Kontent qismiga oʻtish

Podshipnik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Podshipnik — aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi. Mexanizmning aylanuvchi yoki tebranuvchi kismlari vaziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpanish va dumalash P.lari bor. Sirpanish P.larining tayanch sir-ti silindr, konus yoki shar shaklida boʻlishi, tayanch sirt bilan val boʻyni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (yaʼni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday P.larning ajraladigan va ajralmaydigan xillari boʻladi. Ajraladigan P.da vkladish, ajralmaydiganida vtulka, odatda, korpusdagi teshikka, tayanch sirt bilan val boʻyni orasiga oʻrnatiladi. Bular antifriksion materiallar (babbit, tekstolit, rezina, plastmassa va boshqalar) dan tayyorlanadi. Dumalash P. ichki va tashqi halqalar, tebranish jismlari (sharcha, rolik) hamda separatordan iborat. Taʼsir qiladigan kuch yoʻnalishiga qarab, radial, radialtirak P.lar boʻladi.

Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, silindr, qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillarga; tebranish jismlarining qatorlar soniga qarab, bir, ikki va koʻp qatorli va boshqa xillarga boʻlinadi. Dumalash P. yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlanadi. Moylanish usuliga qarab, oʻz-oʻzidan va majburiy moylanadigan P.lar boʻladi. P. mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va boshqa sohalarda ishlatiladi.[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Rollarda rulmanlarni podshipnik