996 — 96-bet.
- ↑ Rahmon Xolmurodov. Xatirchi tumani tarixidan lavhalar (o'zbekcha). Toshkent, Fan 1996 — 96-bet.
- ↑ Жирмунский B.M., Зарифов X.T. Узбекский народный героический эпос (ruscha). Москва: ОГИЗ, 1947 — 47-bet.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |