Kontent qismiga oʻtish

Proton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Proton (qadimgi yunoncha: πρῶτοςprotos — birinchi), r — musbat elektr zaryadi u=1,602191710~" Kl ga ega barqaror elementar zarra. Tinch holatdagi massasi tr = 1,672610~27 kg ga, spini 1/2 ga va magnit momenti sr=2,792782 syad ga (syad — yadro magneto-ni) teng. Proton kuchli, elektromagnit, kuch-siz va gravitatsion oʻzaro taʼsir ja-rayonlarida qatnashadi va u barionlar sinfiga kiradi; Fermi —Dirak statistikasiga boʻysunadi. U vodorodning eng yengil izotopi — protiyning yadrosi hisoblanadi. Barcha modda atomlarining asosiy massasini protonlar tashkil qiladi.

Proton barcha kimyoviy elementlar atomining yadrosi tarkibiga kiradi. Yadrodagi Protonlar soni kimyoviy elementning atom raqamini, yaʼni D. I. Mendeleyev davriy sistemasitsags oʻrnini bildiradi. Chunonchi, vodorod atomi yadrosi 1 ta Protondan tashkil topgan. Proton — birlamchi kosmik nurlarning asosiy qismi. Zaryadlangan zarralar tezlatkichlarida olingan Proton dastalari yadro fizikasi va elementar zarralar fi-zikasida asosiy tajriba quroli hisoblanadi. Radioaktivatsiya tahlilida, shuningdek, radioaktiv izotoplarni olishda Protondan foydalaniladi.

Tabiatda Protonga antizarra hisoblanuvchi antiproton ham mavjud. Antiprotonning hamma zaryadlarining ishorasi Proton zaryadlariga teskari boʻladi.

Proton haqidagi tasavvur 1910-yillarda barcha yadrolar vodorod atomi yadrosidan tuziladi, degan gipoteza tarzida yuzaga keldi. 1919—20 yillarda E. Rezerford boshqa elementlardan a-zarralar urib chiqargan vodorod yadrolarini tajribada kuzatdi va u 20-yillarda fanga "Proton" terminini kiritdi. Elementlar tartib rakamlarining atom massalaridan kichikligi haqidagi masala.neytronning topilishi bilan 1932-yilda uzil-kesil hal qilindi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


 k  m  t 
Elementar zarrachalar
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar