Kontent qismiga oʻtish

Pyotr I tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pyotr I TIZMASITojikistondagi togʻ tizmasi, Surxob va Obixingov daryolari oraligʻida. Gʻarbda Yafuch qishlogʻidan boshlanib, sharqda Somoniyon choʻqqisigacha 200 km ga choʻzilgan. Sharqda Darvoz va Fanlar akademiyasi tizmalari bilan tutashib, Garmo togʻ tugunini hosil qiladi. Tizmaning balandligi gʻarbda 5000 m dan sharkda 6000 m gacha (eng baland joyi 6785 m). Asosan, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Qor chizigʻi ham shu yoʻnalishda 4000 m dan 4500 m gacha oʻzgaradi. Shimoliy yon bagʻrida 29 ta muzlik (umumiy maydoni 385 km²), jan. yon bagʻrida 16 muzlik (maydoni 123 km²) bor. Ulardan eng kat-talari Sagʻron, Gando muzliklari.

Vaxsh daryosining asosiy irmoqlari Surxob va Obixingov daryolari shu muzliklardan boshlanadi. 700–900 mm yogʻin tushadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6°, —12°, iyulniki pastrokda 22°, togʻ tepalarida 10°.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil