Kontent qismiga oʻtish

Portal:Qirgʻiziston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qirgʻiziston portali

Qirgʻiziston bayrogʻi
Qirgʻiziston bayrogʻi
Qirgʻiziston gerbi
Qirgʻiziston gerbi
Jahon xaritasida joylashuvi
  • P:Qirgʻiziston

Qirgʻiziston (qirgʻizcha: Кыргызстан [qɯrʁɯz'stɑn] Kirgizstan) yoki Qirgʻiz Respublikasi (qirgʻizcha: Кыргыз Республикасы) – Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti – Bishkek shahri. Qirgʻiziston BMTning aʼzosidir. Mamlakat shimolda Qozogʻiston, gʻarbida Oʻzbekiston, janubi-gʻarbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiQirgʻiziston Uning 72,6 % qirgʻizlar, 14,34 % oʻzbeklar, 10,65 % ruslar va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman, mamlakatda 90 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar. Qirgʻizistonning aholisi soni-6 550 000 kishi. (Full article...)

Tanlangan maqola - boshqasini koʻrsatish

Beshorol qoʻriqhonasi (qirgʻizcha: Беш-арал мамлекеттик коругу) — Jalolobod viloyatining Chotqol tumanida joylashgan. Ushbu qoʻriqxona Qirgʻiziston Respublikasi Tabiiy resurslar, ekologiya va texnika nazorati vazirligiga qarashli. Qoʻriqxonaning maʼmuriy markazi Yangibozor qishlogʻida joylashgan, tuman markazidan 25 km, viloyat markazidan 340 km, respublika markazidan 940 km olislikda joylashgan. Janub tomondan Piskom togʻ tizmalari orqali oʻtib, sharqdan Oq-Tosh togʻidan boshlab(3461 m.), Qozon-Buloq (3366 m.), Alyam (1995 m.), Komarova (2410 m.) togʻlaridan oʻtadi, Choʻq-Qamish (2680 m.), 1-may (2330 m.) dovonlari orqali Qazanek-Soyning shimoli-sharqidagi togʻ tizmasi boʻylab Chotqol daryosiga tushadi. Gʻarbdan Chotqol daryosi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Oq-Buloq daryosining qoʻshilish joyi bilan chegaradosh. Huddi shu yer Imonxan deb atalib, mana shu joyda Besh-Orol davlat qoʻriqxonasi kordoni bor. Janub tomondan Chotqol tizmasining chekkasi bilan Oq-Tosh va Qiziltosh togʻlari orqali Muz-Toʻr dovonigacha boradi. Janubi-gʻarbdan Qora-Soy, Taka-Tosh, Zlay, Shabrez dovonlari orqali Imonxon kordoniga tushadi. Sharqda Chotqol tumani bilan tutashgan. Qoʻriqxona egallagan hudud shimoldan janubga 48 km, sharqdan gʻarbga 75 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi dengiz sathidan 3760 m, eng past nuqtasi 940 metrni tashkil qiladi. Qoʻriqxona 112463,3 ga maydonni egallaydi. Keng-Bulun (34447 ga), Barqirak (30661,7 ga), Arab (21639,3 ga) va Sandalash (25715,3 ga) deb nomlangan toʻrtta qoʻriqxona hududlaridan iborat.


1979-yilda tashkil etilgan. Maydoni 16,7 ming ga. Archazor va yongʻoqzorlar bor. Menzbir sugʻuri, qor qoploni va boshqa, qushlardan sapsan, burgut va boshqa yashaydi. (Full article...)

The page "Portal:Qirgʻiziston/Bilasizmi/9" does not exist.

Turkumlar

Umumiy tasvirlar

Quyida Vikipediyadagi Qirgʻizistonga oid turli maqolalardan olingan suratlar keltirilgan.

Tegishli portallar


Tojikistondagi dinlar


Postsovet davlatlari


Boshqa mamlakatlar

Vikiloyihalar

Assotsiatsiyalangan Wikimedia


Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash