Kontent qismiga oʻtish

Prosopagnoziya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Prosopagnosia (yunoncha prósōpon — „yuz“ va agnōsía — „bilmagan“ degan maʼnoni anglatadi) yuz qiyofasini idrok etishning kognitiv buzilish sindromi boʻlib, unda tanish yuzlarni, shu jumladan oʻz yuzini tanib olish qobiliyati (oʻz-oʻzini tanish layoqati) buzilgan boʻladi, ammo boshqa vizual jarayonlar (masalan, obyekt diskriminatsiyasi) va intellektual faoliyat (masalan, qaror qabul qilish layoqati) saqlanib qoladi. Bu atama dastlab miyaning oʻtkir shikastlanishidan keyingi holatni (orttirilgan prosopagnoziya) ifodalash uchun qoʻllangan, ammo kasallikning tugʻma yoki oʻsish jarayonida rivojlanuvchi shakli ham mavjud boʻlib, uning bunday turlari tarqalishi 2,5 % ni tashkil qiladi[1]. Odatda miyaning fusiform girus[2] sohasi prosopagnoziya sindromiga aloqador boʻladi, chunki aynan shu soha yuz qiyofalariga javoban faollashadi. Fusiform girusning funksionalligi koʻpchilik odamlarga murakkab jonsiz narsalardan koʻra yuz qiyofalarni batafsilroq tanib olish imkonini beradi. Prosopagnoziya sindromi boʻlganlar yuzlarni tanib olishlari uchun sezuvchanligi past obyektni tanish metodidan foydalanishlari mumkin. Oʻng yarim sharning fusiform girusi chapga qaraganda tanish yuz qiyofalarini anglab olishda koʻproq ishtirok etadi. Fusiform girus faqat inson yuzlarini tanib olishda ahamiyatga egami yoki yuqori darajada rivojlantiriladigan vizual stimullar jarayonida ham ishtirok etadimi, bu hali aniq emas.

Orttirilgan prosopagnoziya oksipito — temporal lobning shikastlanishidan kelib chiqadi. Bu koʻpincha kattalarda uchraydi. Orttirilgan prosopagnoziya appertseptiv va assotsiativ prosopagnoziyaga boʻlinadi. Tugʻma prosopagnoziyada shaxs hech qachon yuzlarni tanib olish qobiliyatini yetarli darajada rivojlantirolmaydi[3].

Davolash uchun bir qancha urinishlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, hech qanday terapiya prosopagnoziklar guruhida doimiy davo natijasini koʻrsatmadi. Prosopagnoziklar koʻpincha qiyofalarni „boʻlak-boʻlak“ yoki „xususiyatlar boʻyicha“ tanish strategiyalaridan foydalanishni oʻrganadilar. Bu kiyim, yurish, soch rangi, terining rangi, tana shakli va ovozi kabi ikkilamchi belgilarni oʻz ichiga olishi mumkin. Yuz xotirada muhim identifikatsiya qiluvchi xususiyat boʻlib xizmat qilganligi sababli, bunday kasallikka chalingan odamlar uchun shaxslar haqidagi maʼlumotlarni kuzatib borish va boshqalar bilan normal muloqot qilish qiyin boʻlishi mumkin. Prosopagnoziya, shuningdek, boshqa miya sohalari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa kasalliklarga ham aloqador boʻlishi mumkin: chap hemianopsiya (chap tomondan koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi, oʻng oksipital lobning shikastlanishi bilan bogʻliq), akromatopsiya (rangni idrok etish qobiliyatidagi buzilishlar, temporo-oksipital birikmadagi ikki tomonlama shikastlanishlar bilan bogʻliq) va topografik disorientatsiya (atrof-muhitni idrok qilish va tanib olish qobiliyatini yoʻqotish, oʻng yarim sharning parahipokampal girusning orqa qismidagi va til girusining old qismidagi shikastlanishlar bilan bogʻliq)[4].

Prosopagnoziyaning aksi bu yuzni tanib olishdagi kuchli qobiliyatidir. Bunday qobiliyatga ega odamlar „super tanuvchilar“ deb ataladi[5].

Apperceptive (Apperseptiv)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Appertseptiv prosopagnoziya atamasi odatda yuzni idrok etish tizimidagi eng dastlabki jarayonlar bilan orttirilgan prosopagnoziya holatlarini tasvirlash uchun ishlatilgan. Apperseptiv prosopagnoziyada oʻng oksipital temporal mintaqalar hal qiluvchi rol oʻynaydigan miya sohalari hisoblanadi[6]. Ushbu kasallikka chalingan odamlar yuz qiyofalarni idrok eta olmaydilar, ularga turli xil yuzlarning rasmlari koʻrsatilganda ularni „oʻxshash va farqli“ qiyofalarga ajratib berolmaydilar. Bunday sindromga ega odamlar tanish va notanish yuzlarni farqlay olmaydilar. Bundan tashqari, prosopagnoziyaning ayrim sub-apperseptiv turlarida yuz emotsiyalarini anglay olmaslik holatlari ham kuzatiladi[7]. Biroq, ular odamlarni kiyimi, soch turmagi, teri rangi yoki ovozi kabi yuzga aloqador boʻlmagan elementlarga qarab taniy olishlari mumkin[8]. Apperseptiv prosopagnoziya fusiform girusdagi maʼlum buzilishlar bilan bogʻliq deb ishoniladi[9]. Katta yoshdagilar bilan oʻtkazilgan yuzga oʻxshash stimullar (mushuklarning yuz qiyofalarini farqlashini oʻrganish) boʻyicha yangi yuz detektorlarini shakllantirish ustidagi tajribalar shuni koʻrsatdiki, bunday yangi detektorlar fusiformda emas, balki til girusida hosil boʻlar ekan[10].

Assotsiativ prosopagnoziya atamasi odatda orttirilgan prosopagnoziyaning idrok etish jarayonlari saqlanib qolgan, ammo yuzni erta idrok etish jarayonlari va odamlarning xotiradagi semantik maʼlumotlari oʻrtasidagi aloqalar buzilganligini tasvirlash uchun ishlatiladi. Oʻng oldingi temporal mintaqalar ham assotsiativ prosopagnoziyada muhim rol oʻynashi mumkin[6]. Kasallikning ushbu shakliga ega boʻlganlar odamlarning yuzlari fotosuratlari bir xil yoki boshqacha ekanligini aniqlashlari hamda yosh va jinsni yuz orqali farqlay olishlari mumkin (bu ular yuz qiyofalariga oid maʼlumotlarini tushunishlari mumkinligini koʻrsatadi), lekin keyinchalik aynan oʻsha odamlarni taniy olmaydilar, ularning ismi, kasbi yoki oxirgi marta qachon uchrashganligi kabi maʼlumotlarni ayta olishmaydi[6]. Assotsiativ prosopagnoziya, parahipokampal girusning faoliyati buzilganligi bilan bogʻliq deb hisoblanadi[11].

Rivojlanuvchi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rivojlanuvchi prosopagnoziya (Developmental Prosopagnosia / DP), shuningdek, kongenital prosopagnoziya (CP) deb ham atalib, bu prosopagnoziyaning umrbod davom etadigan, erta bolalik davrida namoyon boʻladigan va orttirilgan miya shikastlanishi bilan bogʻliq boʻlmagan turidir. Rivojlanuvchi prosopagnoziya hayotning ilk davrida boshlangan boʻlsa-da, koʻp odamlar hayotining oxirigacha oʻzlarida DP sindromi borligini anglamaydilar. Bir qator tadqiqotlar EEG oʻlchovlari va fMRI asosida DP sndromida funktsional nuqsonlar boʻlishini aniqladi. Kasallikning paydo boʻlishiga irsiy omil sabab boʻlishi taxmin qilinmoqda. „Irsiy prosopagnoziya“ atamasi ham kiritilgan boʻlib, agar oilaning bir nechta aʼzolarida DP kuzatilsa, bu holatning mumkin boʻlgan genetik hissasiga urgʻu beriladi. Ushbu ehtimoliy genetik omilni tekshirish uchun tasodifiy tanlangan 689 talabalar bilan soʻrovnoma oʻtkazdi, unda miqdoriy jihatdan oʻn yettita rivojlanuvchi prosopagnoziya holatlari aniqlandi. DP kuzatilgan qatnashchilarning 14 tasi bilan oila aʼzolarida ham kasallik alomatlari bor-yoʻqligini aniqlash uchun suhbat oʻtkazildi. Ularning har birida kamida bir nafar oila aʼzosida ushbu sindrom alomatlari borligi maʼlum boʻldi[12].

2005-yilda Ingo Kennerknecht boshchiligidagi tadqiqot prosopagnoziyaning tavsiya etilgan tugʻma buzilish shakli mavjudligini aniqladi. Ushbu tadqiqot tugʻma prosopagnoziya koʻpincha oilalarda tez-tez uchraydigan kognitiv kasallik ekanligini epidemiologik dalillar bilan taʼminlaydi. Tadqiqot davomida shakllangan izchil tahlillar, shuningdek, irsiy prosopagnoziya (HPA) ning segregatsiya shakli autosomal dominant oʻtishga toʻliq mos kelishini koʻrsatadi. Oʻtishning bu usuli HPA nima uchun maʼlum oilalar orasida keng tarqalganligini tushunishga yordam beradi (Kennerknecht va boshq. 2006)[13].

Prosopagnoziya pastki oksipital sohalarning turli qismlarida (oksipital yuz sohasi), fusiform girus (fusiform yuz maydoni) va old temporal korteksning turli qismlaridagi shikastlanishlar tufayli yuzaga kelishi mumkin[6]. Pozitron emissiya tomografiyasi (PET) va fMRI skanerlari prosopagnoziyasi boʻlmagan odamlarda bu sohalar yuz stimullariga javoban faol ekanligini koʻrsatdi[4]. Pastki oksipital sohalar asosan yuzni idrok etishning dastlabki bosqichlarida ishtirok etadi va oldingi temporal tuzilmalar tanish odamning yuzi, ovozi va ismi haqidagi aniq maʼlumotlarni birlashtiradi[6].

Orttirilgan prosopagnoziya bir nechta nevrologik zarar yetkazuvchi sabablar natijasida rivojlanishi mumkin. Prosopagnoziya posterior miya arteriyasi infarkti (PCAI) va temporo-oksipital sohaning infero-medial qismida qon ketishi sababli ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlar ikki tomonlama yoki bir tomonlama boʻlishi mumkin, ammo bir tomonlama boʻlsa ham, deyarli har doim oʻng yarim shar qismida yuzaga keladi[4]. Soʻnggi tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, oʻng yarim sharning yuqorida aytib oʻtilgan temporo-oksipital sohalarga zarar yetishi prosopagnoziyani keltirib chiqarish uchun yetarli boʻladi. Prosopagnoziya bilan ogʻrigan bemorlarning MRI tekshiruvi oʻng yarim sharda izolyatsiya qilingan jarohatlar borligini, fMRI skanerlash esa chap yarim sharning normal ishlashini koʻrsatdi[4]. Bir tomonlama chap temporo-oksipital shikastlanishlar obyekt agnoziyasiga olib keladi. Chap yarim sharning shikastlanishi natijasida yuzni tanib olish layoqatining bu tarzdagi buzilishlari vizual modallikdan shaxsga xos semantik maʼlumotni olishga xizmat qiluvchi miyaning qidirish jarayonlarini bloklaydigan semantik nuqson bilan bogʻliqligi taxmin qilingan[6].

Boshqa kamroq tarqalgan etiologiyalarga uglerod oksidi bilan zaharlanish, temporal lobektomiya, ensefalit, neoplazma, oʻng temporal lob atrofiyasi, shikastlanish, Parkinson kasalligi va Altsgeymer kasalligi kiradi[4].

Prosopagnoziyani aniq tashxislashi mumkin boʻlgan bir nechta neyropsikologik mezonlar mavjud. Koʻp ishlatiladigan testlardan biri mashhur qiyofa testlari boʻlib, unda odamlardan taniqli shaxslarning yuzlarini tanib olishlari soʻraladi. Biroq, bu testni standartlashtirish qiyin. Benton Facial Recognition Test (BFRT) neyropsixologlar tomonidan yuzni tanib olish koʻnikmalarini baholash uchun qoʻllaniladigan yana bir testdir. Shaxslarga oltita yuz tasviri va bitta alohida surat koʻrsatiladi va ulardan qaysi qiyofa shu suratdagi yuzga oʻxshash ekanligi soʻraladi..Suratlarda sochlar va kiyimlar koʻrsatilmaydi, chunki prosopagnoziya bilan ogʻrigan koʻplab odamlar yuzlarni tanib olish uchun soch va kiyim belgilaridan foydalanadilar. Sinov davomida erkak va ayol yuzlaridan foydalaniladi. Dastlabki oltita surat uchun faqat bitta mos yuz surati beriladi. Keyin esa, ularning soni 3 taga yetkaziladi, ammo suratlardagi qiyofa pozalari turlicha boʻladi. Duchaine va Nakayama tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijasida avvaldan prosopagnoziyaga chalingani aniq boʻlgan 11 ishtirokchi uchun ham oʻrtacha mezon normal diapazonda ekanligini koʻrsatganda, BFRT ning ishonchliligi haqida shubhalar paydo boʻldi[14]. Buning sabablaridan biri testni ishlab chiqish usuli boʻlishi mumkin. Rivojlanuvchi prosopagnoziyasi boʻlgan odamlar koʻpincha qismli strategiyalardan foydalanadilar, bu test muayyan yuzni unga mos keladigan boshqa yuz qiyofalar bilan solishtirishga yordam beradi. Sinov qiyinlashgan sari, joylashuv va yorugʻlik tufayli yuzning koʻproq jihatlari xiralashib boraveradi, natijada sinovdan oʻtayotgan odam belgilangan yuz qiyofasiga mos yuzni topish uchun individual elementlarni qidira boshlaydi[7].

Sinov apperseptiv prosopagnoziya bilan ogʻrigan bemorlarga tashxis qoʻyish uchun foydali boʻlishi mumkin, chunki bu solishtirma test boʻlib, bu orqali shaxs yuzlarni farqlay oladimi yoʻqmi, aniqlab olish mumkin. Assotsiativ prosopagnoziya bilan ogʻrigan bemorlarga tashxis qoʻyish uchun bu sinov mos kelmaydi, chunki bunday bemorlar yuzlarni qiyoslash orqali aynan oʻsha paytda farqlab olishlari mumkin.

The Cambridge Face Memory Test (CFMT) Duchaine va Nakayama tomonidan prosopagnoziya bilan ogʻrigan odamlarga yaxshiroq tashxis qoʻyish uchun ishlab chiqilgan sinov turi hisoblanadi. Ushbu testda dastlab odamlarga oltita tasvir taqdim etiladi. Ulardan uchtasi asosiy yuz qiyofasiga mos, qolgan uchtasi esa, chalgʻituvchi tasvirlar boʻladi. Duchaine va Nakayama CFMT prosopagnoziyali bemorlarni tashxislashda oldingi testlarga qaraganda aniqroq va samaraliroq ekanligini isbotlab berdi. Ular ikkita testni taqqoslab sinab koʻrishdi. Natijada, bemorlarning 75 foizidagi kasallik CFMT testi orqali aniq tashxislangan boʻlsa, BFRT testi atigi 25 foiz kasallik holatlarini aniqlay olgan. Biroq, bu testda ham BFRT kabi, bemorlardan notanish yuzlarga mos yuzlarni topish soʻraladi. Bu test ham hozirda keng qoʻllanilmaydi, uni ishonchli deb hisoblash uchun hali yana qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilishi kerak[14].

20 elementli Prosopagnoziya indeksi (PI20)[15][16][17] prosopagnoziya bilan kasallangan shaxslarga tashxis qoʻyishga yordam beradigan kompyuter testlari bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin boʻlgan muqobil soʻrovnoma hisoblanadi. Soʻrovnomadagi yuzni idrok etish qobiliyatining obyektiv oʻlchovlari, shu jumladan mashhur qiyofani tanish testlari va Cambridge Face Memory Test yordamida tasdiqlangan. Umumiy aholi sonining 1,5 % dan kamrogʻi PI20 da 65 dan yuqori va CFMT da 65 % dan kam boʻlgan mezonni koʻrsatadi[17].

Umumiy qabul qilingan davolash usullari mavjud emas[18].

Insultdan keyin odamlarning yuzlarini tanib olishda qiynalayotgan odam, odatda, avvalgi layoqatini tiklashda muammolarga duch keladi[18]. Orttirilgan prosopagnoziya baʼzan oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishi ham mumkin[18].

Rivojlanuvchi prosopagnoziyaga chalingan bolalar kasallikni tushunishi va uni yengishi qiyin boʻlishi mumkin. Kuzatuvlarga koʻra, rivojlanuvchi prosopagnoziyasi boʻlgan koʻplab oʻsmirlar uzoq vaqt davomida oʻzlarida bunday nuqson borligini va boshqa odamlar insonlarni yuz qiyofalariga qarab farqlay olishlarini payqay olishmagan[19].

Bolalardagi prosopagnoziya eʼtibordan chetda qolishi mumkin; ular yuzlarni taniy olmagani uchun juda uyatchan boʻlib qolishlari yoki oʻzlarini boshqalardan olib qochishga odatlanib qolishlari mumkin. Sinfdoshlarini yuz qiyofasidan taniy olmasliklari sababli doʻstlashishda ham qiyinchilikka uchrashadi. Ular koʻpincha juda aniq, ajralib turadigan xususiyatlarga ega boʻlgan bolalar bilan doʻstlashadilar. 

Prosopagnoziyasi boʻlgan bolalar, shuningdek, telekoʻrsatuvlar va filmlarning syujetlarini kuzatishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, chunki ular turli qahramonlarni tanib olishda muammolarga duch kelishadi. Ular oddiy, ammo aniq belgilarga ega boʻlgan, doim bir xil kiyimda yuradigan qahramonlar koʻrsatilgan oʻta rang-barang multfilmlarni koʻproq tomosha qilishadi. Prosopagnoziyasi bor bolalar hatto oila aʼzolarini bir-biridan ajratish yoki odamlarni kontekstdan tashqari tanib olishda qiynaladilar (masalan, oziq-ovqat doʻkonida oʻqituvchisini koʻrsa, tanimay oʻtib ketishi mumkin)[20]. Baʼzilar guruh fotosuratlarida ham oʻzlarini tanib olishda qiynaladilar. 

Bundan tashqari, prosopagnoziya bilan ogʻrigan bolalar maktabda oʻzini noqulay his qilishi ehtimoli ham bor, chunki koʻplab maktab xodimlari prosopagnoziya haqida tushunchaga ega emas[21]. Bolalar yuzlarining maʼlumotlar bazasi va bolalarning yuzini idrok etish testlari ishlab chiqilganiga hali koʻp boʻlmadi, ammo bu manbalar yordamida maktab xodimlari bolada prosopagnoziya bor-yoʻqligini aniqlashlari mumkin boʻladi[22][23].

Taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida prosopagnoziya bilan kasallangan jamoat arboblari va boshqa taniqli odamlarning roʻyxati keltirilgan.

  • Robert Gascoyne-Cecil, Salisburyning 3-markizi[24]
  • Margaret Kerry (1929), amerikalik aktrisa, Tinker Bell modeli[25]
  • Oliver Sacks (1933—2015), Britaniyalik nevrolog olim[26]
  • Jane Goodall (1934), Ingliz primatologi[27]
  • Alan Alda (1936), amerikalik aktyor
  • Karl Kruszelnicki (1948), Avstraliyalik olim[28]
  • Chuck Close (1940—2021), amerikalik rassom[29]
  • Duncan Bannatyne (1949), shotlandiyalik tadbirkor[30]
  • Steve Wozniak (1950), amerikalik komyuter muhandisi va Apple Inc asoschilaridan biri[31]
  • John Hickenlooper (1952), AQSh senatori va Governor of Colorado rasmiysi[32]
  • Jim Woodring (952), amerikalik karikaturist[33]
  • Stephen Fry (1957), Ingliz aktyori[34][35]
  • Mary Ann Sieghart (1961), Ingliz jurnalisti va radio boshlovchisi
  • Brad Pitt (1963), amerikalik aktyor va prodyusser[36][37][38]
  • Dave Chalk (1963), Kanadalik tadbirkor
  • Markos Moulitsas (born 1971), amerikalik bloger, DailyKos.com asoschilaridan biri[39]
  • Paul Foot (born 1973), Ingliz qiziqchisi[40]
  • Shvetsiya malikasi Victoria (1977)[41][42]
  • Sara Benincasa (1980) amerikalik qiziqchi va muallif
  1. „Neural and genetic foundations of face recognition and prosopagnosia“. J Neuropsychol. 2-jild, № 1. 2008. 79–97-bet. doi:10.1348/174866407X231001. PMID 19334306.
  2. „Face blindness not just skin deep“. CNN. Qaraldi: 19-noyabr 2015-yil.
  3. „Congenital prosopagnosia: face-blind from birth“. Trends Cogn. Sci. (Regul. Ed.). 9-jild, № 4. 2005-yil aprel. 180–7-bet. doi:10.1016/j.tics.2005.02.011. PMID 15808500. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Mayer, Eugene. Prosopagnosia, 1 Olivier Godefroy: , New York: Cambridge University Press, 2007 — 315–334-bet. DOI:10.1017/CBO9780511544880.017. ISBN 978-0521842617. OCLC 468190971. Qaraldi: 2012-yil 19-dekabr.  (Wayback Machine saytida 1-iyul 2013-yil sanasida arxivlangan)
  5. Barry, Elen. „From Mountain of CCTV Footage, Pay Dirt: 2 Russians Are Named in Spy Poisoning“. The New York Times (5-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2018-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 „Differential contribution of right and left temporo-occipital and anterior temporal lesions to face recognition disorders“. Front Hum Neurosci. 5-jild. 2011. 55-bet. doi:10.3389/fnhum.2011.00055. PMC 3108284. PMID 21687793.
  7. 7,0 7,1 Biotti, Federica; Cook, Richard (2016). „Impaired perception of facial emotion in developmental prosopagnosia“ (PDF). Cortex. 81-jild. 126–136-bet. doi:10.1016/j.cortex.2016.04.008. PMID 27208814.
  8. Barton, Jason J.S.; Cherkasova, Mariya v.; Press, Daniel Z.; Intriligator, James M.; O'Connor, Margaret (2004). „Perception functions in Prosopagnosia“. Perception. 33-jild, № 8. 939–956-bet. doi:10.1068/p5243. PMID 15521693.
  9. „The fusiform face area: a module in human extrastriate cortex specialized for face perception“. J. Neurosci. 17-jild, № 11. 1-iyun 1997-yil. 4302–4311-bet. doi:10.1523/JNEUROSCI.17-11-04302.1997. PMC 6573547. PMID 9151747.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  10. Kozlovskiy, Stanislav; Popova, Alla; Shirenova, Sophie; Kiselnikov, Andrey; Chernorizov, Alexander; Danilova, Nina (2016-yil oktabr). „Formation of Face-Selective Detectors: ERP- And Dipole-Source Localization Study“. International Journal of Psychophysiology. 108-jild. 68-bet. doi:10.1016/j.ijpsycho.2016.07.223. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  11. Kozlovskiy, S.A.; Vartanov, A.V.; Shirenova, S.D.; Neklyudova, A.K. (2017). „Brain mechanisms of the Tip-of-the-Tongue state:An electroencephalography-based source localization study“. Psychology in Russia: State of the Art. 10-jild, № 3. 218–230-bet. doi:10.11621/pir.2017.0315. ISSN 2074-6857.
  12. „Hereditary Prosopagnosia: The First Case Series“ (PDF). Cortex. 43-jild, № 6. 2007. 734–749-bet. doi:10.1016/S0010-9452(08)70502-1. PMID 17710825.
  13. Kennerknecht, I.; Grueter, T.; Welling, B.; Wentzek, S.; Horst, J. R.; Edwards, S.; Grueter, M. (2006-yil avgust). „First report of prevalence of non-syndromic hereditary prosopagnosia (HPA)“ (PDF). American Journal of Medical Genetics. 140A-jild, № 15. 1617–1622-bet. doi:10.1002/ajmg.a.31343. PMID 16817175. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  14. 14,0 14,1 „The Cambridge Face Memory Test: results for neurologically intact individuals and an investigation of its validity using inverted face stimuli and prosopagnosic participants“. Neuropsychologia. 44-jild, № 4. 2006. 576–585-bet. doi:10.1016/j.neuropsychologia.2005.07.001. PMID 16169565.
  15. Shah, Punit; Gaule, Anne; Sowden, Sophie; Bird, Geoffrey; Cook, Richard (24-iyun 2015-yil). „The 20-item prosopagnosia index (PI20): a self-report instrument for identifying developmental prosopagnosia“. Royal Society Open Science. 2-jild, № 6. 140343-bet. Bibcode:2015RSOS....240343S. doi:10.1098/rsos.140343. PMC 4632531. PMID 26543567.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  16. Shah, Punit; Sowden, Sophie; Gaule, Anne; Catmur, Caroline; Bird, Geoffrey (1-noyabr 2015-yil). „The 20 item prosopagnosia index (PI20): relationship with the Glasgow face-matching test“. Royal Society Open Science (inglizcha). 2-jild, № 11. 150305-bet. Bibcode:2015RSOS....250305S. doi:10.1098/rsos.150305. ISSN 2054-5703. PMC 4680610. PMID 26715995.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  17. 17,0 17,1 Gray, Katie; Bird, Geoffrey; Cook, Richard (1-mart 2017-yil). „Robust associations between the 20-item prosopagnosia index and the Cambridge Face Memory Test in the general population“. Royal Society Open Science. 4-jild, № 3. 160923-bet. Bibcode:2017RSOS....460923G. doi:10.1098/rsos.160923. PMC 5383837. PMID 28405380.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  18. 18,0 18,1 18,2 DeGutis, Joseph M.; Chiu, Christopher; Grosso, Mallory E.; Cohan, Sarah (5-avgust 2014-yil). „Face processing improvements in prosopagnosia: successes and failures over the last 50 years“. Frontiers in Human Neuroscience. 8-jild. 561-bet. doi:10.3389/fnhum.2014.00561. ISSN 1662-5161. PMC 4122168. PMID 25140137.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  19. Nancy L. Mindick. Understanding Facial Recognition Difficulties in Children: Prosopagnosia Management Strategies for Parents and Professionals (JKP Essentials). Jessica Kingsley Pub, 2010. ISBN 978-1-84905-802-5. OCLC 610833680. 
  20. „Training of familiar face recognition and visual scan paths for faces in a child with congenital prosopagnosia“. Cogn Neuropsychol. 25-jild, № 5. 2008-yil iyul. 704–729-bet. doi:10.1080/02643290802299350. PMID 18720102. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  21. Wilson, C. Ellie; Palermo, Romina; Schmalzl, Laura; Brock, Jon (2010-yil fevral). „Specificity of impaired facial identity recognition in children with suspected developmental prosopagnosia“. Cognitive Neuropsychology. 27-jild, № 1. 30–45-bet. doi:10.1080/02643294.2010.490207. PMID 20623389. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  22. Dalrymple, Kirsten A.; Gomez, Jesse; Duchaine, Brad (14-noyabr 2013-yil). „The Dartmouth Database of Children's Faces: Acquisition and Validation of a New Face Stimulus Set“. PLOS ONE. 8-jild, № 11. e79131-bet. Bibcode:2013PLoSO...879131D. doi:10.1371/journal.pone.0079131. PMC 3828408. PMID 24244434.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  23. Croydon, Abigail; Pimperton, Hannah; Ewing, Louise; Duchaine, Brad C.; Pellicano, Elizabeth (1-sentabr 2014-yil). „The Cambridge Face Memory Test for Children (CFMT-C): A new tool for measuring face recognition skills in childhood“. Neuropsychologia. 62-jild. 60–67-bet. doi:10.1016/j.neuropsychologia.2014.07.008. PMID 25054837.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  24. Grüter, Thomas (2007). „Prosopagnosia in biographies and autobiographies“ (PDF). Perception. 36-jild, № 2. 299–301-bet. doi:10.1068/p5716. PMID 17402670. Qaraldi: 24 February 2020.
  25. Rembulat, Vince. „THE 'REAL' TINKER BELL“. Manteca Bulletin (2-iyul 2019-yil). Qaraldi: 29-aprel 2020-yil.
  26. Katz, Neil. „Prosopagnosia: Oliver Sacks' Battle with "Face Blindness"“. CBS News (26-avgust 2010-yil). Qaraldi: 3-fevral 2010-yil.
  27. „Photos: The faces of those who don't recognize faces“. CNN (23-may 2013-yil).
  28. „Dr Karl on what it's like to live with face blindness“. abc.net.au. ABC (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
  29. „Mosaic Art NOW: Prosopagnosia: Portraitist Chuck Close“. mosaicartnow.com. 2017-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2017-yil.
  30. Tobin, Lucy. „Researchers explore problems of 'face blindness'“. The Guardian (20-iyun 2011-yil). Qaraldi: 23-iyul 2012-yil.
  31. Kelion. „Steve Wozniak: Shocked and amazed by Steve Jobs movie“. BBC (9-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2015-yil.
  32. „John Hickenlooper didn't mean to forget who you are: How face blindness has affected his political career“. CNN (26-iyun 2019-yil).
  33. „Jim Woodring“.
  34. Sieghart. „Who Are You Again?“. BBC Radio 4 (1-iyul 2016-yil).
  35. Hepworth, David. „Who are you again? What it's like to never remember a face“. The Guardian (25-iyun 2016-yil). Qaraldi: 1-iyul 2016-yil.
  36. Blum. „What Is Prosopagnosia, a Condition That Causes 'Face Blindness'“. The New York Times (6-iyul 2022-yil). Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.
  37. Junod. „Brad Pitt: A Life So Large“. Esquire (20-may 2013-yil). Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.
  38. Chloe Melas. „Brad Pitt says he suffers from facial blindness“. CNN (7-iyul 2022-yil). Qaraldi: 8-iyul 2022-yil.
  39. „Photos: The faces of those who don't recognize faces“. CNN (23-may 2013-yil).
  40. Paul Foot. „Paul Foot Video Log – Intellectual Rigour“ (11-dekabr 2015-yil). 2022-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2016-yil.
  41. „Princess Victoria's face confession“. 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  42. „The Art of Living Magazine – Art, Culture and Wealth Management“. The Art of Living Magazine. 2017-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2017-yil.