Kontent qismiga oʻtish

Prokariot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Prokariotlardan yoʻnaltirildi)
Prokariot bakteriya hujayrasi

Prokariotlar (lotincha: Pro — oldingi, ilgarigi va karion — yadro) — hujayrasida membrana bilan chegaralangan yadrosi boʻlmagan organizmlar. Prokariotlarga bakteriyalar, sianobakteriyalar, arxebakteriyalar kiradi. DNK, oqsil va RNKdan iborat yadro apparati sitoplazmada ochiq joylashgan. Genetik sistemasi (genofor) hujayra membranasiga yopishgan boʻlib, primitiv xromosomaga mos keladi. Koʻpayishda genoforning har qaysisi hujayra membranasi bilan birga yangi hujayralarga oʻtadi. Mitoz boʻlmaydi, xloroplastlar, endoplazmatik toʻr, mitoxondriyalar, Golji apparati, sentriollar uchramaydi.Hujayra devori asosi glikopeptid murendan iborat. Ribosomalari ancha kichik, eukariotlar xromosomalaridan oqsil soni va sedimentatsiya koeffitsiyenti bilan farq qiladi. Prokariotlar bir qator oʻziga xos spetsifik fiziologik jarayonlar, mas, havodan molekulyar azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Ayrim karashlarga binoan, Prokariotlar eukariot ajdodlari bilan birga eng qad. hayvonlarga kiritiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil