Purple Lamborghini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Purple Lamborghini“
Fayl:Purple Lamborghini.jpg
Skrillex va Rick Ross singli
„Suicide Squad“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 22-iyul, 2016-yil(2016-07-22)
Yozib olingan 2016-yil
Davomiyligi 3:35
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Skrillex
  • Beat Billionaire
Skrillex xronologiyasi
„Killa“
(2016-yil)
Purple Lamborghini
(2016)
„Would You Ever“
(2017-yil)
Rick Ross xronologiyasi
„Make It Work“
(2016)
Purple Lamborghini
(2016)
„Do You Mind“
(2016)
Suicide Squad xronologiyasi
„Sucker for Pain“
(2016-yil)
Purple Lamborghini
(2016-yil)
„Gangsta“
(2016-yil)

Purple Lamborghini“ (tarjimasi „ Binafsha rangli Lamborghini“) —— amerikalik DJ Skrillex va amerikalik reper Rick Ross birgalikda ijro etgan qoʻshiq. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi 2016-yik 22-iyulda „Atlantic Records“ va „Owsla“ leybllari tomonida 2016-yilda DC Comicsning „Suicide Squad“ albomi uchun kinofilm saundtreki sifatida chiqarilgan[1]. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosi uchun Jared Leto „The Joker“ filmidagi rolini qayta oʻynagan. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi 2016-yil dekabr oyidagi „Grammy“ mukofotining „vizual media uchun yozilgan eng yaxshi qoʻshiq“ yoʻnalishida mukofotni qoʻlga kiritgan[2]. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi „Billboard Hot 100“ roʻyxatida 33-oʻrinni egallagan.

Fon[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Purple Lamborghini" qoʻshigʻi Skrillex va Beat Billionaire hamkorligida ishlab chiqarilgan[3]. Qoʻshiqda filmdagi qahramon va motivlarga bir nechta yangi havolalar qoʻshilgan. Masalan, qoʻshiqda Killer Croc, Deadshot va Gotham City haqidagi havolalar mavjud. Bunday havolalar qoʻshilishiga sabab, qoʻshiq nomiga yuqoridagi aktyorlarning film va vidoelari bogʻliqligi sabab boʻlgan. Misol uchun, Joker binafsharang timsoh terisidan tikilgan palto kiyadi, binafsharangdagi qurollardan foydalanadi.

Tanqidiy qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Purple Lamborghini" qoʻshigʻi haqidagi mulohazalarda „Pitchfork“ quyidagilarni yozgan: „Trek deyarli intuitiv va Rossning ovozi bir muncha kuchliroq yangraydi. Qoʻshiqning bass chastotalari bir muncha past yozilgan.“[4]

Musiqa videosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil avgust oyida Skrillex „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosini oʻzining You Tube akkountiga joylashtirdi. 2022-yil may oyi holatiga koʻra, „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosi You Tubeda 500 milliondan ortiq marotaba koʻrilgan.

„Complex“ nashriga bergan intervyusida Skrillex „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosida Jared Letoning "The Joker' filmidagi rolini takrorlashi uning gʻoyasi ekanligini aytgan.

Oʻsha intervyuda Skrillex musiqiy videoniu suratga olish jarayonida Jared Letoning unga qarat axlat toʻla idishni uloqtirganini ham aytib oʻtdi. Leto shuningdek, video suratga olish paytida Skrillexga katta „dildo“ ham sovgʻa qilgan. Letoning Skrillexga bergan sovgʻalari „Suicide Squad“ filmini suratga olish paytidagi boshqa aktyor va jamoa aʼzolariga bergan qoʻpol sovgʻalaridan biri edi (Letoning oldingi sovgʻalaridan baʼzilarining orasida oʻlik choʻchqa ham bor edi)[5].

Skrillex, shuningdek, Vinnie Hobbs va Andrew Leiroslarga musiqa videosini tahrirlash va ishlab chiqarish jarayonida katta yordam berdi.

Qiziq tomoni shundaki, „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi uchun tayyorlangan musiqiy videoda binafsha rangli Lamborghini avtomobili mavjud emas.Chunki Skrillex suratga olish uchun oʻzining lambarghini avtomobilini „Tilley“ and „Atlantic Records“ leybllariga foydalanish uchun bermagan[6].

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haftalik chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chart (2016—2017) Oʻrin
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya (ARIA)[7] 39
Avstriya bayrogʻi Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[8] 56
Belgiya bayrogʻi Belgiya (Ultratip Flanders)[9] 36
Belgiya bayrogʻi Belgiya (Ultratip Wallonia)[10] 31
Kanada bayrogʻi Kanada (Canadian Hot 100)[11] 28
Chexiya bayrogʻi Chexiya (Singles Digitál Top 100)[12] 41
Fransiya (SNEP)[13] 58
Olmoniya bayrogʻi Germaniya (Official German Charts)[14] 85
Vengriya bayrogʻi Vengriya (Single Top 40)[15] 18
Irlandiya bayrogʻi Irlandiya (IRMA)[16] 88
Italiya (FIMI)[17] 67
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya (AFP)[18] 57
Shotlandiya Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[19] 41
Slovakiya bayrogʻi Slovakiya (Singles Digitál Top 100)[20] 23
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[21] 61
AQSH bayrogʻi AQSh (Billboard Hot 100)[22] 33
AQSH bayrogʻi AQSh (Hot Dance/Electronic Songs)[23] 6
AQSH bayrogʻi AQSh (Hot Rap Songs)[24] 7


Yillik chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chart (2016) Oʻrin
AQSH (US Hot Dance/Electronic Songs (Billboard))[25] 20
Chart (2017) Oʻrin
AQSH (US Hot Dance/Electronic Songs (Billboard))[26] 45

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Here's Rick Ross & Skrillex's contribution to the "Suicide Squad" soundtrack.“. hotnewhiphop (21-iyul 2016-yil). 3-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2016-yil.
  2. „59TH ANNUAL GRAMMY AWARDS NOMINEES“. The Recording Academy. Qaraldi: 6-dekabr 2016-yil.
  3. „Skrillex & Rick Ross – Purple Lamborghini“. Discogs (22-iyul 2016-yil). Qaraldi: 3-avgust 2016-yil.
  4. „Suicide Squad: The Album“. Pitchfork.
  5. Viola Davis Says Jared Leto Sent the Cast of "Suicide Squad" a Dead Pig.
  6. @Skrillex. „@mstowns24 Lambo wouldn't give us clearance to use one in the video“.
  7. "Skrillex & Rick Ross – Purple Lamborghini". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 13-avgust 2016-yil.
  8. "Skrillex & Rick Ross – Purple Lamborghini" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  9. "Skrillex & Rick Ross – Purple Lamborghini" (niderlandcha). Ultratip. Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
  10. "Skrillex & Rick Ross – Purple Lamborghini" (fransuzcha). Ultratip. Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
  11. "Skrillex Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.
  12. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 201634 into search. Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  13. „Le Top de la semaine : Top Singles Téléchargés - SNEP (Week 32, 2016)“ (fransuzcha). Syndicat National de l'Édition Phonographique. 2016-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2016-yil.
  14. "Skrillex & Rick Ross – Purple Lamborghini" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
  15. "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Single (track) Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 18-avgust 2016-yil.
  16. "Chart Track: Week 33, 2016". Irish Singles Chart. Qaraldi: 19-avgust 2016-yil.
  17. „Classifica settimanale WK 34“ (italyancha). Federazione Industria Musicale Italiana. Qaraldi: 27-avgust 2016-yil.
  18. "Skrillex & Rick Ross – Purple Lamborghini". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 25-avgust 2016-yil.
  19. "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 13-avgust 2016-yil.
  20. "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 201632 into search. Qaraldi: 23-avgust 2016-yil.
  21. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 13-avgust 2016-yil.
  22. "Skrillex Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.
  23. "Skrillex Chart History (Hot Dance/Electronic Songs)". Billboard. Qaraldi: 3-avgust 2016-yil.
  24. "Skrillex Chart History (Hot Rap Songs)". Billboard. Qaraldi: 16-avgust 2016-yil.
  25. „Hot Dance/Electronic Songs – Year-End 2016“. Billboard. 13–dekabr 2013–yil. Qaraldi: 16–avgust 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  26. „Hot Dance/Electronic Songs – Year-End 2017“. Billboard. 13–dekabr 2013–yil. Qaraldi: 16–avgust 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]