Portal munozarasi:Tarix
"Temurnoma" asarining til xususiyatlari Asqarova Manzura Baxtiyor qizi Namangan davlat universiteti magistranti
Annotatsiya: Maqolada Amir Temur shaxsi, "Temurnoma " asarining yaratilishi va uning til xususiyatlari haqida so'z yuritilgan. Kalit so'zlar: "Temurnoma", sistem-struktur tahlil, tadrij, portret, realizm, syujet, badiiylik,tarixiylik.
Mustaqilligimizni qo’lga kiritganimizdan so’ng tariximiz tiklandi, Temur va Temuriylar davri manbalari o’rganilmoqda ,tadqiq etilmoqda. Jahon olimlari Orta Osiyoda qudratli markazlashgan davlatni qaror toptirgan, birgina nomining ozi jahonning kopgina hukmdorlarini tahlikaga solgan sohibqiron Amir Temurga qiziqish bilan qaraganlar. U haqida qanchadan-qancha rivoyatlar toqilgan, asarlar bitilgan. Amir Temurning hayoti, siyosiy va jangovor faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitoblar ko'plab yaratilgan[1,17] "Temurnoma" asari Amir Temur faoliyatini aks ettirgan muhim adabiyotligi bilan e'tiborga molikdir.«Temurnoma»uch yonalishdagi asarlarning majmuasi sifatida maydonga kelgan. Kitobni, yani «Temurnoma» ni yaratishda eng avvalo tarixiy asarlardan (Kitob-ul axbor, Tarixi Tabariy, Zafarnoma singari), badiiy asarlardan (Iskandarnoma) A. Xatibiy asarlari va diniy asarlardan foydalanilgan.Tarixiy asarlarni o'rganilganda ularning til xususiyatlarini o'rganish ham bugungi kun nazariy tilshunosligi va matnshunosligining dolzarb vazifalaridandir. XXI asr jahon va o’zbek tilshunosligida yangi soha va yo’nalishlar rivojlanmoqda. Ayniqsa tilni sistem-struktur jihatdan tadqiq etish muhim vazifa bo’lib qoldi. Olimlarimizning bir necha yirik tadqiqotlari mazkur yangi yo’nalishda olib borilmoqda. “Bu tadqiqotlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, lisoniy faktlarga avtonom holda yondashmay, har qaysi lisoniy hodisaning ostida yashirinib yotgan mohiyatning ochilishiga diqqat qilinadi” [2,13-b]. Bunday tadqiqotlar natijasida tilning sistema sifatidagi manzarasi yanada oydinlashadi. Har bir leksik birlik mohiyatan talqin qilinadi, til tizimidagi pozitsiyalari belgilanadi. Lisoniy birliklarni tizimga solgan holda o’rganish, paradigmalarga ajratish keyinchalik fanda maydon nazariyasini vujudga keltirdi. Salohiddin Toshkandiyning eng katta yutug'i shundaki, Amir Temur obrazi muvaffaqiyatli chiqqan. U qahramonining portretini chizmaydi, e'tibor berib o'qilsa, hech qaysi qahramonning tashqi ko'rinishi alohida tasvirlanmagan. Bu ham adibning o'ziga xos uslubi hisoblanadi. Ammo, qahramonlarning qiyofasi ularning nutqlari orqali shunday namoyon bo'ladiki, beixtiyor o'sha odamlar yonginangizda turgandek, siz ularni hayotda ko'rgandek tuyuladi. Sharq adabiyotidagi tarixiy-voqeaviy obrazlarning xarakter -xususiyatlari, nutq uslublari ham adib ijodida o'z o'rnini topganligini ko'ramiz. Salohiddin Toshkandiy ijodi xalqchil ijod. Adib ijodidagi realizm, badiiylik, an'anaviylik, milliylik va umuminsoniylik kabi muhim g'oyaviy-estetik o'lchovlar zamirini xalqchilliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Uning asarlaridagi lirikalar, ma'nodor misralar, tanlangan so'zlarning jarangdorligi o'quvchini o'ziga rom etib kelmoqda. Har bir voqeada bir muncha afsona yoxud miflarning mavjudligi, qaytariq, o'git ham, sharqona andishayu, teran falsafiylik ham, hatto o'tkir tanqid ham beozor, ta'sirchan ifodalanadi. Adib hikoyat, maqol va hikmatlardan,afsona va rivoyatlardan muvaffaqiyatli foydalanadi.Boblar qahramonlari ham hayotiy.Masalan, uning Sohibqironning tug'ilmoqligi kabi voqealarning qahramonlari kishini befarq qoldirmaydi. Asar qahramonlari – yuksaklik, olijanoblik, axloqiylikning butun ulug'vorligini va hamma qadr-qimmatini tushunadigan, ularga nisbatan ma'naviyat va ma'rifat bilan ruhlangan kishilardir. Ular o'zlarida ko'p olijanoblik, ko'p aql, sof insoniy fazilatlar his etadilar, shuning uchun ham "Temurnoma" insonlarni ibrat yo'liga boshlaydi.Shuni aytish joizki, tarixiy asarlar dunyodagi barcha xalqlarda bo'lishiga qaramay, unga munosabat turli millatlarda o'z ma'naviy-axloqiy o'1chamlaridan kelib chiqqan holda turlichadir. Chunonchi, G'arb ahli bundan necha minglab yillar oldin ham tarixiy doston va asarlarga katta e'tibor bilan qaragan. Shu bois, bu o'lkalarda antik zamonlardayoq tarixiy-voqeaviy adabiyot rivojlangan. Buni xalq og'zaki ijodida Boburning ayrim asarlari, Mirzo Muhammad Haydar, Abdulg'ozi Bahodirxon bitiklari misolida ko'rish mumkin.
Xuddi bitta odam kabi butun millat ham, bir qancha uluslar yig’indisi bo’lmish jamiyat ham bir ma'naviy-axloqiy holatdan boshqasiga og’riqsiz o’tib ketolmaydi. Shunday davrda yashab ijod qilish chekiga tushgan ijodkor shaxs o’z atrofidagi odamlar va ularni yuzaga keltirgan sharoitga murosasizlik bilan teran nazar tashlaganidan hayotdagi nuqsonlarni oshiribroq tasvirlashga moyil bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Салоҳиддин Тошкандий, Темурнома. – Тошкент: “Чўлпон”1990. 2.Искандарова Ш. Лексикани мазмуний майдон асосида ўрганиш муаммолари. Тошкент: “фан”,1998. 3.Лингвистический энциклопедический словарь М.,1990,стр: 380 4.Сафарова Р. Лексик-семантик муносабатнинг турлари. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1996.
Shayx Muhahammad Sodiq Muhammad Sodiqning "Iymon" kitobiga taqriz
[manbasini tahrirlash]Albatta,taqriz yozishda ayrim o’ziga xos xarakterli jihatlar bor.Ammo shunday bo’lsada “o’z doirasidagi” qoidaviy uslubdan ozroq chekinib taqrizish yozishni iroda etdik.
Eng avvalo,kitobning yozilish davri va uning kim uchun yozilganligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Ushbu kitob ilk marta Marhum Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning hali talabalik chog’larida o’zlari qoralab qo’ygan matnlarning bir joyga yig’ilishidan dunyoga kelgan. Hozirgi siz ko’rib turgan shaklga kelgunicha Hazratning qo’llaridan qayta-qayta o’tib tobora mukammallashib borgan.
Oxir-oqibat,1991-yilgi Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining qulashidan so’ng O’zbekiston musulmonlari jamoasida o’zgacha kayfiayat jo’sh urdi.Endi ular o’z dinlariga shariat qanday buyursa shunday amal qilishlari mumkin edi.
Ammo,1917-1991 yillardagi jangovor ateizm bilan yo’g’rilgan ta’lim tizimida o’nib o’sgan avlod o’zlarini musulmon sanasalarda,ularning tafakkuridagi Islom hali tom ma’noda sof emas edi.
Ana shunday vaziyatda,Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohmmatullohi alayh ushbu kitob qoralamasini nashrga tayyorlashni boshladilar va 1991-yilda bosmadan chiqardilar.
Shu bilan,bir ma’noda zamonaviy O’zbekistonda birinchilardan bo’lib xalq diniy adabiyotining debochasiga aylangan ushbu mo’tabar kitobning muallifi bo’ldilar.
Bundan tashqari,1991-yildan keyin to hozirgacha muttassil ravishda chop qilinib kelinayotgan diniy adabiyotning asoschisiga aylandilar.
Postimperial jamiyatlarda uchraydigan o’ziga xos jihat bo’lgan “qora bo’shliq” bizning jamiyatimizda ham bor edi.Ulardagi bu bo’shliq to’ldirilmasa uning boshqalar tomonidan to’ldirilishi muqarrar edi.Ayan shu kitob o’sha davr jamiyati a’zosi uchun bo’shlig’ini to’ldirishga yetadigan darajadagi salohiyatda ega edi.
Yetmish yil davomida ma’nan,jismonan,siyosiy va iqtisodiy jihatdan jarohatlangan xalq uchun chinakamiga muhim ahamiyatga ega kitob edi bu.
Chunki unda ko’pchilikning qarashidagi faqat ibodat-u duodan iborat bo’lgan Islom emas,balki aslida har bir madaniyatli xalqnig turmush tarziga aylanishi kerak bo’lgan Islom haqida bahs qilinadi. Ushbu pozitsiyani isbotlash uchun qarshi tarafga o’zlari ko’kka ko’taradigan Yevropa va AQSH olimlari,professorlarining ilmiy ishlaridan,nutqlaridan,fikrlaridan iqtiboslar keltiriladi.
Hozirgacha Islomofobik kayfiyatni jamiyatda kuchayishi olib keluvchi ayrim stereotiplarning tagi puch ekanligini qisqa va sodda tilda oson tushuntirilishi,muallif rohimahullohning o’z davrini naqadar chuqur anglaganini,uning muammolariga nechog’lik realistik qaraganini bor bo’y basti bilan ko’rsatadi.
Bundan tashqari,ushbu kitob allomaning qolgan kitoblarini ochib beruvchi o’ziga xos "platsdarm" hamdir.
Bu kitob hatto g’ayridinlar tarafidan o’qilsa ham tushuniladigan darajada yozilgan bo’lib,shu maqsadda Injildan ham ayrim iqtiboslar keltirilganligiga guvoh bo’lishingiz mumkin.
Kitobning tartiblanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak Shayx rohimahulloh Janoblari kitobning eng avvalida Islomning haq din ekanligi tog’risida fikr yuritadilar. Hatto ateizm va shuningdek boshqa e’tiqodlar bilan Islom o’rtasidagi tafovutni yaqqol ochib beradilar va bunda Islom har jihatdan ustun turishini ilmiy dalillar bilan isbotlaydilar.
Shayx hazratlari kitoblarining ikkinchi bobi bo’lmish “Iymon” bobini "Allohning borligiga ishonishga qodirmisiz?,- degan jumla bilan boshlaydilar.Albatta,ushbu savol o’zini dunyoqarashi teran deb hisoblovchi har bir shaxs uchun yuqori saviyali o’ziga xos “chaqiruv”dir.
Chunki,”Islom”deb nomlangan birinchi bobda muallif rohimahulloh hozirda ushbu dinnni qabul qiluvchilar sur’ati jihatidan jahonda birinchi o’rinda turuvchi din bo’lmish Islomni konstruktiv shaklda,ilmiy metodologiya asosida tushuntirib bergan edilar. Oqibatda,Allohning borligiga kuchli va rad etib bo'lmas diniy dalillar keltirib o'tadilar. Shu bilan birga butlarga,tabiiy kuchlarga, o'tgan ota-bobolariga va havoyi-nafsga sig'inish xato ekanligi, bu ishlarni aqli raso inson qilmasligi ochiq-oydin tushuntiriladi.
Shu o’rinda kitobning bir qismidan iqtibos keltirishni o’rinli deb topdik:
“...Mashhur Enshteyn shunday deydi:”Allohga bo’lgan iymon ilmiy izlanishlarning eng ulkan samarasidir”…”
Ateistlar din darajasiga chiqarib olgan ilm-fanning darg’asi,IQ darajasi 167 ballni tashkil qiladigan Enshteynning bunday deyishi ularning hamma vajlarini puchga chiqarishi aniq. Hazrat ham Enshteynning aynan bu gapini bekorga keltirmaganlar.
Dahriylikning qorong’u qasrida ulg’aygan xalq uchun bu haqiqiy inqilob edi. Chunki bu paytgacha ularning ongiga ilm-fan doimo dinga qarshi bo’lib kelgan degan narsani singdirishar edi.
Islom qanday din ekanligi isbotlangach,muallif Islomga kirgan kishi nimalarga ishonishi kerakligi-yu nimalarga ishonmasligi kerak,nimalar qilishi kerag-u nimalar qilishi kerak emas kabi savollarga birma-bir javob berib ketadilar. Albatta,bunda ham ilmiy manhaji bor,isbotlar va dalillar bilan gapiradilar.
Undan so’ng,ulug’vor Islomning buyuk kitobi bo’lmish Qur’oni Sharif borasida fikr yuritiladi.Undagi oyatlarning mo’jizakorligi,insonni aqlini shoshirib qo’yatigan darajada ilmiy haqiqatlarga tog’ri kelishi aytilib mana shuning o’zi uni ilohiy kitob ekanligiga dalil sifatida ko’rsatiladi.
Kitobning oxirgi,shu bilan birga eng qisqa qismida sunnat haqida gap ketadi.Unda Payg’ambarimizda qolgan qanday narsalarga sunnat deyilishi,hadislardagi insoniyatga foydasi teguvchi so’zlar haqida yozilgan.
Bor yo’g’i bir betgina bo’lgan xotimada muallif hazratlari ushbu kitob hali yo’lning boshidagi bir asar ekanigini ta’kidlab,qiladigan ishlar ko’pligini ham sanab o’tganlar.
Qiqacha qilib aytganda,bu kitobda insofli odam uchun Allohni borligini ilmiy va aqliy tushuniladigan qilib, hech qanday etirozlarga o'rin qoldirmay obyektiv bayon qilingan.
Kitob har bir mo’min-musulmon o'qishi va tushuna olshi uchun juda qulay qilib yozilgan. Ayniqsa dinda ikkilanib turgan birodarlarimiz ushbu kitobni o'qib o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to’liq javob olishlari mumkin.Umid qilamizki,bu kitobni o'qib bo'lgach ularning oldida Islomdan boshqa maqbul variant qolmasligi shubxasizdir.
Toki,ushbu xayrli ishni davom ettirayotgan ekanmiz,Alloh taolodan ushbu ilmiy ishlarimizdagi harakatlarimizga baraka yog’dirishini so’rab duo qilib qo’yishingizni siz muxlislarimizdan iltimos qilib qolamiz.
©️"Qadrdonlar" ilmiy-ma'rifiy jamoasi Muhammadamin Ismoilov (munozara) 16:39, 23-Oktabr 2022 (UTC)
Eron Saljuqiylar hukumronligi ostida
[manbasini tahrirlash]G‘aznaviylar va saljuqiylar o‘rtasida Xuroson uchun bo‘lgan kurashning natijasi aniq bo‘lgunga qadar o‘g‘uzlarning alohida qo‘shinlari Eron ichkarisiga kirib kela boshlaydi (1021-yildan). Bu harakatlar avvaliga tabiiy yo`sinda borardi. Har bir guruh boshida tavakkalchi va jasur yo`lboshchi turardi. Xuroson saljuqiy hukmdorlar qo‘liga o‘tgach, g‘arbga harbiy yurishlar tashkiliy va tizimli tus oldi. Saljuqiy partizanlarga To‘g‘rulbek va uning amakisi Ibrohim Yinal boshchilik qilardi. Xurosonda “Sharq fotihi” sifatida Chag‘ribek qolgan edi. Bu davrgacha Eron g‘arbida turkman hujumlariga qarshi tura oladigan siyosiy va harbiy kuch mavjud emas edi. 1040-1050-yillar oralig‘ida Eronning markaziy hududlaridan Ray, Isfahon, Hamadon va boshqalar saljuqiy sarkardalar tomonidan egallangan edi. Bu davrda Ray To‘g‘rulbek davlatining poytaxti bo‘ldi.1055-yilda To‘g‘rulbektomonidan Bog‘dodning egallanishi muhim bosqich sanaladi. Buiylar sulolasining mazkur oxirgi tayanchining qulashi Saljuqiylar uchun Xuzistonga yo`l ochib beradi. Butun Eron saljuqiylar tomonidan egallanadi. To‘g‘rulbekBog‘dodni egallagach, uning nomi xutbada xalifa tomonidan o‘qiladigan bo‘ladi. To‘g‘rulbek xalifa Qoimga sulton rutbasini beradi va uning nabirasiga uylanadi. Xalifaning diniy hokimiyati oldingidek o‘zida saqlanib qoladi. Shaxrizod Ochilov (munozara) 16:57, 7-Dekabr 2022 (UTC)
Eron tarixi (o‘quv qo‘llanma). − T.: 2016. Mualliflar guruhi: Qodirov Zikrilloxon Musoxonovich Xamidov Xayrulla Xudoyorovich Qalandarov Mirzajon Sitmamatovich Rashidov Rustam Rasulovich Mas’ul muharrir: s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich Taqrizchilar: Shodmonova Sanobar Bazarbaevna– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori AbdullayevUlug‘bek Artikbayevich– Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi ToshDShI Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (2016 yil Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:01, 7-Dekabr 2022 (UTC)
Nizomulmulk
[manbasini tahrirlash]Alp Arslon va Malikshohning mashhur vaziri, mutafakkir, “Nizomulmulk” faxriy unvoni sohibi Abu Ali Hasan Tusiy Eron amaldorlari orasida taniqli shaxslardan biri bo‘lgan. Alp Arslon va Malikshoh davrida tashqi siyosatni yuritgan Nizomulmulk ayni paytda mamlakatning moliyaviy va fuqarolik ishlariga ham javobgar bo‘lgan. Nizomulmulk qalamiga mansub mashhur “Siyosatnoma” (“Boshqaruv haqida kitob”) risolasi mamlakat siyosati xarakteristikasida muhim o‘rin tutadi.Ushbu asarda Nizomulmulk Eron davlatining an’anaviy markazlashuvini yoqlab chiqadi, o‘sha davrga nisbatan yaqin o‘tmishda hukmronlik qilgan G‘aznaviylar, Somoniylar, Buiylar va alohida ulkan Sosoniylar davlatini misol tariqasida keltirib o‘tadi. U mazkur mamlakatlar siyosatini mukammal deb baholaydi va feodal tarqoqlikka nisbatan keskin fikrlar bildiradi. Ammo muallifning markazlashuv haqidagi qarashlari feodal taraqqiyot qonun-qoidalariga mos kelmaydi va shu sababdan yuksak bahonlanmaydi. Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:30, 7-Dekabr 2022 (UTC)
Eron tarixi (o‘quv qo‘llanma). − T.: 2016. Mualliflar guruhi: Qodirov Zikrilloxon Musoxonovich Xamidov Xayrulla Xudoyorovich Qalandarov Mirzajon Sitmamatovich Rashidov Rustam Rasulovich Mas’ul muharrir: s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich Taqrizchilar: Shodmonova Sanobar Bazarbaevna– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori AbdullayevUlug‘bek Artikbayevich– Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi ToshDShI Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (2016 yil Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:01, 7-Dekabr 2022 (UTC) Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:30, 7-Dekabr 2022 (UTC)
Eronda Ismoiliylar hukumronligi .
[manbasini tahrirlash]Saljuqiylar istilosi va feodal zug‘umlarning ortib borishi natijasida Eronda qarama-qarshiliklar keskinlashdi. XI–XII asrlardan saljuqiylar hokimiyatiga qarshi muxolifat diniy tarafdan o‘z asosini topdi. Sunniylarning fikricha, shialar bid’atchi edi. Eronda XI asrdagi Ismoiliylar harakatiningijtimoiy asoslari tadqiqotchilar tomonidan hali to‘liq tadqiq qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra, Ismoiliylar hunarmandlarga, shahar kambag‘allariga va tog‘li hududlardagi dehqonlarga tayangan. Eronga Ismoiliylar tariqatini yoygan shaxs Misr ismoiliy xalifalarining vakili Xasan ibn Sabboh edi. “Tog‘lik pir” nomini olganXasan ibn Sabbohqarorgohi keyinchalik Alamut uni vorisiga aylandi. Ismoiliylarning nufuzi ularning tariqati, siyosiy maqsadi va diniy aqidaparastligi tufayli juda oshib ketdi. E’tibor va ehtiyotkorlik bilan tayyorlangan Ismoiliy targ‘ibotchilarig‘oyaviy tayyorgarlik va uzoq tekshiruvdan so‘ngtariqatning birinchi bosqichini bosib o‘tishgan. Barcha bosqich 7 ta bo‘lgan, eng yuqori martabaga erishganlar “tog‘lik pir”ning yaqin yordamchilariga aylanishgan. Bunday martabaga erishganlar juda kamchilikni tashkil qilib, ko‘pchilik birinchi yoki ikkinchi bosqichda bo‘lgan. Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:44, 7-Dekabr 2022 (UTC)
Eron tarixi (o‘quv qo‘llanma). − T.: 2016. Mualliflar guruhi: Qodirov Zikrilloxon Musoxonovich Xamidov Xayrulla Xudoyorovich Qalandarov Mirzajon Sitmamatovich Rashidov Rustam Rasulovich Mas’ul muharrir: s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich Taqrizchilar: Shodmonova Sanobar Bazarbaevna– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori AbdullayevUlug‘bek Artikbayevich– Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi ToshDShI Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (2016 yil Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:01, 7-Dekabr 2022 (UTC) Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:47, 7-Dekabr 2022 (UTC)
Xashishiyun
[manbasini tahrirlash]arabchada - xashishiyun “gashish kashandalari” degan ma'noni angalatadi .Bu so‘z salibchilar tomonidan “assasin” shaklida buzib aytilgan hamda fransuz va italyan tiliga “qotil” sifatida kirib kelgan. Alamutdagi Ismoiliylar nasha o‘simligi gashishdan uyqu keltirish, jannat bog‘lari, go‘zallarni ko‘rish uchun foydalanayotganlari haqida mish-mish tarqaladi. Shafqatsiz ta’qiblar ham ismoiliylik faoliyatining to‘xtashiga olib kelmadi. 1092-yili ular tomonidan Nizomulmulk va keyin uning o‘g‘li o‘ldirildi. Ismoiliylik qurbonlari ro‘yxati juda ko‘p: Fatimiylar xalifalaridan biri, ikki Abbosiylar xalifasi, musulmon ulamolari, amirlar, Suriyadagi salibchilar yetakchisi va boshqalar. Vaqt o‘tgani sari Alamutdagi Ismoiliyylar hokimiyatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi, feodal aloqalar kuchaydi. Ismoiliylar yaqin oradagi mustahkam qal’alarni zabt etdilar, dehqonlar bilan yaqin aloqa o‘rnatdilar va karvon savdosi bilan shug‘ullana boshlashdi. Ismoiliylar hokimiyati endilikda diniy tariqat va ismoiliylik aqidalariga bepisand oddiy feodallarga qoldi. XIII asr boshlarida Alamut davlati oddiy feodal davlatga aylanib qoldi. Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:54, 7-Dekabr 2022 (UTC)
Eron tarixi (o‘quv qo‘llanma). − T.: 2016. Mualliflar guruhi: Qodirov Zikrilloxon Musoxonovich Xamidov Xayrulla Xudoyorovich Qalandarov Mirzajon Sitmamatovich Rashidov Rustam Rasulovich Mas’ul muharrir: s.f.n. Abdullayev Nodir Abdulhayevich Taqrizchilar: Shodmonova Sanobar Bazarbaevna– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori AbdullayevUlug‘bek Artikbayevich– Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi ToshDShI Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (2016 yil Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:01, 7-Dekabr 2022 (UTC) Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:30, 7-Dekabr 2022 (UTC) Shaxrizod Ochilov (munozara) 17:55, 7-Dekabr 2022 (UTC)