Kontent qismiga oʻtish

Prunus salicina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Prunus salicina
Ilmiy tasniflash
Oʻsimliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki pallalilar
Raʼnodoshlar
Rosales
Rosaceae
Prunus
Prunus subg. Prunus
Prunus sect. Prunus
P. salicina
Binar nomi
Prunus salicina

Sinonimlar
  • Cerasus salicina (Lindl.) Loudon
  • Cerasus triflora Wall.
  • Prunus triflora Roxb.
  • Prunus trifolia Roxb.
  • Prunus thibetica Franch.
  • Prunus armeniaca Blanco
  • Prunus botan André
  • Prunus ichangana C.K.Schneid.
  • Prunus masu Koehne
  • Prunus staminata Hand.-Mazz.
  • Prunus gymnodonta Koehne

Prunus salicina (sin. Prunus triflora yoki Prunus thibetica), odatda yapon olxoʻrisi yoki xitoy olxoʻrisi deb ataladi, Xitoyda oʻsuvchi daraxt. Hozirgi kunfa u Vetnam, Koreya, Yaponiya, Isroil, AQSh va Avstraliyadagi mevali bog‘larda ham yetishtiriladi.

Prunus salicinani Prunus mume bilan adashtirmaslik kerak. Bu tur ham Xitoy, Yaponiya, Koreya va Vetnamda oʻstiriladi. Prunus japonica turi ham Prunus salicinaning keng tarqalgan nomiga oʻxshash lotin nomiga ega boʻlishiga qaramay, alohida oʻsimlik hisoblanadi. Oʻsimlikshunos Lyuter Burbank bu turni yapon olxoʻri (Prunus salicina) bilan duragaylash uchun juda koʻp mehnat qildi va gibriddan bir qator navlarni ishlab chiqdi[2].

Prunus salicina boʻyi 10 metrgacha yetadi va uning qizil-jigarrang kurtaklari bor. Barglari uzunligi 6-12 sm va kengligi 2,5-5 sm, chetlari tishli. Gullar erta bahorda ochiladi, ularning har biri taxminan 2 sm diametrli beshta oq bargdan iborat.

Mevasi sariq-pushti eti bilan diametri 4-7 sm boʻlgan Dana meva. Uni yozda yigʻib olish mumkin. Toʻliq pishganida yoki xom holda isteʼmol qilish mumkin[3].

Prunus salicina gullari

Prunus salicinaning navlari, baʼzilari gibrid turlari Xitoyda yetishtiriladi. Prunus salicina Yaponiya va Koreyada ham keng tarqalgan. Ushbu mevaning Vetnamdagi eng mashhur navi Lao Kay provinsiyasidagi Bắc Ha shahrida etishtirilgan Tam Hoadir.

Prunus salicina

Yapon navlari 19-asrning ikkinchi yarmida Qoʻshma Shtatlarga kirib keldi, bu yerda keyingi naslchilik natijasida koʻproq navlar, odatdagidan kattaroq mevalar paydo boʻldi. Ushbu Amerika navlarining koʻpchiligi P. simonii va P. cerasifera bilan duragaylangan. Mashhur navlardan biri Kaliforniyadagi shahar nomi bilan atalgan „Santa Rosa“[4].

Shimoliy Amerika supermarketlarida sotiladigan yangi olxoʻrilarning aksariyati Prunus salicina navlarining mevalaridir. Ular bir qator boshqa mamlakatlarda keng miqyosda etishtiriladi, masalan, Gʻarbiy Avstraliyada danak meva sanoatida ustunlik qiladi[5].

Pazandachilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoyda pishgan mevalar shakar, tuz va qizilmiya bilan konservalangan holda sotiladi.

Yaponiyada u Prunus mumidan kamroq isteʼmol qilinadi. Ammo undan turli byramlarda foydalaniladi. Ayniqsa, Sharqiy Yaponiyada koʻplab yozgi festivallarda anzuame deb ataladigan mizuame konfeti bilan qoplangan tuzlangan mevalar koʻrinishida sotiladi[6].

Har ikki mamlakatda ham u yapon sumomo (kálkángín) deb nomlangan likyorni tayyorlash yarim pishgan holda ishlatiladi[7].

Ushbu va shunga oʻxshash turlar umumiy qilib olxoʻri deb ataladi.

Mevalar anʼanaviy xitoy tibbiyotida ham qoʻllanadi. Yapon olxoʻrisi. Crimson Globe oksidlanishga qarshi antioksidantlar manbai sifatida qabul qilinishi mumkin[8].

Nomi salicina, lotincha majnuntol soʻzidan olingan[9].

  1. Rhodes, L.; Maxted, N. (2016). Prunus salicina. IUCN Red List of Threatened Species. 2016: e.T50247990A50247993. doi:10.2305/IUCN.UK.2016-3.RLTS.T50247990A50247993.en. Retrieved 18 November 2021.
  2. Jones, D. F. (1928). „Burbank's Results with Plums“. Journal of Heredity. 19-jild, № 8. 359–372-bet. doi:10.1093/oxfordjournals.jhered.a103021.
  3. „Plum and Prune (Japanese: Prunus salicina; European: Prunus domestica)“.
  4. Boonprakob, U.; Byrne, D.H. (2003). „Species composition of Japanese plum founding clones as revealed by RAPD markers“. Acta Horticulturae. № 622. 473–476-bet. doi:10.17660/actahortic.2003.622.51. ISSN 0567-7572.
  5. „Department of Agriculture and Food, Western Australia“ (2007-yil 27-sentyabr). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-may.
  6. Media. „Comprehensive Guide on Japanese Food Stands in the Summer Festival“ (en). SAVOR JAPAN. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
  7. „桃形李酒系列·绍兴市果花香果酒有限公司“ (2007-yil 21-oktyabr). 2007-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-may.
  8. González-Flores D, Velardo B, Garrido M, González-Gómez D, Lozano M, Ayuso M.C, Barriga C, Paredes S.D, Rodríguez A.B. (2011).
  9. „Plants For A Future Search Error“. www.ibiblio.org. Qaraldi: 2018-yil 6-may.