Kontent qismiga oʻtish

Poshsha Mahmudova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Poshsha Mahmudova
 Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi vazifasini bajaruvchi
Mansab davri
28-fevral 1943-yil – 21-mart 1943-yil
Oʻtmishdoshi Yoʻldosh Oxunboboyev
Vorisi Abduvali Moʻminov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Gurlan tumani, Xorazm viloyati
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Poshsha Mahmudova (1918-2006.12.04) — sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorazm viloyati hozirgi Gurlan tumani hududida, kambag'al dehqon oilasida tugʻilgan. KPSS aʼzosi[1].

11 yoshidan dalada mehnat qila boshlagan.1934-1951 yillarda Gurlan rayonidagi V.I. Lenin nomli kolxozda zveno boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 1938 yilda Gurlan rayon ijroiya qo‘mitasi raisi,  1940 yilda Xorazm viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi etib tayinlangan [2].

1942 yildan O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisining o‘rinbosari. 1943 yilning 28 fevralidan 21 martiga qadar O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi vazifasini bajargan, so‘ngra 1946 yilga qadar yana o‘rinbosar sifatida faoliyatni davom ettirgan. 1937 yilda 1 chaqiriq SSSR Oliy Sovetiga saylangan ilk xorazmlik deputat[3].[4]. SSSR Oliy Sovetining II chaqiriq deputati.

Fidokorona mehnatlari tufayli 1938 yilda Lenin ordeni va “Hurmat belgisi” ordenlari  bilan taqdirlangan.[5]

  1. archontology.org, soviet_uzbekistan, 00.1938.9
  2. Лучшие люди нашей страны – кандидаты в депутаты Верховного Совета СССР // Правда Востока. – 1946.1.02. – №23. – С. 3.
  3. Биринчи депутат ҳузурида // Совет Ўзбекистони. – 1970.1.02. – №26. – Б.3.
  4. „Cписок депутатов Верховного Совета СССР 1-го созыва“.
  5. Биринчи депутат ҳузурида // Совет Ўзбекистони. – 1970.1.02. – №26. – Б.3.