Prince Vladimir (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prince Vladimir (ruscha: Knyaz' Vladimir) - 2006-yilda su'ratga olingan milliy-animatsion filmdir. Bu film X asrning oxirida Kiyevdagi rus aholisini xristian diniga da'vat qilgan rus shohi Vladimir haqida. Hikoyaning sevgiga oid qismlari bolalar uchun moslashtirilgan va fantaziy qismlar bilan toʻdirilgan.

Voqealar rivoji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmda Vladimirning bolaligidan voyaga yetgan vaqtlarigacha boʻlgan davri tasvirlangan.

Filmning boshida qadimgi Rossiyada uchta butparast shahzodalar hukumronligi tasvirlangan: volkhvy donishmand ruhoniylari rahnamoligida Novgorodlik Vladimir, Dreliniyalik Oleg va Yaropolk hukmrolik qilgan. Volkhvylardan birining kuchli shogirdi oʻz xoʻjayinini oʻldirib va uni la'natlab, unga "Krivja" ("qiyshiq" degan ma'noni anglatadi) nomini qo'ymaguncha, u yer tinch edi. Oliy ruhoniy hukmronlikka intilib , Pecheneg xoni Kurya bilan til biriktiradi, slavyan shahzodasining obroʻsizlantirish uchun slavyan qishloqlarini talon-taroj qiladi. Krivja Vladimirning shafqatsiz boʻlishiga ham ta'sir qilagan. Vladimir Olegni oʻldirishda ayblanadi , ammo akasi Yaroplkni oʻldirishga harakat qiladi.

Vladimir ukasi Yaropolkni amakisi Dobrynya tomonidan o'ldirilganidan afsuslanadi shu sababli, ruhoniy va pecheneglar oʻrtasidagi fitnadan shubhalanmaydi. Vladimir slavyan qabilalarini birlashib bir davlat toʻplashidan xavotirlanadi. Bu vazifani hal qilishda u toʻsiqlarga duch keladi va ancha qiynaladi, Vladimir oxirida Krivjani magʻlub etib, Kuryaga qarshi jangda ham gʻalaba qozonadi.

Aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Prince Vladimir - afsonaviy qirol Olganing nevarasi va buyuk qoʻmondon Svyatoslavning oʻgʻli.
  • Krivzha - shahzoda Vladimirning bosh jangchi xudosi Rim Papasi Perun nomidan ruhoniylik qilgan sehrgardir , lekin aslida boshpana topish uchun u oʻzini mahoratli va kuchli koʻrsatadi. Krivzha oʻz xoʻjayinini oʻldirilganligi uchun la'natlangan va u atrofdagilardan nafratlanadi. U niqob oʻragan holda yomon ishlar qilganligi aniqlangan , ammo uni bu niqobda koʻrganlar qaytib topilmagan.
  • Aleksey (Aleksha) - qiziquvchan va aqlli yigit. Ota-onasini yoʻqotgach , buvisi tomonidan tarbiyalanadi. Otasi oʻldirilgandan soʻng uni Pecheneg elchis qul sifatida olib ketadi , uni boy va oliyjanob Anastasius sotib oladi va Konstantinopol imperatorga olib boradi. Keyinchalik u Rossiyaga qaytib, Krivzxaning odamlariga asirlikka tushadi va u yerdan qochadi.
  • Kurya - Pecheneglar boshligʻi. Vladimirning otasi shahzoda Svyatoslav bilan dushman boʻlgan. Oʻshandan buyon, u yarim- yovvoyi stepa qabilalarining shafqatiz imperatoridir. Rossiya hudulariga bostirib kirishni rejalashtiradi va Kiyevni bir necha marotaba egallaydi.
  • Boyan - ulugʻ va mehribon qariya. Krivzxadan farqli oʻlaroq, u ochiq koʻngil butparast, "ulugʻvor daraxtzor" ular tabiatning bir qismi boʻlib, Boyan tirik daraxtlar bilan gaplasha olish qobiliyatiga ega boʻlgan va ularga ibodat qilgan. Uning ishchilari - uydagi oʻsimliklarni va daraxt turlarini yaxshi biladigan ayollar boʻlgan. Boyan qadimgi Slaviylar donolik va ochiqkoʻngillilik ramzi hisoblangan.
  • Dobrynya - yo'lboshchi, shahzoda Vladimirning ukasi va o'qituvchisi. Qattiqqoʻl va haqiqatgoʻy. U juda kuchli jangchi va yosh shahzodalarga sodiq boʻlgan. Slaviy qo'shinlarning rahbari hisoblangan.
  • Qizil sochli Olaf - jasoratli va shafqatsiz boʻlib , Norvegiyaning dengiz hukumdori Harald the Blue Teeth qoʻshinlarining yoʻlboshchisi edi. Urushda gʻalaba qozonish fikrida qat'iy turigb oladi va dengiz hukumdorini tark etib , shahzoda Vladimirga xizmat qilishga qasam ichadi.
  • Hoten va Kostyanin - aka - ukalar, Boyanning oʻgʻillari. Ikkalasi ham devday yigitlar. Doimo birga, va har doim jasoratlari bilan maqtanishni xohlaydilar.
  • Olga - Waywode Dobrynyaning qizi. Oʻsmirlik chogʻida onasidan ayrilgan, oʻyinqaroq va xushchaqchaq qiz boʻlgan.
  • Giyar - Pecheneglar boshligʻi Kuryaning oʻgʻli. U kamtarin kishi boʻlib va Alexeiga azaliy dushmani boʻlgan.
  • Anastasius - Byzantine imperatorining maslahatchisi. U Alexeini sobiq xoʻjayinidan sotib olib , Xristian dinida tarbiyalaydi.
  • Byzantine imperatori - Rossiyaga raqib yoki dushman emas , ittifoqchi boʻlgan, sharqiy barbaryanslarning xristian dinidagi odamlarlari uchun kuchli himoyachi boʻlgan.
  • Anna - Byzantine imperatori qizi va goʻzallik timsoli boʻlgan Byzantine imperatorlari Basil II va Konstantin VIII ning singlisi boʻlgan. Aqlli va magʻrur qiz hisoblangan.
  • Yaropolk - Vladimirning katta akasi va hokimyatga erishish yoʻlida kuchli iroda sohibi boʻlgan.

Filmning kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmni ishlab chiqarish 1997-yilda boshlangan boʻlib , asar sodir boʻlgan davrning urf-odatlari va dizaynini o'rganish bilan boshlangan. Dastlabki voqealar 30 daqiqali qisqa metrajli film orqali namoyon qilinishi kerak edi, lekin ba'zi sabablarga koʻra bu bekor qilindi. Shahzoda Vladimirn filmining birinchi namoyishi 2000-yil 17-aprelda Rossiya madaniyat jamgʻarmasida boʻlib oʻtdi. Koʻp oʻtmay, ish qizgʻin tus olib ketdi va film uchun 120 ga yaqin animator jalb qilindi. 2002-yil Annesi xalqaro animatsion filmlar festivalida shahzoda Vladimir filmi dunyoning eng yaxshi 12 ta animatsion filmlari qatoriga kiradi [1] . Filmning ilk taqdimoti rasman 2006-yil 3-fevralda Moskvada boʻlib oʻtadi [2]. 2006-yil esa matbuot xodimlari uchun film qayta namoyish etilgan[3].

"Shahzoda Vladimir - Qudrat" (Knyaz' Vladimir. Podvig) deb nomlanuvchi filmning navbatdagi qismi 2008-yil chiiqishi rejalashtirilgan edi , ammo keyinchalik ham chiqartirilmagan[4].

Qabul qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpchilik bu filmni Melnitsa animatsion studiyasi tomonidan yaratilgan "3 Bahodir " trilogiyasining bir qismi deb oʻylaydi (trilogiyaning ikkinchi filmi Dobrynya Nikitich va Zmey Gorinich 16-martda namoyish etilishi kerak edi) va xayron qoladilar. va filmni jiddiy qabul qila boshlaydilar. Tanqidiy qarashlar va jiddiylik aralashdi. Tanqidchilar filmning san'ati va animatsiyasini yuqori baholaydilar, lekin uni tarixiy davrni notoʻgʻri tanlangan va uning bosh homiysi - Rus pravoslav cherkoviga mafkuraviy pand-nasihatlari qilingan deya tanqid qilishdi [5].

Bu film Rossiyadagi barcha animatsion filmlar ichida eng katta baholangan animatsion film deya topiladi , chiqarilganidan beri 5,8 million dollar pul topadi [6] va Rossiya (Madagaskar va Flushed Away dan soʻng) uchinchi eng koʻp daromad keltirgan animatsion filmi hisoblanadi [7][8]. Filmni yaratish uchun 5 million dollar pul sarflandi, shuning uchun film koʻp pul yoʻqotgan yoki shunchaki pul sarflagan deb topiladi [9].

Ovoz bergan aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor Rol (lar)
Sergei Bezrukov Shahzoda Vladimir
Aleksandr Barinov Krivzha
Lev Durov Boyan
Igor Yasulovich Volkhv
Vladimir Gostiyukin Qizil sochli Olaf
Dmitriy Nazarov Dobrynya
Yuri Berkun Kurya
Tomas Shlekker Aleksey
Lisa Martirosova Olga
Kolya Rastorguev Shahzoda Giyar
Aleksey Kolgan Kosnyatin va Khotyon
Vladimir Antonik Bizans imperatori
Irina Bezrukova Qirolicha Anna
Aleksandr Ryzhkov Maslahatchi
Vasiliy Dakhnenko Anastasiy
Anatoliy Beliy Shahzoda Yaropolk
Anna Kamenkova Qirolicha Olga
Aleksandr Pinegin Alexeining buvisi
Vladimir Vikrov hikoya qiluvchi

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshimcha havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Prince Vladimir (rus). Rossiya kinoteatri. 2007-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „КАЛЕНДАРЬ КИНОСОБЫТИЙ“ (ru). www.intermedia.ru (2006-yil 2-fevral).
  3. „Shaxsiy multfilmlar“ (ru). www.kommersant.ru (2006-yil 7-fevral).
  4. „Bolalar va Muyltfilm oʻrtasiga chegara chizilsa nima boʻladi.“ (ru). Muxlislar .ru. Sank-Piterburg kinoteatri (2006-yil 21-fevral). Qaraldi: 2024-yil 16-mart.
  5. Prince Vladimir (ru). SQD.ru. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Vasileva. „Smeshariki“ (ru). Rbcdaily.ru (2007-yil 24-yanvar).
  7. „Russia - CIS Box Office, 2006-yil 16-19 mart“. Box Office Mojo.
  8. Smolchenko, Anna. „Disney Looks to Reanimate Russian Cartoon Sector“. The St. Petersburg Times (2006-yil 2-may).
  9. „Князь Владимир: кассовые сборы“. www.kinopoisk.ru.