Kontent qismiga oʻtish

Portal:Gruziya/Intro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
საქართველოს გერბი
საქართველოს გერბი

Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya Respublikasi (gruzincha: საქართველო [sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) — Kavkazortining markaziy va garbiy qismlarida, Qora dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat. Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69 700 km²2. Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi (2015). Poytaxti — Tbilisi shahri.

Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya, sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh. Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor respublika va 10 ta viloyatdan iborat (gruzincha: მხარე / mxare). Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi Gruziya hududlari deb tan olingan. (Full article...)