Kontent qismiga oʻtish

Polimeraza zanjir reaksiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Polimer zanjir reaksiyasi (PZR) — molekulyar biologiyaning tadqiqot usullaridan biri hisoblanib, nuklein (DNK yoki RNK) kislotalarning maʼlum bir fragmentlarni million — milliard marotaba koʻpaytirib beradi. Bundan tashqari PZR mutatsiyalarni kiritish, DNK boʻlaklarini birlashtirish va tibbiy — biologik amaliyotida kengdan qoʻllanadi. PZR jarayoni maxsus PZR mashinasida olib boriladi. U har bir jarayon bosqichi uchun zarur boʻlgan haroratni boshqarib turadi.

PZR gel elektroforez

Kjell KLeppe va H. Gobind Xorana lobratoriysidagi hamkasblari bilan 1971 — yilda Journal of molecular biology jurnalida chop etkan maqolasida birinchi marta in ivtro praymerlari bilan DNKni replikatsiya qilish uchun fermentativ tahlilda foydalanishgan. Amerikalik olim Kerri Mullisom 1983 — yili polimeraza zanjir reaksiyasini kashf qiladi. Kerri Mullisom bu haqidagi ilimiy ishini 1985 — yili Science jurnalida chop etadi. Unga 1993 — yili kimyo yoʻnalishi boʻyicha Nobel mukofati beriladi.

PZR boshqichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

PZRda DNK molekulasining yangi zanjirlari sintezlanadi. Bu Dnk polimeraza fermenti yordamida amalga oshadi. Bu ferment Dnk zanjirining 5'-3' yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib erkin nukleotidalr yordamida ikkinchi DNK zanjirini sizntezlaydi.

  • Denaturatsiya (parchalanish)  — ikki zanjirli DNK molekulasi 0.5 −2 min davomida 94 — 96 °C (termstabil polimeraza ishlatilsa 98 °C) gacha qizdiriladi. Ikki zanjir DNK molekulasi oʻrtasidagi vadarod bogʻlari uziladi.
  • Praymerlarning DNK dagi kerakli joyga birikishi (otjig) — bu bosqichda praymerlar DNK ga oʻranish olishi uchun harorat 55 −65 °C pasaytiriladi. Harorat har bir praymer turi uchun maxsus boʻlib PZR boshlanmasdan oldin tadqiqotchi oʻzi kiritadi.
  • Elongatsiya — bu DNK molekulasining uzayishi hisoblanin yangi DNK zanjiri sintezlanadi. Bu 72 °C da yuz beradi. Buning uchun Taq polimeraza fermenti parymerlar yordamida DNK ning 3’ dan 5’ ga qarab harakatlanib sintez qiladi.[1].
Polimeraza zanjir reaksiyasi bosqichlari

[2]

PZRning uchta bosqichi tugagannan soʻng bitta davr (tsikl) tugaydi va mana shu davr yana takrorlanadi. Odatta davrlar soni 65 ta boʻlishi mumkin.

PZR reaktivlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Taq polimeraza fermenti
  • Praymer F (F — forward)
  • Praymer R (R — Riverse)
  • dNTP — deoxsinukleotid trifasfat (A, T, S, G)
  • DNK namunasi

Taq polimeraza

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taq polimeraza fermenti — termifilik eubacterial mikroorganizm Thermus aquaticusdan ajratib olinadi. Bunga sabab bu bakteriyadan jaratib olingan polimeraza fermenti haroratga chidamli hisoblanadi.[3]

PZRning qoʻllanilish sohalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

PZR juda koʻp sohalarda qoʻllanadi: sud ekspertizada, irsiy kasalliklarni aniqlashda va otalikni aniqlashda ham qoʻllanadi. Quyidagi rasmdan otalikni aniqlashning sodda koʻrinishini koʻrsangiz boʻladi.

DNK boʻlagining PZR mahsuloti:
  1. Otasi
  2. Bolasi
  3. Onasi
.

.

  • Kriminalistika — PZR genetik barmoq izlarini aniqlashda ishlatiladi. Jinoyat joyidan genetik material namunasi — qon, soch, sperma, tuprik va boshqalarni olish mumkin. Olingan namunalardan DNK ajratib olinadi va PCR moshinasida reaksiya jaroyoni kechadi. Olingan mahsulotni gel elektroforezi yordamida DNK boʻlaklarining joyloshuv tartibini koʻrishimiz mumkin. Bu oʻsha shaxs namunasining genetik barmoq izi dep nomlanadi.
  • Tibbiy diagnostika — PZR irsiy va virusli kasalliklarning taxshisini sezilarli darajada tezlashtirib bera oladi. Kerakli gen praymerlar yordamida koʻpaytiriladi va mutatsiyalarni aniqlash uchun sekvens qilinadi.