Kontent qismiga oʻtish

Poyandabiy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Poyandabiy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Poyandabiy madrasasi jome masjidi ichida joylashgan bo‘lib, 11 hujradan tashkil topgan, hijriy 903-yili (1497 – 1498) Poyandabiy otaliq turkman ibn Qosimbiy turkman tomonidan qurilgan. Uchinchi darajali oliy toifaga mansub o‘quv maskani bo‘lgan. Vaqfli, bir nechta hujjati mavjud. Ulardan biri hijriy 1024-yili zulhijja oyining 28-kuni (1616-yil 18-yanvar') tuzilgan. Poyandabiy otaliq Ark yo‘lining sharqiy tarafida 10 hujrali madrasa qurdirgan. Unga Nasaf viloyatidagi Halima va To‘ra, Samarqandning Shovdar, Buxoroning Faraviz tumanidagi Panob mavzelarida 2 ming tanobdan oshiq yer va boshqa mulklarini vaqf qilgan. Madrasada bir nafar mudarris dars o‘tgan. Hujralarda 2 nafardan talaba- yashagan, ularga mazkur vaqf hosilidan yiliga 24 tangadan haq berilgan. Ushbu o‘quv dargohining faoliyatiga doir yana uchta hujjat saqlanib qolgan. Birida Poyandabiy otaliq masjidi hujralari mudarrisi mulla Mirzo Mahmud vafot etgani va uning o‘rniga Muhammad Nazar parvonachi madrasasining uch nafar mudarrisidan biri mulla Hamza o‘tishdan umidvor bo‘lib, hazrati oliyni duo qilayotgani aytilgan. Maoshi 90 – 100 tilla atrofida bo‘lgan. Ikkinchi hujjatda bu joyda banoras to‘nli mulla Tangriberdi dars o‘tgani qayd etilgan. Uchinchi hujjatda qori To‘raxoja, Mahmudxoja, Jo‘raboy ismli talabalar rishta dardiga yo‘liqqani qayd etilgan.